Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3



682 
BZP rusumidagi mikroprotsessorli himoya qurilmasining eksplutatsiya qilish bo’yicha 
yo’riqnomasi. 
Internet saxifalari: 
www.wikipedia.com


683 
ФИО автора:
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti 
iniversiteti Mustaqil izlanuvchisi
 Mamatjanova Nasibaxon Sultonmurodovna 
ФИО научного руководителя: 
Nurboy Jabborov Abdulhakimovich
(f.f.d., 
professor)
 
Название публикации:
«IS’XOQXON IBRAT ASARLARIDA MA’NAVIY-
AXLOQIY QARASHLARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI» 
ANNOTATSIYA 
Ushbu maqolada Is’hoqxon Ibrat asarlarida ma’naviy-axloqiy qarashlarning o’ziga 
xos xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, uning asarlarida ma’naviy-axloqiy 
qarashlarning o’ziga xos xususiyatlari bo’yicha xulosa va takliflar berilgan.
Kalit so’zlar: Is’hoqxon Ibrat, Is’hoqxon Ibrat asarlari, ma’naviy-axloqiy qarashlar, 
maʼrifatparvar shoir, piktografik yozuvlar.
This article describes the peculiarities of the spiritual and moral views of Ishaq Khan 
Ibrat. His resolutions also provide conclusions and suggestions on the specifics of 
spiritual and moral views. Keywords: Ishaq Khan Ibrat, Ishaq Khan Ibrat, spiritual and 
moral views, enlightened poet, pictographic inscriptions.
KIRISH
Globallashuv davrida milliy va ma’naviy qadriyatlarga - ommaviy madaniyatning 
tahdidi kuchayib bormoqda. Eng avvalo, yosh avlodni bilim olish, vatan va yurt 
obodligi, rivojlanishi uchun hissa qo’shishi lozimligiga tahdid solib, yoshlarning 
ongini “ravon hayot”, “oson pul topish”, “ma’naviy begonalashish”, “ruhan 
uzoqlashish” kabi illatlar bilan zaharlamoqda. Bu esa milliy, ma’naviy qadriyatlarimiz 
ajdodlarimizning ibratli hayoti, sa’yi-harakatlari bilan saqlab qolinganini, ularni asrab-
avaylab, ya’ni ma’naviy boyliklar bilan boyitib kelajak avlodga yetkazish vazifasini 
oldimizga qo’yadi. Darhaqiqat, “turli mafkuraviy va ma’naviy tahdidlarga qarshi - 
bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor, havas qilsa arziydigan ulug’ 
ajdodlarimiz bor”. Shuning uchun, ma’naviyatimizning ildizlari bo’lgan buyuk 
mutafakkurlarimizning hayoti va ijodini keng ommaga targ’ib qilish ulkan ahamiyat 
kasb etadi. Ayniqsa, XIX asr oxiridayoq dunyo kezib, ilm o’rganib, bir nechta tillarni 
puxta bilgan poliglot, shoir, pedagog, publitsist, tilshunos sifatida Is’hoqxon to’ra 
Ibratning faoliyatini o’rganish, yosh avlodda unga nisbatan cheksiz faxr iftixor 
tuyg’usini shakllantirish va shu orqali ularni vatanparvar, fidoiy shaxs etib tarbiyalash 
lozim. Ayniqsa, Is’hoqxon Ibratning boy adabiy va ilmiy merosini yoshlarga o’qitish 
orqali ularni yuksak ma’naviyat va ma’rifat ruhida tarbiyalash, Ibrat ijodini o’rganish 
orqali talaba yoshlar adabiy-estetik tafakkurini yuksaltirish, farzandlarimizning 
ma’naviy dunyosi mukammal bo’lishiga hissa qo’shadi. Albatta, mamlakatimiz dunyo 


684 
tamadduni va ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo’shgan ulug’ allomalar, aziz-avliyolar 
yurti sifatida shuhrat qozongan. Ajdodlarimiz bebaho merosini ilmiy asosda chuqur 
o’rganish doimiy e’tiborda. Jumladan, Sh. Mirziyoyev 2016 yil 2 noyabr kuni 
Namangan viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda buyuk taraqqiyparvar va 
ma’rifatparvar Is’hoqxon Ibratning xalqimiz ma’naviy-ma’rifiy yuksalishi yo’lidagi 
beqiyos xizmatlariga ehtirom ramzi sifatida uning nomini abadiylashtirish, u kishiga 
atab zamonaviy bog’ yaratish, yodgorlik majmuasi va “Ibrat maktabi”ni tashkil qilish 
tashabbusini ilgari surdi. Shu sababli, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi “Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumanida 
atoqli ma’rifatparvar Is’hoqxon Ibrat yodgorlik majmuasini tashkil etish to’g’risida”gi 
208-sonli qarori qabul qilindi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Is’hoqxon Ibrat ijodini o'rganish, qo'lyozma asarlarini nashrga tayyorlash ishlari 
ham amalga oshirilmoqda. Is’hoqxon Ibrat taraqqiyparvar ziyoli, ma'rifatparvar shoir, 
xattot, jonkuyar muallim, sayyoh, tilshunos va tarixshunos olim, o'zbek 
matbaachiligining asoschisi, noshir, publitsist, bir so'z bilan aytganda, serqirra 
faoliyat egasidir. I.Ibratning hayoti va faoliyatiga oid U.Dolimov, S.Rustamov, 
T.Malik, Sh.Yusupov, N. Jabborov, D.Ziyoyeva, A. Abdunabiyev, Ya.G’affarov, 
K.Vohidova, M.Saribayeva kabi olimlar tomonidan pedagogik, falsafiy, tarixiy naqtai 
nazardan o’rganilgan manbalarni uchratish mumkin. Xususan, M.Abdullayevaning 
“Is’hoqxon Ibrat – serqirra ijod sohibi”, A.So’fizoda “Istiqlol qahramonlari. Ibrat. 
Tanlangan asarlar”, “Is’hoqxon Junaydullaxo’ja o’g’li Ibrat. Farg’ona tarixi”, 
U.Dolimov “Is’hoqxon Ibrat” va “Is’hoqxon Ibrat. Istiqlol fidoyilari”, “Is’hoqxon 
Ibrat. Tarixi Farg’ona” va boshqalar. Ya.G’affarov tomonidan yozib qoldirilgan, Ibrat 
zamondoshlari xotiralari, qarindosh-urug'lari, shogirdlari bilan suhbatlar asosida 
to'plangan faktlar ham Ibrat hayotining so'nggi davrlariga oid muhim manbalar 
hisoblanadi . M.Sariboyeva «Ibratning ibratli hayot yo’li» nomli maqolasida 
ma'rifatparvar, fidoyi shoirning hayoti va ijodiga doir ma'lumotlar yangi manbalar 
asosida yoritilgan hamda uning ayrim asarlarining ta'lim-tarbiyaviy jihatlari tahlil 
etilgan. Is’hoqxon Ibratning «Mezon uz-zamon» (Zamon o’lchovi) asari 2001 yilda 
yapon olimlari bilan hamkorlikda nashr etilgan bo’lib, undagi to’qqizta mezon 
bugungi odamlar uchun ham katta ahamiyatga ega. 2000 -yilda esa shoir qalamiga 
mansub she’rlari yirik so’zboshi bilan Turkiyada turk adabiyoti antologiyasi 
seriyasida nashr etilgan. Professor U.Dolimovning “Milliy uyg’onish pedagogikasi” 
asarida Ibrat haqida va uning ijodini xorijdagi tadqiqi haqida qimmatli fikrlari 
berilgan . Yana U.Dolimov va N.Jabborov hamkorlikda adib asarlarining tanlangan 
nashrini tayyorlashdi. Namangan viloyatidagi Is’hoqxon To’ra Ibrat memorial 
majmuasi tashkil etilgan. Ushbu majmua bog’-xiyobon, uning o’rtasida Is’hoqxon 
to’ra Ibratning haykali, milliy me’morchilik uslubidagi ayvon, bosmaxona, ilg’or 
texnologiyalar asosida qurilgan musiqali favvora, chet tillarga ixtisoslashtirilgan 400 


685 
o’rinli maktab internat va tarixiy me’morchilik obidasida barpo etilgan muzeyni o’z 
ichiga oladi. «O'zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Kinomaniya» 
studiyasi tomonidan «Ibrat» badiiy filmi suratga olindi. Unda shoir, tarjimon, tarixchi 
va tilshunos olim, jadidchi Is’hoqxon Ibratning mashaqqatga boy hayot yo'li 
tasvirlangan. Ma’lumki, XIX asr oxiri - XX asr boshida Turkistonda vujudga kelgan 
ijtimoiy-siyosiy, ma'rifiy harakat tarix sahnasiga ma'rifatparvar shaxslar - jadidlarni 
olib chiqdi. Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf 
Fitrat, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev, Abdulla Avloniy kabi qomusiy bilim egalari 
ana shular jumlasidandir. Ular o'z bilimlarini millat ravnaqi, jamiyat rivoji yo'lida 
sarflashga intildi, o'rni kelganda mablag'ini ham ayamadi. Ular orasida Farg'ona 
jadidchilik harakati vakili Is’hoqxon Junaydullaxo’ja o'g'li Ibratning alohida o'rni bor. 
Milliy uygʻonish davrining yorqin namoyandalaridan biri, maʼrifatparvar shoir, olim, 
sayyoh, matbaachi va muallim Isʼhoqxon Toʻra Ibrat 1862 yili Namangan 
viloyatining Toʻraqoʻrgʻon qishlogʻida ziyoli oilasida tavallud topgan. Otasi 
Junaydullaxoʻja, onasi Huribibi otin xat-savodli kishilar boʻlib, maktabdorlik 
qilishgan. Isʼhoqxon ota-onasi qoʻlida savod chiqarib, keyin turli maktab va 
madrasalarda oʻqiydi. Qoʻqon madrasasi tahsili (1878-1886) yillari Isʼhoqxon Ibrat 
uchun gʻoyat samarali kechdi. Bu yerda u Qoʻqon adabiy muhiti namoyandalari, 
jumladan, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Haziniy va Nodim kabi shoirlar ijodi bilan 
yaqindan tanishish, oʻqib-oʻrganish, oshno tutinish imkoniyatiga ega boʻldi. Badiiy 
soʻz tabiatiga oid Abu Nasr Forobiyning “Shoirlarning sheʼr yozish sanʼati qonunlari 
haqida”, Nizomiy Aruziy Samarqandiyning “Nodir hikoyatlar”, Abdurahmon 
Jomiyning “Silsilatu-z-zahhob”, Alisher Navoiyning “Nazmu-l-javohir”, 
“Muhokamat-ul-lugʻatayn” va yana juda koʻp Sharq olimlari asarlarini mustaqil 
mutolaa qildi. Sharq mumtoz poetikasi fanining koʻpgina sohalarini puxta egalladi. 
Ibrat 1886 yili Qoʻqon madrasasini tugatgach, ona qishlogʻi Toʻraqoʻrgʻonga 
qaytadi va oʻz faoliyatini maʼrifat tarqatishga qaratadi. “Usuli qadim” qabilidagi 
maktablarni isloh etib, jadid maktablarini ochishga kirishadi. Ammo koʻp oʻtmay, 
mutaassib kimsalar tomonidan bu ilm oʻchoqlari “kofirlar maktabi” tamgʻasi bilan 
taʼqiqqa uchraydi. Shundan soʻng u 1887 yilda, yaʼni 25 yoshlarida Haj ziyoratini 
niyat qilgan onasi Hurbibiga hamroh boʻlib, Makkai mukarrama safariga otlanadi. 
Ammo onasi oʻpka shamollashi oqibatida yoʻlda vafot etadi. Isʼhoqxon Ibrat Qobul, 
Istanbul, Jidda, Makka, Madina kabi shaharlarda boʻlib, soʻngra Hindistonga yoʻl 
oladi; bir muddat Kalkutta, Mumbay, Dehli shaharlarida yashaydi. Gʻarbning 
Bulgʻoriya – Sofiya, keyin Afina, Rim shaharlarida boʻladi. Xalq hayoti, turmush 
tarzi bilan yaqindan tanishadi. Safar davomida arab, fors, hindi, urdu, ingliz tillarini 
oʻrganadi va eng muhimi, yozilajak ilmiy asarlari uchun boy material toʻplaydi. 
Ibrat 1896- yili Hindiston, Birma, Xitoy, Qashqar orqali oʻz vatani Namanganga 
qaytib keladi. Shundan koʻp oʻtmay uning “Lugʻati sitta al-sina” asari maydonga 
keladi. 1901 yilda chop etilgan bu asar keyinchalik oʻzbekcha-ruscha va koʻp tillik 


686 
lugʻatlar yaratilishda muhim manbaʼ boʻlib xizmat qiladi. Ibrat keyingi “Jomeʼ us-
xutut” asarida (1912y.) dunyodagi qirqdan ortiq tillar va yozuvlar haqida maʼlumot 
beradi. Ibratning teran fikrli moziyshunos salohiyatini namoyon etadigan asari, bu – 
“Tarixi Fargʻona”(1916)dir. Unda Qoʻqon xonligi va, umuman, Turkistondagi 
xonliklar inqirozi, mustamlakachilik zulmi, eng muhimi, xalqning yorqin kelajagiga 
ishonch ruhi oʻz ifodasini topgan. Shuningdek, 1928 yilda yana bir muhim asari – 
“Mezon ul-zamon” yaratiladi. 
Isʼhoqxon Ibrat matbaachi sifatida 1908 yildayoq Namanganda “Matbaai 
Isʼhoqiya”ni tashkil etib, kitoblar nashriga kirishadi, ilmiy, tarixiy, badiiy asarlar 
bilan birga, zamonaviy mavzulardagi ilm-maʼrifat va maʼnaviyat rivojiga xizmat 
qilishga yoʻnaltirilgan koʻplab kitoblarni chop etadi. 
Ibratning shoir sifatida ham koʻplab sheʼrlar yaratgani, hatto devon tartib 
berganligi haqida maʼlumotlar bor, lekin devon bizgacha yetib kelmagan. Faqat oʻsha 
davr matbuotida eʼlon qilingan sheʼrlarigina saqlanib qolgan. Ibratning mazkur 
sheʼrlari asosan tarbiyaviy, maʼrifiy, axloqiy, didaktik mazmunda. Jumladan, u bir 
sheʼrida: 
Senga bu olam gʻanimatdur, 
Barcha ashyosi neʼmatdur, – 
deya oʻzining hayotga, jamiyatga, tiriklikka boʻlgan munosabatini anglatadi. 
Ibratning milliy kutubxona, kitobxonlik ishlarining ilk tashkilotchisi va targʻibotchisi 
sifatidagi xizmatlari ham beqiyosdir. U asos solgan “Kutubxonai Isʼhoqiya” fondi bu 
jihatdan ancha boy boʻlib, kitob berish va olish maʼlum tartib-qoida asosida yoʻlga 
qoʻyilgan edi. 
Ezgu va xayrli ishlari tufayli xalq hurmatini qozonib, qozilik darajasiga 
koʻtarilgan Ibratning ilm-fan, madaniyat, maktab-maorif sohasidagi jonbozligi ayrim 
gʻalamis mutaassiblarning gʻayrli munosabatlari tufayli koʻp toʻsiqlarga uchradi. 
1937 yilga kelib esa uning barcha faoliyatiga chek qoʻyildi, kitoblari oqib yuborildi. 
Oʻzi esa yovuz kuch – Stalin qatagʻoni qurboniga aylandi. Shuʼla zulmat qoshida 
mahv etildi. Faqat istiqlol davriga kelib adibning muborak nomi va benazir ijodi asl 
qadr-qimmatini topdi. Kitoblari chop etilib, oʻzi tugʻilib oʻsgan Toʻraqoʻrgʻonda 
Isʼhoqxon Ibrat muzeyi ham tashkil etildi. Muzey Is‘hoqxon Ibratning hayoti, serqirra 
faoliyati bilan tanishtiradi. “Ibrat maktabi”da yoshlar xorijiy tillarni o‘rganadi. 
Bularning barchasi yaxlit kompleks sifatida allomaning xalqimiz uchun qilgan buyuk 
xizmatlarini qadrlash, merosini o‘qib-o‘rganish va targ‘ib qilishda muhim o‘rin 
tutadi. 


687 
Isʼhoqxon Ibrat oʻlkamizdagi ilk matbaachilardan biri sifatida, 1908-yil Orenburg 
shahridan litografik mashina sotib olib, uni Orenburgdan Qoʻqongacha poyezdda, 
Qoʻqondan Toʻraqoʻrgʻonga tuyalarga ortib, katta mashaqqatlar bilan olib kelgan va 
oʻz hovlisida “Isʼhoqiya bosmaxonasi”ni tashkil qilgan. Bu bosmaxona oʻtgan 
asrning 60-yillarigacha faoliyat koʻrsatib kelgan va u yerda oʻtgan davr mobaynida 
bir qator ilmiy-maʼrifiy kitob va risolalar, milliy gazetalar chop etilgan, ularni 
tarqatish uchun Fargʻona vodiysi boʻylab oʻnlab kitob doʻkonlari tashkil etilgan.
Shavkat Mirziyoyev shunday maʼrifatparvar alloma nomi bilan ataluvchi maktab har 
tomonlama namunali boʻlishi, bir nechta xorijiy tillarni bilgan zamonaviy kadrlarni 
tarbiyalashi zarurligini taʼkidladi. “Til bilish bu - boylik. Til bilgan inson dunyoni 
biladi, hech qachon kam boʻlmaydi. Ota-bobolarimiz shunday boʻlgan, bu bizning 
qonimizda bor. Yoshlarimizda shunday intilishni uygʻotishimiz kerak”, dedi Shavkat 
Mirziyoyev. Xorijiy tillar boʻyicha ilmiy ishlar qilish, til oʻrgatish metodologiyasini 
takomillashtirish, maktab-internatda darslarni shu asosda olib borish kerakligi qayd 
etildi.
Maktabda ingliz, nemis, fransuz, rus, arab, xitoy, koreys tillari filologiyasi 
oʻqitiladi. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat 
sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti bilan 
hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi. Dars jarayoniga chet ellik koʻngillilar ham jalb etiladi.
Prezidentimiz Ibrat maktabini aʼlo baholarga bitirgan oʻgʻil-qizlarni oliy oʻquv 
yurtlariga imtihonsiz qabul qilish va grant asosida oʻqitish boʻyicha topshiriq berdi.
“Ibrat maktabi nafaqat Namangan viloyati, balki butun mamlakatimizga xizmat 


688 
qilishi kerak. Bu yerdagi sharoitlarni, oʻquvchilarning bilimini koʻrib, hamma ota-
onalar havas qilsin. Xohlasa, yoshlar boshqa viloyatlardan kelib oʻqisin”, dedi 
Shavkat Mirziyoyev. Davlatimiz rahbari Isʼhoqxon Ibrat muzeyi bilan tanishdi. 
Majmuadan oʻrin olgan ayvonda viloyat ziyolilari bilan suhbatlashdi. Namangan 
viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Isʼhoqxon Ibrat nomli xorijiy tillarga 
ixtisoslashgan maktab-internati negizida Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat 
chet tillar instituti faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda 2022-2026-yillarga 
moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasi loyihasida qayd etilgan. Mazkur masala 
yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish vazifasi topshirilgan.
Ushbu maqsadni amalga oshirish muddati 2022-yilning aprel oyi etib belgilangan. 
Muzey Is‘hoqxon Ibratning hayoti, serqirra faoliyati bilan tanishtiradi. “Ibrat 
maktabi”da yoshlar xorijiy tillarni o‘rganadi. Bularning barchasi yaxlit kompleks 
sifatida allomaning xalqimiz uchun qilgan buyuk xizmatlarini qadrlash, merosini 
o‘qib-o‘rganish va targ‘ib qilishda muhim o‘rin tutadi.

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish