Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3



347 
Metilfenidat va pipradrolning ta’sir mexanizmi to’liq o’rganilmagan. Dori 
vositalari presinaptik neyronning dofamin tashuvchisini (DAT) falajlash orqali 
noradrenalin va dofaminning qayta tiklanishiga to’sqinlik qiladi. Kofeinning 
psixostimulyator ta’siri uning markaziy adenozin (A1 va A2) retseptorlarini falajlash 
qobiliyati bilan bog’liq. Adenozin (ATF metabolizmining oraliq mahsuloti) miyaning 
A1 retseptorlarini rag’batlantiradi, neyronlarning funktsional faolligini (tormozlanishi) 
sekinlashishiga olib keladigan siklik adenozin monofosfat (SAMF) hosil bo’lishini 
kamaytiradi. 
Adenozin A2 retseptorlari orqali miya D2-dofaminli retseptorlari faoliyatini 
susaytiradi. Kofein, adenozinning tormozlovchi ta’siri hisobiga markaziy asab tizimida 
(MAT) qo’zg’alish chaqirib, dofaminergik tizimni faollashtiradi. Kofein ta’sirining 
o’ziga xos xususiyati shundaki, u hozirgi vaqtda fiziologik reaktsiyalarda ishtirok 
etadigan va mediatorlarning ta’siriga javoban tsiklik nukleotidlarni sintezlaydi-gan 
neyronlarning ishini kuchaytiradi.Psixostimulyator dorilari haddan tashqari markaziy 
va periferik adrenergik stimulya-tsiya tufayli ular neyrotoksik (psixopatik) va 
kardiotoksik ta’sirga ega. Bundan tashqari, adrenergik tizimning uzoq vaqt yoki 
haddan tashqari zo’riqishi katexolamin deposining kamayishiga va tananing 
shoshilinch moslashuvi simpatoadrenal tizimining ishdan chiqishiga olib kelishi 
mumkin [4]. 
Psixostimulyatorlardan 
zaharlanishning 
klinik 
manzarasi 
Psixostimulyatorlardan zaharlanishning klinik ko’rinishi katexolamin tizimining 
faollashishi bilan bog’liq. Dofaminergik tizim retseptorlarini patologik rag’batlantirish 
psixomotor qo’zg’alish va gallyutsinatsiyalarga olib keladi. Periferik va markaziy 
adrenergik retseptorlarning stimulyatsiyasi qon bosimi oshishiga, taxikardiya, midriaz, 
teri rangining oqimtirligi va namligi, gipertermiya, ajitatsiya, gallyutsinatsiya 
alomatlari bilan birga keladi. 
 
Qo’zg’alish tufayli harakatlanish faolligining oshishi, tremor va gipertermiya, 
me-tabolik atsidoz va rabdomioliz rivojlanishi mumkin. Qorin bo’shlig’i tomirlarining 
tora-yishi qorinda og’riq, ko’ngil aynishi va qusish bilan birga kechishi mumkin. 
Psixostimulyator dorilarning kardiotoksik ta’siri ritm buzilishi va miokard ishemiyasi 


348 
ko’rinishida namoyon bo’ladi. Uzoq vaqt davomida psixostimulyatorlarni qabul 
qiladigan bemorlar uyqusizlikdan, agressiv, tashvishli, o’z joniga qasd qilish 
maniyasidan aziyat chekishadi. Vizual va eshitish gallyutsinatsiyalari bilan birgalikda 
psixozlar, talvasa rivojlanishi mumkin 
 
Boshqa psixotrop dori vositalaridan o’tkir zaharlanish 
«Boshqa joyda 
tasniflanmagan psixotrop dorilar bilan zaharlanish», litiy vositalari (normotimiklar), 
nootrop dorilar bilan va o’simliklardan
 
olinadigan MATni tinchlantiruvchi dorilar 
bilan zaharlanishni o’z ichiga oladi
Litiy vositalari hozirgi paytda manikal-depressiv psixozni davolash uchun 
ishlatiladi. Litiy vositalarining o’ziga xosligi shundaki, ular kasallikning har ikkala 
bosqichida ham samarali hisoblanadi. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda taxminan 
1000 kishidan bittasi litiy dorilarini qabul qiladi. Litiy ishqoriy metalldir, shuning 
uchun tibbiyotda u tuzlar shaklida, asosan, karbonat, shuningdek, tsitrat, suktsinat, 
orotat, xlorid va litiy sulfat ko’rinishida ishlatiladi [5]. Litiy bromid endilikda 
tibbiyotda qo’llanilmaydi, chunki u surunkali zaharlanishni keltirib chiqaradi – 
bromizm. Rossiyada litiy tuzlaridan faqat karbonat ishlatiladi. 

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish