Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3



643 
ФИО автора:
Sayfiddinov Aqliddin Anvarjon o’g’li
Название публикации:
«JAMOAT 
XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA 
ISHTIROK 
ETUVCHI 
ORGANLARNING 
O’ZARO 
HAMKORLIK 
MASALALARI» 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada jamoat xavfsziligini ta’minlashda ishtirok etuvchi organlarning 
o’zaro hamkorlik masalalari IIV va MG misolida muhokama qilinadi va jamoat xavfsizligi va jamoat 
tartibi tushunchalariga ta’rif beriladi 
Kalit so’zlar:
jamoat tartibi, Milliy gavardiya, Ichki ishlar organlari xodimlari, jamoat xavfsizligi, 
harbiy xizmatchi 
Hozirgi glaballashuv davrida jamoat tartibini saqlash hamda uning xavfsizligini ta’minlash
muhim masaladir. Sababi insonlar o‘rtasidagi munosabatlar ayni shu qonunlarning amal qilishi 
doirasida kechadi va hammaga teng huquqli ekanliklarini eslatib turadi. Ushbu prinsipning amal 
qilishi aholining turmush tarzini tartibga solib, ularga ba’zi majburiyatlar yuklasa, kimgadir choralar 
ko‘rish kerak ekanligini ko‘rsatadi. Hozirgi kunda xalqimiz ongida qonunlarga amal qilib yashash va 
jamoat xavfsizligi va tartibini saqlashda o‘zlarining faol ishtiroklarini ko‘rsatishlarining 
shakllanishiga erishish bu Milliy gavardiya harbiy xizmatchi va xodimlari va Ichki ishlar organlari 
xodimlarining jamoat tartibi va xavfsizligini himoya qilish faoliyatida o‘zining ijobiy ta’sirini 
ko‘rsatadi. 
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida olib borilgan islohotlarning ikkinchi muhim yo‘nalishi qonun 
ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasini qamrab olgan sohalarda 
dolzarb vazifalardan biri hisoblangan jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta‘minlash faoliyatini 
takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib ushbu loyiha doirasida ko‘plab jadal suratlardagi ishlar amalga 
oshirildi. Buning natijasida Milliy gvardiya hamda Ichki Ishlar organlarining hamkorligidagi faoliyati 
yo‘lga qo‘yildi. 
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o‘rnini egallashi, xalqimizga munosib 
turmush tarzini yaratib berish, inson huquqlari va erkinliklarini samarali ta‘minlash maqsadida 
jamiyatning barcha sohalarida tizimli va izchil islohotlar amalga oshirib borilmoqda. Aytish joizki, 
so‘nggi yillarda respublikada jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta‘minlash faoliyatini 
takomillashtirishga xizmat qiluvchi bir qator qonun hujjatlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2018 yil 24-dekabrdagi ― Jamoat xavfsizligini ta‘minlash samaradorligini oshirish 
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 4075-sonli qarori, sohaga doir qator farmonlari, 
Vazirlar Mahkamasi qarorlarining qabul qilinishi ushbu islohotlarning huquqiy bazasini yaratib 
bermoqda. 
Milliy gvardiya va Ichki ishlar organlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan 
jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlashning mazmun-mohiyatini anglash, mazkur 
faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish va takomillashtirib borish ko‘p jihatdan ―jamoat tartibi hamda jamoat 
xavfsizligini tushunchalarining mohiyatini to‘g‘ri anglab yetishga bog‘liqdir. Jumladan 2018 yil 10-
yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan 
yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, ―. Butun dunyoda mamlakat ichida 
tartib-intizom va jamoat xavfsizligini ta’minlash bilan armiya emas, Mudofaa vazirligi emas, balki 
alohida tuzilmalar shug‘ullanadi. Ma’lumki, bugungi kunda biz ― Xavfsiz shahar-xavfsiz mamlakat 
konsepsiyasi asosida yurtimizda jamoat tartibini ta’minlashga qaratilgan katta ishlarni amalga 
oshirmoqdamiz. 


644 
Ushbu vazifalar istiqboli sifatida biz jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda fuqarolarimizning 
bu vazifalarni bajarish uchun Milliy gvardiya joylardagi davlat hokimiyati idoralari, jamoat 
tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi. 
Yuqorida belgilab berilganidek, Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Milliy 
gvardiyasining asosiy vazifalaridan biri – jamoat tartibini va xavfsizligini ta’minlashga 
ko‘maklashishdan iboratdir .Ushbu vazifani bajarish doirasida Ichki Ishlar organlari, mahalliy o‘zini-
o‘zi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda kompleks tadbirlar tashkil etilib, 
amalga oshirilmoqda. Darhaqiqat, galdagi muhim vazifamiz mazkur tushunchalar mazmun-
mohiyatini to‘g‘ri anglash orqali ish yuritish joizdir. Bugungi kunda ushbu tushunchalar mohiyatining 
to‘g‘ri tushunmaslik, boshqacha talqin etilishi jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash 
faoliyatini tashkil etishda muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, kuch va vositalarning, 
mablag‘ning ortiqcha sarflanishiga olib keladi, qolaversa olib borilayotgan islohotlar samaradorligiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shunday ekan, jamoat tartibi, jamoat xavfsizligi tushunchalarning mohiyatini 
ilmiy nuqtai nazardan o‘rganish, tadqiq etish hamda asoslangan xulosalarni ishlab chiqish muhim 
ahamiyatga ega. 
Xorij tajribasiga nazar soladigan bo‘lsak rus olimi N.N.Jilskiy o‘zi olib borgan tadqiqoti 
natijalari asosida 
jamoat tartibi - fuqarolarning shaxsiy xavfsizligi va jamoat xavfsizligini ta‘minlashga, 
iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’muriy-madaniy sohada faoliyat yuritish uchun qulay shart-
sharoitlarni yaratishga qaratilgan ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining shakli va miqyosida 
namoyon bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlar tizimi, degan ta’rifni beradi. 
Ta’rif mazkur tushunchaning bir qator qirralarini ochib bergan bo‘lsa-da, unda muhim element 
- ushbu sohadagi munosabatlar aynan jamoat joylarida yuzaga kelishi va rivojlanishi nazarda 
tutilmaganligi sababli, unga to‘liq qo‘shilib bo‘lmaydi. Bitta o‘zakka ega va o‘zaro bog‘lik bo‘lgan 
mazkur tushunchalar haqida olimlar tomonidan qator ta’riflar keltirilgan bo‘lib, ularning eng 
dastlabkisi 1959-yilda rus olimi P.F.Grishayev tomonidan berilgan edi. Uning fikricha, ―jamoat 
tartibi - jamiyatning har bir a’zosi huquqiy va axloqiy normalarda mustahkamlangan qoidalarga rioya 
etishi lozimligini ko‘zda tutuvchi, ular o‘rtasidagi munosabatlarni belgilab beruvchi tartibdir. 
Biroq, olim tomonidan berilgan ushbu ta’rif jamoat tartibi tushunchasining butun mazmun- 
mohiyatini to‘liq ochib bera olmadi. Shu bois ham, o‘tgan davr ichida olimlar tomonidan ushbu 
tushunchaga jamiyat hayotining rivojlanib borishiga hamoxang tarzda ta‘riflar berib borildi. 
Keyinchalik A.R. Gegamovning ushbu tushunchaga bergan: jamoat tartibi - huquqiy va ahloqiy 
normalari asosida jamoat joylarida insonlarning umumiy osoyishtaligini ta’minlovchi, ularning 
o‘zaro munosabatlari tartibini belgilovchi jamiyat manfaatlari huquqiy himoyalanganligining zarur 
va yetarli darajasi, deb bergan ta‘rifi mazmuniga ko‘ra P.F. Grishaev tomonidan berilgan ta’rifga 
yaqin bo‘lgan ammo, unda jamoat tartibi tushunchasi jamoat joylari bilan bog‘lab berilgan. Biroq, bu 
ta‘rifda ham jamoat tartibi tushunchasi qamrab olishi kerak bo‘lgan ayrim jihatlar, jumladan:
jamoat xavfsizligi bilan o‘zaro aloqasi, 
yuridik shaxslar manfaati ko‘zda tutilmaganini aytish joiz.
Jamoat tartibi tushunchasini yuridik kategoriya deb tavsiflovchi A.A. Kudelich, uning jamoat 
xavfsizligi tushunchasidan farq qilmasligini va ushbu tushunchalarning sinonim ekanligini 
ta‘kidlaydi. Olimning jamoat tartibi tushunchasiga jinoiy-huquqiy jihatdan yondashib bergan ushbu 
fikriga qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligi‖ tushunchalari mohiyatan 
bir-biriga yaqin bo‘lsa-da, aslida mazmuniga ko‘ra turli tushunchalardir. Jamoat tartibi va jamoat 
xavfsizligi tushunchalarining o‘zaro farqi to‘g‘risida so‘z yuritgan F.E.Kolontoyevskiy, ularning 
maqsadi, qo‘riqlovchi obyektlari, bartaraf qiluvchi tajovuzlar manbai, tartibga soluvchi vazifalari, 
munosabatlarining tarkibi va ta’minlash usullari bilan o‘zaro farqlanishini, 
Bevosita jamoat xavfsizligi tushunchasi haqida so‘z borganda, unga olim B.T.Hamxoyev 
jamiyatning yaxlit ijtimoiy tizim sifatida rivojlanishi jarayonida mustahkamlik va barqarorlik, inson 
huquqlari va erkinliklari, hayotiy ehtiyojlarini qondirish va amalga oshirish uchun qulay shart-sharoit 
va imkoniyatlarning ta’minlangani holati, degan ta’rifni ilgari suradi, I.V. Demin jamiyatning turli 
xil hayotiy manfaatlari himoya qilinadigan, shaxs va jamiyatning jadal rivojlanishi uchun 


645 
imkoniyatlar yaratiluvchi, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan va real ichki hamda tashqi tahdidlarning 
minimal darajada kamaytirilganligi tavsiflangan holat, degan ta‘rifni beradi. Biroq, ushbu olimlar 
tomonidan berilgan, mazmuniga ko‘ra keng ifodalangan mazkur ta‘riflar jamoat xavfsizligi 
tushunchasi mohiyatini aniq, va yetarlicha ochib bera olmaydi. Jamoat xavfsizligi tushunchasining 
mazmun-mohiyatini 
nisbatan 
aniq 
va 
to‘g‘ri 
ochib 
bergan 
ta‘rif
A.V. Jaglin tomonidan berilgan: jamoat xavfsizligi - shaxs, jamiyat va davlatni jamoat tartibiga 
noqonuniy tajovuzlardan kelib chiquvchi tahdidlardan, shuningdek ijtimoiy, tabiiy va texnogen 
xususiyatga ega bo‘lgan falokatlardan himoya qilish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar tizimi. 
Yuqoridagi tahlillarga asoslanib, respublikamizda sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan 
keng ko‘lamli islohotlar mazmunidan kelib chiqib, shunday xulosaga kelish mumkin: Jamoat tartibi 
taminlanishi bu-jamoat xavfsizligi, jismoniy va yuridik shaxslarning normal faoliyat ko‘rsatishi, 
mehnat qilishi va dam olishi uchun sharoit yaratishga, sha‘ni, qadrqimmatini hamda umuminsoniy 
qadriyatlarni hurmat qilishga yo‘naltirilgan huquqiy va ijtimoiy-ahloqiy normalar asosida jamoat 
joylarida yuzaga keladigan va rivojlanadigan ijtimoiy munosabatlar tizimidir.
Jamoat xavfsizligi - bu shaxs, jamiyat va davlatning huquqbuzarliklar, boshqa g‘ayri-ijtimoiy 
hulq-atvor ta‘siri, tabiiy, texnogen va ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lgan favqulodda holatlar 
oqibatlaridan himoyalanganligi holati hisoblanadi. 
Ko‘rinib turibdiki, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligi bir-biri bilan uzviy bog‘liq tushunchalar bo‘lib, 
biri ikkinchisini to‘ldiradi. O‘z navbatida jamoat tartibi va huquq-tartibot tushunchalari ham o‘zaro 
bog‘liq.
Jamoat tartibi - yuridik va boshqa ijtimoiy qoidalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy 
munosabatlar bo‘lib, huquq-tartibotni ham qamrab oladi, huquq-tartibot esa faqat amaldagi huquqiy 
normalar asosida tashkil topgan ijtimoiy munosabatlar tizimidir. Binobarin, jamoat tartibi tushunchasi 
jamoat xavfsizligiga qaraganda kengroq ko‘rinsa-da, amalda jamoat xavfsizligini ta‘minlash faoliyati 
ko‘lami va serqirraligi bilan jamoat tartibini saqlash faoliyatiga nisbatan mazmun-mohiyati jihatidan 
kengroqdir. Yuridik adabiyotlarda va qonun hujjatlarida aksariyat hollarda birgalikda qo‘llaniladigan 
jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta‘minlash tushunchalarining har bir turi turli 
mazmun-mohiyat kasb etadi. Jamoat tartibini saqlash faoliyatining mazmuni ko‘cha va jamoat 
joylarida insonlarning qonun hujjatlari va ahloq normalari talablariga rioya etishlarini nazorat 
qilishda namoyon bo‘lsa, jamoat xavfsizligini ta‘minlash faoliyati o‘z ichiga yo‘l harakati xavfsizligi, 
yong‘in xavfsizligi, qo‘riqlovga olingan ob‘ektlar va mulklar xavfsizligi, pasport tizimi, nazorat-
litsenziya tizimini ta‘minlash kabi qator faoliyat yo‘nalishlarini qamrab oladi. Jamoat xavfsizligini 
ta‘minlash faoliyatining bunday keng ko‘lamligi va serqirraligi unga yaxlit tarzda yondashish, uni bir 
butun tizim sifatida takomillashtirish imkonini bermaydi. Shu sababli ham, O‘zbekistan Respublikasi 
va boshqa xorijiy mamlakatlarda so‘nggi yillarda qabul qilinayotgan qonun hujjatlarida jamoat 
tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta‘minlash iborasi o‘rniga jamoat tartibini saqlash va 
fuqarolar xavfsizligini ta‘minlash iborasini qo‘llash tendentsiyasi kuzatilmoqda. Bunga fuqarolar 
xavfsizligini ta‘minlash tushunchasi jamoat xavfsizligini ta‘minlashga qaraganda mazmuni va ta‘sir 
ko‘rsatish ob‘ektining aniqligi jihatidan bir muncha juziyligi hamda ushbu sohada muayyan 
vazifalarni belgilash va ijrosini ta‘minlash imkoni yuqoriligini sabab sifatida ko‘rsatish mumkin. 
Ammo, ikkinchi tomondan qaraganda jamoat xavfsizligini ta‘minlash tushunchasi o‘z mazmuniga 
ko‘ra nafaqat fuqarolarning, qolaversa jamiyat va davlatning xavfsizligini ta‘minlashga qaratilganligi 
bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa hozirgi kunda ham mazkur tushunchaning qonunchilik va 
yuridik adabiyotlarda o‘z o‘rni mavjudligini ko‘rsatadi. 
Jamoat xavfsizligini ta‘minlash jamoat tartibi buzilishiga olib keluvchi omillarning oldini 
olishga xizmat qilsa, o‘z navbatida tizimli ravishda jamoat tartibini saqlash jamoat xavfsizligining 
samarali ta‘minlanishiga olib keladi. Shu bilan birga jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini 
ta‘minlash faoliyati Milliy gvardiya va Ichki ishlar organlarining boshqa faoliyat yo‘nalishlari bilan 
ham uzviy bog‘liq. Xususan, jamoat tartibi va xavfsizligini ta‘minlash faoliyati huquqbuzarliklar 
profilaktikasi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, jamoat tartibini saqlash orqali huquqbuzarliklar oldi olinadi, 
huquqbuzarliklar profilaktikasi orqali jamoat tartibi va xavfsizligini ta‘minlashga erishiladi. Jamoat 
tartibi va xavfsizligini ta‘minlashning yana bir muhim xususiyati shundaki, u Milliy gvardiya va Ichki 


646 
ishlar organlari tizimidagi boshqaruvning tarkibiy qismi bo‘lib, bu jarayonda Milliy gvardiya va Ichki 
ishlar organlari davlat organlari va muassasalari, jamoatchilik tuzilmalari 
hamda fuqarolar bilan tashkiliy- huquqiy munosabatlarga kirishadi. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, hozirgi paytda Milliy gvardiya tomonidan qo‘shinlar 
faoliyatining samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda, shuningdek, 
o‘z Vataniga sadoqatli, yuqori malakali harbiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha 
ishlar davom ettirilmoqda. Shuningdek, Milliy gvardiya bo‘linmalari va Ichki ishlar organi 
tomonidan jamoat tartibining saqlanishi va xavfsizligining ta‘minlanishi “Xavfsiz shahar – xavfsiz 
mamlakat” konsepsiyasini hayotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Boisi, «Xavfsiz 
shahar» Konsepsiyasi doirasida Toshkent va Nukus shaharlarida, viloyatlar markazlarida, shuningdek 
Respublikaning yirik shaharlarida sutka davomida uzluksiz uch smenali patrullik tashkil etilgan. Ichki 
ishlar organlari xodimlari, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va jamoatchilik vakillaridan iborat 
bo‘lgan birgalikdagi patrul naryadlari jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarni oldini olish va 
jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida xizmatni olib bormoqdalar. 
Birgalikdagi patrul naryadlari jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta‘minlash 
funktsiyalarini amalaga oshirishdan tashqari zarurat tug‘ilganida aholiga zarur yordam ko‘rsatib 
kelmoqdalar. 

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish