Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3



640 
Ingliz-Amerika «huquqiy oilasi» yoki «umumiy huquq» tizimi (AQSh, Kanada, 
Avstriya, Britaniya hamdo‘stligi mamlakatlari va boshqalar) kontinental «huquqiy 
oila»dan farq qilib, asosiy huquq manbayi sifatida qonunni emas, balki sud 
pretsedentini, ya’ni sud qarorida mavjud bо‘lgan qoidani e’tirof etadi. 
Diniy-an’anaviy «huquqiy oila» (Yaponiya, Hindiston, Xitoy va hokazo) asosiy 
huquq manbayi sifatida diniy qoidalarni e’tirof etadi. Garchi ushbu «huquqiy oilalar» 
bir holda faqat qonunlarga, boshqa holda — pretsedentlarga, ya’ni sud qarorlariga, 
uchinchi holda diniy-huquqiy me’yorlarga asoslansa-da, hayot ularga nisbatan shunday 
talablarni qo‘yadiki, ularni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Shuning uchun «huquqiy 
oilalar» qonunlarini sud pretsedenti qoidalari bilan, diniy-huquqiy me’yorlarni esa 
qonun va kodekslar bilan ancha moslashuvchan holda biriktiradi. Mazkur hodisalar 
davlat qonunlarni yaratar ekan, hayot talablari bilan hisoblashishga majburligi va 
shartligini isbotlaydi. 
Наr qanday jamiyatda va davlatda huquq tizimi obyektiv ravishda yaratiladi, 
zero, birorta qonun chiqaruvchi buni shaxsiy xohishi va ixtiyori bilan amalga oshira 
olmaydi. Bunday o‘zboshimchalikni hayotning o‘zi rad etadi. 
Huquq kishilar foydasi uchun xizmat qilishga da’vat etilgani sababli, uning 
tizimi qonun tomonidan hayotda haqiqatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarga 
bog‘liq holda quriladi. Qo‘llanilayotgan huquq normalari ommaviy tartibga, ya’ni 
mazkur huquqiy tizimning umumiy prinsiplariga zid kelgan ba’zi hollarda xalqaro 
huquqni qo‘llash cheklanadi. Bu qoida ommaviy tartib haqidagi qo‘shimcha shart deb 
nomlanadi.
Tashqi savdo bitimlaridan (masalan, xorijiy element bilan oldi-sotdi 
shartnomasidan) kelib chiqadigan majburiyatlarni yanada samarali ijro etish uchun 
xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar — bunday shartnomalar tomonlarining huquqiy 
maqomini aniqlash zarurati vujudga keladi. Ularga nisbatan odatda quyidagi tartib 
turlari qo‘llaniladi:
— milliy tartib, bunda xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning huquqiy maqomi 
o‘z fuqarolari va yuridik shaxslari maqomiga tenglashtiriladi;


641 
— eng katta qulaylik tug‘dirish tartibi, bunda qonunlar orqali turli xorijiy 
davlatlar rezidentlarining huquqiy holati uchun o‘xshash huquqiy holat belgilanadi.
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlarning o‘ziga xos xususiyatlariga 
quyidagilar kiradi:
1) universal tusga ega (ya’ni inson huquqlari va barcha asosiy erkinliklari hurmat 
qilinadi);
2) umum qabul qilingan (ya’ni barcha davlatlarda rioya qilinadi);
3) irqi, jinsi, dini, tili va boshqalardan qat’i nazar hammaga ta’sir qiladi;
4) qonunlarda ushbu masala yuzasidan milliy modellarni ishlab chiqish uchun 
turtki bo‘lib xizmat qiladi.[1] 
Xulosa qilib aytganda bugun huquq jamiyat hayotining turli sohalari — 
iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy sohaga, madaniy-maʼnaviy munosabatlarga taʼsir etadi va 
shu tariqa iqtisodiy, siyosiy va tarbiyaviy funksiyalarni bajaradi. Yuridik nuqtayi 
nazardan bu funksiyalarni 2 turga: regulyativ (tartibga soluvchi) va negativ 
(qoʻriqlovchi) funksiyalarga ajratish mumkin. Huquqning regulyativ funksiyasi 
jamiyat aʼzolari yurish-turishi va xulq-atvorining ijobiy, barchaga maqbul qoidalarini 
oʻrnatishdan, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy asosga qoʻyishdan, insonlar oʻrtasidagi 
ijtimoiy aloqalarni uygʻunlashtirish va barqarorlashtirishdan iborat. [2] 
Huquqning negativ funksiyasi uning ijtimoiy vazifasi bilan belgilangan huquqiy 
taʼsir etish yoʻnalishi boʻlib, u umumiy ahamiyatga molik iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy 
va ijtimoiy munosabatlarni muhofaza etishga, ularning daxlsizligini taʼminlashga va 
shu bilan birga, jamiyatga yot, zararli munosabatlarni siqib chiqarishga qaratiladi. 
Huquqning bu funksiyasiga xos xususiyatlar uni davlatning Huquqni muhofaza etish 
faoliyati bilan qiyoslaganda aniq namoyon boʻladi. Tegishli davlat idoralari Huquq 
sohiblari tomonidan qonun talablari qatʼiy bajarilishini taʼminlaydi, jamiyatda 
qonuniylik muhitini vujudga keltiradi. Bu ish huquq buzilishlari faktini aniqlash, ularni 
tergov qilish va aybdorlarni yuridik javobgarlikka tortish bilan taʼminlanadi. 
Bugun hayotning o’zi insonlarga maslahatchi, sinovchi bo’lmoqda. Har qanday 
vaziyatda qonun va adolat o’rnatilgan huquqlar to’liq ishlaydigan joydagina 
rivojlanish, tenglik va tinchlik hukmronlik qiladi. 


642 

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish