Международный научно-образовательный электронный журнал



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/344
Sana20.03.2022
Hajmi13,57 Mb.
#503221
TuriСборник
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   344
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Февраль 2022. Том 6

Fodalanilgan adabiyotlar: 
1. Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O’zbek xalq og’zaki poetik 
ijodi. –Toshkent,” O’qituvchi”, 1990.
2. Jumaboyev M. “Bolalar adabiyoti va folklor”. –T.,O’qituvchi, 1990.
3. Madayev O., Sobitova T. Xalq og`zaki poetik ijodi. –Toshkent: ”Sharq” nashriyot-
matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2003.
4.www.referat.uz 


247 
ФИО авторов: 
Yangiyeva Qurbonoy 
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani 41-umumiy o’rta ta’lim maktabining 
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Jumaboyeva Nilufar Soyibjon qizi 
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining 2-kurs talabasi 
Название публикации:
«BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA 
FANINI O’QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH» 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda matematika fanini o’qitishda 
alohida interfaol metodlardan foydalanish ,o’quvchilarni fanga qiziqish uyg’otish, 
matematika fanini boshqa fanlar bilan bog’liqligi, o’qitish samaradorligini oshirish
 
Kirish so’zlar: 
pedagogika uslub, suhbat, tushuntirish, boshlang’ich matematika , 
fikriy hujum, turli xil metodlar 
Matematikani o’qitish metodikasi eng avvalo kichik yoshdagi o’quvchilarni umumiy 
tizimda o’qitish va tarbiyalash vazifasini qo’yadi. Boshlang’ich sinfning asosiy 
o’zagi natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasidan iborat.
Umumiy metodika boshlang’ich
sinf matematikasining mazmuniini va tizimliligini 
aks ettiradi, har bir bo’limni o’qitishning o’ziga xos metodlarini o’rgatadi. Xususiy 
metodika matematika o’qitishning asoslangan metodlarini va o’qitish formalarini , 
shuningdek o’quv faoliyatini tashkil qilish yo’llarini ko’rsatadi. Ma’lumki o’qitish 
tarbiyalash bilan o’zaro mustahkam bog’liqdir Ushbu metodika o’qitishni
tarbiyalash bilan qo’shib olib boorish yo’llarini o’rgatadi. 
Boshlang’ich matematika o’qitish metodikasi bir necha fanlar bilan chambarchas 
bog’liqdir. 

O’qitish asosi bo’lgan matematika bilan;

Pedagogika;

Psixologiya;

Boshqa o’qitish metodikalari bilan (ona tili, mehnat…).
Boshlang’ich matematika o’qitish kursi o’quv predmetiga aylangan. 
Boshlang’ich matematika o’qitish metodikasining o’qitish vazifalari: 

Ta’lim-tarbiyaviy va amaliy vazifalarni amalga oshirish

Nazariy bilimlar tizimini o’rganish jarayonini yoritib berishi kerak


248 

O’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish yo’llarini o’rgatishi kerak

Ta’limni insonparvarlashtirish

Matematika o’qitish jarayonida insonni mehnatni sevishga, o’zining qadr-
qimmatini, bir-biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalashni ko’rsatib beradi

O’qitish metodikasi I-IV sinf matematikasining davomi bo’lgan V-VI sinf 
matematikasi mazmuni bilan bog’lab oqq’itishni ko’rsatadi.
I-IV sinflarda matematika o’qitish o’qitishning asosiy vazifasi bo’lgan ta’lim-
tarbiyaviy vazifalarni hal qilishda ulardagi matematika kursi bo’yicha qanday 
darajada tayyorgarligi borligiga bog’liq. Shuning uchun 1-sinfga kelganlarning 
bilimlarini aniqlash, sinf o’quvchilarining bilimini tenglashtirish, ya’ni past bilimga
ega bo’lgan o’quvchilarning bilimlarini yaxshi biladigan o’quvchilarga yetkazib 
olish vazifasi turadi. O’qituvchi quyidagi tartibda o’quvchilar bilimini maxsus 
daftarga hisobga olib boradi. 

Nechagacha sanashni biladi? 

Nechagacha sonlarni qo’shishni biladi? 

Nechagacha sonlarni ayirishni biladi? 

>,<,= belgilarini ishlata oladimi? 

Noma’lumlar bilan berilgan qo’shish va ayirishda bu noma’lumlarni topa 
oladimi? 

Qaysi figuralarning nomlarini biladi va chiza oladi? 

Nechagacha sonlarni yoza oladi? 
Bolalarni o’qitishga tayyorlashda asosiy ish metodi tahlil, sintez, taqqoslash, 
umumlashtirish, tabaqalashtirish kabi aqliy operatsiyalarni bajarish malakalarini 
shakllantirishga qaratilgan bo’lishi kerak. 
“6
x
6
x
6” metodining afzallik jihatlari quyidagilardir: 

Guruhlarrning har bir a’zosini faol bo’lishga undaydi 

Ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta’minlaydi 

Guruhning boshqa a’zolarining fikrlarini tinglay olish ,shuningdek, o,z fikrini 
himoya qilishga o’rgatadi 
Eng muhimi mashg’ulot ishtirokchilarining har bir qisqa vaqt(20daqiqa) mobaynida
ham munozara qatnashchisi,ham tinglovchi, ham ma’ruzachi sifatida faoliyat olib 
boradi. Ushbu metodni 5,6,7,8 nafar o’quvchilardan iborat bo’lgan guruhlarda qo’llash 
mumkin. Biroq yirik guruhlar o’rtasida 6
x
6
x
6” metodi qo’llanilganda vaqtni 
ko’paytirishga to’g’ri keladi. Chunki bunday mashg’ulotlarda munozara uchun ham 
,axborot berish uchun ham birmuncha vaqt talab etiladi. “6
x
6
x
6” metodidan ta’lim 
jarayonida foydalanish o’qituvchidan faollik, pedagogic mahorat, shuningdek, 


249 
guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish layoqatiga ega bo’lishni talab 
etadi.Bu metod yordamida mashg’ulotlar quyidagicha tashkil etiladi: 
1.
O’qituvchi mashg’ulot boshlanishidan oldin 6ta stol atrofiga 6 tadan stul qo’yib 
chiqadi. 
2.
O’quvchilar O’qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo’linadi. O’quvchilarni 
guruhlarga bo’lishda har o’rindiqni nomlab , nomlangan varaqchalarni olganlar o’z 
o’rinlariga joylashadilar. 
3.
O’quvchilar joylashib olganlaridan keyin o’qituvchi mashg’ulot mavzusini e’lon 
qiladi va guruhlarga muayyan topshiriqlarni beradi.Ma’lum vaqt belgilanib, 
munozara jarayonini tashkil etadi 
4.
O’qituvchi guruhlarning foliaytini kuzatib boradi,kerakli o’rinlarda guruh 
a’zolariga maslahatlar beradi,yo’l –yo’riqlar ko’rsatadi hamda guruhlar tomonidan
berilgan topshiriqlarning to’g’ri hal etilganligiga ishonch hosil qilinganidan so’ng 
guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so’raydi. 
Ma’lumki , matematika fani –abstrakt fan. Interfaol metod- talim jarayonida
o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagi faollikni oshirish orqali o’quvchilarning
bilimlarni o’zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat 
qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. 
Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o’tkazish , o’quv 
materialini erkin bayon etish va ifodalashimkoniyati, maruzalar soni kamligi o’ziga 
xos xususiyatlarga ega.”Fikriy hujum” metodi o’quvchilarning darslar jarayonidagi
faolliklarni ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag’batlantirish hamda bir xil
fikrlash inertsiyadan ozod etish , muayyan mavzu yuzasidan rang-barang g’oyalarni 
to’plash ,shuningdek,, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida
paydo bo’lgan fikrlarni yengishga o’rganish uchun xizmat qiladi. 

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish