Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3



668 
bilan birga uy hayvonlari ham tasvirlangan. Bu tasvirlar ibtidoiy jamoa tuzumidagi 
o’troq holda hayot kechirayotgan odamlarning tevarak-atrofni o’ziga bo’ysindirish, 
ular tafakkurining taraqqiy etib borayotganini tushinishda muhim ro’l o’ynaydi. 
Eramizdan avvalgi asrning oxirlari va yangi eraning boshlarida 
O’zbekistonda kulolchilik borasida jiddiy rivojlanish sezildi. Turli shakldagi xum va 
ko’zachalar qo’lda bajarilgan. Ularning tashkil bezagiga e’tibor berilganligi seziladi. 
Keyinchalik xum yuzasi chiziqli naqshlar bilan bezatila boshlagan. Bu davrlarda 
oltindan, kumushdan bezak va amaliy buyumlar ishlash sa’nati ham keng tarqala 
boshlagan. Tasviriy san’atda ham mavzu kengaya borganligini ko’rish mumkin. Bu 
o’rinda yuz manzaralarini aks ettiruvchi burtma tasvirlar, jangchilar obrazi diqqatga 
sazovordir. Quldorlik davrida ham O’rta Osiyoda san’atga qiziqish kuchli bo’lgan. 
Boylarning uyi, ibodatxona devorlari suratlar, naqshlar bilan bezatilgan.Xorazmda 
topilgan yodgorliklar ayniqsa, Tuproqqal’adan (III-IV asr) qo’lga kiritilgan hayvon 
va devoriy rasmlar qadimgi o’zbek san’atini bilishda muhim daliliy material bo’ib 
xizmat kiladi. 
VI-VIII asrlar xalq sanati, madaniyat tarixida ko’tarilish davri bo’ldi. Bu 
asrlarda ko’plab yirik monumental inshootlar, hashamatli binolar qurildi. Varaxsha 
(Buxoro vil.), Afrosiyob (Samarqand vil.) dagi saroy qoldiklari, ularning devorlarida 
ishlangan suratlar yaratilgan haykallar yuksak mahorat bilan ishlanganligi hozir xam 
kishini hayratga soladi. Abu Rayxon Beruni, Muxammad Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn 
Sino, AlFarobiy yashagan vaqtlar xam bizga juda ko’p nodir yodgorliklar qoldirdi. 
Bu asarlarda me’morchilik yetakchi o’rinni egalladi. Shu davrning yodgorliklaridan 
biri bu Samoniylar maqbarasi o’z davrining estetik falsafiy qarashlarini 
mujassamlashtirgan. 
Temur va Temuriylar davrida yaratilgan Bibixonim masjidi, A.Temur 
maqbarasi, Ulug’bek madrasasi va rasadxonasi, Shoxi –Zinda ansambli – bularning 
hammasi xalq badiiy merosining yorqin sahifasini tashkil etibgina qolmay, balki 
jaxon tasviriy san’ati tarixi sahifalarida o’zining faxrli o’rnini egallaydi.Bu davrda 
miniatyura san’ati borasida ham sezilarli jonlanish bo’ldi. 
Shu davrda yashab ijod etgan Komoliddin Bexzod, Maxmud Muzaxxib, 
Muxammad Murod Samarqandiy va boshqa musavvirlar miniatyura san’atining nodir 
namunalarini yaratib qoldirdilar. Bular orasida ayniqsa, K.Bexzodning faoliyati 
diqqatga sazovordir. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o’zbek sanʼati 
tarixida yangi bosqich boshlandi. Bu davrda xalq dekorativ-amaliy sanʼati yetakchi 
oʻrinni egalladi. Bu sanat shu davr kishilari uchun voqelikni, tevarak atrof 
go’zalligini yuksak poetik shakllarda aks ettiruvchi, ularning hayot, go’zallik 
tushuchalarini ifodalovchi birdan bir san`at turi bo’lib qoldi. Tarixga nazar soladigan 
bo’lsak tasviriy san’atni buyuk tarixi va rivojlanishiga tarixiy dalil va isbotlangan 


669 
hamda saqlanib qolgan dalillar tasviriy san’atni qanchalik tarixiy ahmiyatga ega 
ekanligini guvohi bo’lishimiz mumkin. 
Shu sababli ham bugun dunyo taraqqiyotning tamal toshi, mamlakatni 
qudratli, millatni buyuk eta oladigan qudratli kuch boʻlgan ilm-fan, taʼlim va 
tarbiyaga alohida eʼtibor qaratmoqda. Jahonning qator yetakchi davlatlarida taʼlimni 
rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Zero, 
mamlakatning ertangi kuni, ravnaqi aynan shu sohada qoʻlga kiritilgan yutuqlarga 
bevosita va bilvosita bogʻliq. Mamlakatimiz ham bu jarayonning faol ishtirokchisi 
ekani quvonarli hol, albatta. Eʼtirof etish lozim, oliy taʼlim tizimining keyingi 
yillardagi faoliyatiga nazar tashlaydigan boʻlsak, koʻplab ijobiy ishlar amalga 
oshirilganiga guvoh boʻlamiz. 
Oliy taʼlim tizimida yuzaga kelgan muammolarni qisqa muddatda bartaraf 
etish maqsadida keyingi yillarda sohani tubdan takomillashtirish, izchil rivojlantirish, 
XXI asr talablariga moslashtirish, zamon bilan hamnafas qilish borasida aniq, izchil 
va keng koʻlamli kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shuningdek, soha 
taraqqiyotiga yoʻnaltirilgan oʻnlab muhim farmon, qaror va dasturlar qabul qilindi. 
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor 
yoʻnalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan, yuqori malakali kadrlar tayyorlash 
jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, oliy taʼlimni modernizatsiya 
qilish, ilgʻor taʼlim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot 
tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-
yil 8-oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim 
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun 
dasturulamal vazifasini bajarmoqda. Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni 
jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni 
samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, 
taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib 
olindi. Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz oliy taʼlim tizimini isloh qilishning 
ustuvor yoʻnalishlarini aks ettirdi. Unda oliy oʻquv yurtlarida qamrov darajasini 
kengaytirish hamda taʼlim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va taʼlim 
platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion 
tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoriylashtirish, xalqaro 
eʼtirofga erishish hamda boshqa koʻplab aniq yoʻnalishlar belgilab berildi. Bularning 
barchasi taʼlim jarayonini yangi sifat bosqichiga koʻtarish uchun xizmat qildi. 
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim sohasidagi munosabatlarni 
tartibga solishga yoʻnaltirilgan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuni 2020-yil 23-sentyabr 
kuni qabul qilindi. Taʼkidlab oʻtish joizki, qonun jahon standartlari talablaridan kelib 
chiqqan holda taʼlim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning qamrovi kengligi 
va oʻziga xos xususiyati bilan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi avvalgi qonundan tubdan farq 
qiladi. Mazkur qonun ushbu soha taraqqiyotida, hech shubhasiz, yangi ufqlarni ochib 


670 
beradi. Unga muvofiq, oʻqitishning masofaviy, inklyuziv shakllari joriy qilindi. 
Taʼlim tashkilotlariga xorijiy muassasalar bilan hamkorlikda qoʻshma fakultet va 
oʻquv markazlari tashkil qilishga ruxsat etildi. Shuningdek, oʻqituvchilarga mualliflik 
dasturi va oʻqitish uslublarini joriy etish, zamonaviy pedagogik shakllar, oʻqitish va 
tarbiya usullarini erkin tanlash huquqi berildi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvarda parlamentga 
taqdim etgan Murojaatnomasida ilm-fan va taʼlim tizimiga taalluqli qator strategik 
yoʻnalishlarni belgilab berdi. Bu yangilanayotgan jamiyatimizda oliy taʼlim siyosati 
mazmun-mohiyatini yana-da chuqurroq anglashimizga oʻziga xos yondashuv boʻldi. 
Zero, keng koʻlamli demokratik oʻzgarishlar, jumladan, oliy taʼlim islohotlari orqali 
Oʻzbekistonda yangi Uygʻonish davri, yaʼni uchinchi Renessans poydevori bunyod 
etiladi.Keyingi toʻrt yilda mamlakatimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan 
zamonaviy kadrlar tayyorlash uchun taʼlim tizimini takomillashtirish masalalariga 
qaratilayotgan eʼtibor tizimli ravishda va izchil ortmoqda.Yurtimizda amalga 
oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar samarasi oʻlaroq, oliy taʼlimga qamrov 
darajasi 2016-yilgi 9 foizdan 2020-yilda 25 foizga yetkazildi.Joriy yildan boshlab 
oliy taʼlimga ajratiladigan davlat grantlari soni 25 foiz oshiriladi. Oliy oʻquv 
yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni ikki 
barobarga koʻpaytirib, ikki ming nafarga yetkaziladi. Aʼlo baholarga oʻqiyotgan, 
ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun maxsus stipendiyalar joriy etilishi koʻzda 
tutilmoqda. 
Shuningdek, keyingi yillarda oliy taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni 
rivojlantirish, oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, 
ularni zamonaviy oʻquv-ilmiy laboratoriyalar va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari bilan taʼminlash, xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan oʻquv-
uslubiy materiallar va oʻquv dasturlari, yetakchi pedagogik texnologiyalarni oʻquv 
jarayoniga keng joriy qilish orqali oʻquv sifatini oshirish masalalariga keng eʼtibor 
qaratilyapti. Davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalari soni va samaradorligini 
oshirish hisobiga oliy taʼlimga qamrov darajasini 2030-yilga qadar ellik foizdan 
oshirish, oliy taʼlim muassasalarini yana-da koʻpaytirish borasida amaliy ishlar olib 
borilmoqda. Kamida oʻnta oliy taʼlim muassasasini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar 
reytingining birinchi 1000 taligi roʻyxatiga, jumladan, Oʻzbekiston Milliy universiteti 
va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta oliy taʼlim muassasasi roʻyxatiga 
kiritish borasidagi saʼy-harakatlar davom etmoqda. 
Raqobatbardosh milliy kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim tizimi islohotlari 
doimiylik va izchillik talab etadigan jarayondir. Zero, tobora globallashayotgan 
dunyoda sifatli kadrlar tayyorlash masalasi har bir davlatning kelajagini belgilab 
beruvchi asosiy omil ekani oʻz-oʻzidan ayon. Prezidentimiz yaqinda oʻtkazilgan 
videoselektor yigʻilishida yana bir bor oliy oʻquv yurtlari zimmasidagi masʼuliyat 
haqida toʻxtaldi. Davlat rahbari endi bu borada mutlaqo yangi tizim yaratilishini qayd 


671 
etdi. Har bir oliy oʻquv yurti yon-atrofidagi kamida besh-oʻntadan mahallasi uchun 
“maʼnaviyat markazi” va “madaniyat oʻchogʻi” boʻlishi lozim. 
Bir soʻz bilan aytganda, bugungi globallashuv va davlatlararo raqobat tobora 
kuchayib, internet va innovatsion texnologiyalar har sohaga chuqur kirib borayotgan, 
dunyoda anʼanaviy jamiyatdan axborotlashgan jamiyat sari harakatlar kechayotgan 
davrda mamlakatimizda har bir mutaxassisni mustaqil fikrlaydigan, jamiyatda faollik 
koʻrsatadigan, qiyinchiliklarni qoʻrqmasdan yengib oʻta oladigan, raqobatbardosh, 
oʻz Vataniga sodiq shaxs sifatida kamolga yetkazish oliy taʼlim sohasining eng 
asosiy, ustuvor vazifasi boʻlib qolmoqda. Bu boradagi saʼy-harakatlarning dastlabki 
ijobiy natijalari hozirdanoq koʻzga tashlana boshlagani esa hammamizni mamnun 
etdi. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Baymetov, B. B., & Muratov, K. K. (2020). Self Sketches as a Tool in the 
Professional Training of a Future Artist-Teacher. Solid State Technology, 224-231. 
2. Kokiyev, B.B. (2020). Present-day problems of drawing science. European Journal 
of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), 203-205. 
3. Muradov Sh.K., Ko‘kiyev B.B. (2020). QIYSHIQ BURCHАKLI YORDАMCHI 
PROYEKSIYALАSH BILАN BISSEKTOR TEKISLIGIDАYECHILАDIGАN 
PОZITSION MАSALАLАR YECHIMINI TOPISH. TOSHKENT DAVLAT 
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI, 2(23), 10-12. 
4. Kokiyev, B.B. (2020). Present-day problems of drawing science. European 
Journalof Researchand Reflection in Educational Sciences, 8 (4], 203 -205. 
5. Kokiev, B.B. (2020). The importance of pedagogical techniques in teaching 
assistive design. European Journal of Research and Reflection in Educational 
Sciences, 8 (2), 182-185. 
6. Kukiev, B., O‘g‘li, A. N. N. & Shaydulloyevich, B. Q. (2019). Technology for
creating images in autocad. European Journal of Research and Reflection in 
Educational Sciences, 7 


672 

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish