961
Yangidan yerga, omoch-bo`yinturuq va ho`kizga ega bo`lgan batraklarga paxta ekish
ko`rsatmalari berildi.”
72
. Yuqorida e`tibor qiladigan bo`lsak aholidan tortib olingan
barcha narsalar batraklarga bo`lib berilgan va ular buning
evaziga hukumatga paxta
yetishtirishda vositachi vazifasini bajargan xolos, hukumat esa shu orqali viloyatda
paxtachilik sohasini rivojlantirib oldi. “Yer-suv islohoti davom etgan vaqtida lalmi
yerlar ham boylar qo`lidan tortib olingan va batraklarga bo`lib berilgan. Shu bilan bir
qatorda, Qashqadaryodan Jeynov, Chandir kabi qishloqlarga chiqarilgan ariqlardan suv
ichadigan yerlar ham musodara etilgan va kambag`al, batraklarga taqsimlangan”
73
.
Qashqadaryo viloyatida tortib olingan yerlarning katta qismiga paxta ekish natijasida
boshqa o`simliklar xususan , g`allaning miqdori nihoyatda kamayib keta boshladi bu
esa dehqonlarni nafaqat dehqonlarni aholining aksariyatini ocharchilik komiga tortib
ketdi. “Umumiy ekin maydonlari 22 foizga ortgani bilan, g`alla ekiladigan yerlar sovet
hokimiyatidan oldingi ko`rsatkichdan 10 foiz darajasida kam edi. 1914
yilda
sug`oriladigan yerlarga ekiladigan g`alla maydonlari 68800 tanobni tashkil qilgan
bo`lsa, bu ko`rsatkich 1928 yilda 61968 tanobdan oshmagan.G`alla maydonlarining
kamayib borishi sovet hokimiyatining paxtaga qaratayotgan va yuritayotgan siyosati
bilan uzviy bog`liq edi. 1928 yilda paxta ekish uchun ajratilgan paykallar inqilobdan
oldingi ko`rsatkichga qiyos etilsa, oldingisidan 286 foizga ko`paytirilganligi ma’lum
bo`ladi. Sovet hokimiyati o`rnatilganga qadar Qashqadaryoda 3500 tanob yerga chigit
ekilgan bo`lsa, 1928 yilda 13585 tanob yerda paxta yetishtirilgan.
Sovetlar
Qashqadaryoda tinch kechgan 1927-1928 yillarda qishloq xo`jaligi bilan shug`ullanib,
paxta ekiladigan yerlarni bir yilda qariyb 4 barobar oshirishga erishishi, shuningsiz
ham don mahsulotlariga tanqislik sezgan aholining rizqini qiyish bo`lgan edi”
74.
Hukumat aholining risqini qiyish hisobiga viloyatda paxtachilik sohasini rivojlantirib
olishga erishdi, lekin bu jarayonlar aholi orasida keng norozilikka sabab bo`ldi.
Noroziliklar nafaqat Qashqadaryoda balki butun SSSRda aholining chiqishlariga sabab
bo`ldi, biroq paxtachilik sohasini rivojlantirish maqsadida olib borilgan shovinistik
72
Ravshanov.P.Qizil saltanat iskanjasida.Istibdod.2-jild.–T:.Sharq, 2011.-B.94
73
Ravshanov.P.Qizil saltanat iskanjasida.Istibdod.2-jild.–T:.Sharq, 2011.-B.97
74
Ravshanov.P.Qizil saltanat iskanjasida.Istibdod.2-jild.–T:.Sharq, 2011.-B.237
962
siyosat Qashqadaryoda keng qo`llanilishi natijasida eng ko`p
noroziliklar ham
Qashqadaryoda yuz berdi. “Faqat Qashqadaryo okrugining o`zida 1929-1930-yilning
boshlarida dehqonlarning 14 marta chiqish hollari sodir bo`lib, ularda 3,7 ming kishi
ishtirok etdi.”
75
.Qashqadaryo hududidagi bu kabi chiqishlar tezda hukumat tomonidan
bostirishga erishildi, chunki bu chiqishlar stixiyali uyushmagan tarzda ro`y berganligi
uchun ham tezda mag`lubiyatga uchradidi.Bu jarayonlar albatta hukumatning
paxtachilik sohasini rivojlantirish ishiga to`siq bo`lolmadi, chunki sovet hukumati olib
borayotgan bu siyosatni aholining yersiz qatlami chorikor va batraklar qo`llab-
quvvatladi, natijada bu kabi chiqishlar hech qanday natijasiz tugadi. “1928 yilda esa
sug`orilib ekiladigan ekinlar maydoni 95630 tanobga yetdi. Paxta haqida gap
boradigan bo`lsa, 1926 yilda 7093 tanob yerga chigit ekilgan, bu kursatkich 1927 yilda
9122 tanobga ko`tarilgandi.”
76
Qashqadaryo viloyatida shu tariqa paxta
yakkahokimligi o`rnatildi natijada hukumat paxta hosilini yetishtirishga bo`lgan
talabni yildan-yilga oshirib bordi. Buning og`ir oqibati esa keyinchalik namoyon bo`la
boshladi, xususan suvdan o`rinsiz foydalanish natijasida sho`rlanish
yuz berdi,
tuproqlar tarkibi o`zgarib, hosildorlik kamaya boshladi. “Sovet davlati siyosatida tabiiy
xomashyo resurslaridan o`ylamay foydalanish, paxta yakkahokimligi izchillik bilan
joriy etilishi, bu yerda ko`p asrlar mobaynida vujudga kelgan va mavjud bo`lgan tabiiy
muvozanatni ham izdan chiqargandi”
77
Xulosa qiladigan bo`lsak, O`zbekiston SSRda, xususan Qashqadaryo viloyatida
paxta yakkahokimligining o`rnatilishi osonlik bilan kechmadi,
bu jarayon aholi yer-
mulkidan ajaralish jarayoni bilan birga kechdi. Natijada bu holat aholi orasida turli
noroziliklarga sabab bo`ldi, lekin sovet hukumati yersiz kishilarga yer berish orqali
batraklarni o`ziga o`gdirib olishga erishdi. Bu esa mamlakatda ularning
hukmronliginining o`rnatilishida va paxta yakkahokimligining
ildiz otishiga imkon
yaratdi.Qashqadaryo vohasining paxtachilikka ixtisoslashuvi aholining boshqa
75
O‘zbekistonning yangi tarixi: O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. - T.:Sharq.2000.B.351
76
Ravshanov.P.Qizil saltanat iskanjasida.Istibdod.2-jild.–T:.Sharq, 2011.-B.7
77
Yunusova X. XX asrning 80-yillarida O`zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va ma`naviy hayot.Dissertatsiya.-
T:.2009.B.59
963
mahsulotlarga bo`lgan ehtiyojini oshirib yubordi, bu holat keyinchalik viloyatni
iqtisodiy ahvoli og`irlashuviga va ekologiyasining buzilishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: