Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3



352 
Ta’lim tizimiga kompetentli yondashuv xorijiy adabiyotlarda o’tgan asrning 60-
yillarida shakllana boshlagan edi. 
«Kompetentlik» - tushunchasi esa, shaxsning doimo o’sib boruvchi tasnifi bo’lib, real 
hayotiy vaziyatlarda yuzaga kelgan muammolarni yechish kobiliyati, o’z bilimi, o’quv 
va hayotiy tajribalari, qadriyatlari va qiziqishlarini unga safarbar etish imkoniyatlari 
hisoblanadi. 
«Kompetentlik» atamasi ta’lim sohasiga psixologlarning ilmiy izlanishlari natijasida 
kirib keldi. Bu tushuncha noan’anaviy vaziyatlarda yoki kutilmagan hollarda 
o’zini qanday tutish, muloqotga kirishish, raqiblar bilan o’zaro munosabatlarda yangi 
yo’l tutish, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to’la ma’lumotlardan 
foydalanishda, hamisha rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda qanday harakat 
qilishi kerakligi to’g’risida nazariy bilimlar zarurligini ko’rsatadi. 
Inglizcha «competence» tushunchasining lug’aviy ma’nosi «qobiliyat» demakdir, 
biroq kompetensiya atamasi bilim, ko’nikma, mahorat va qobiliyatni ifoda etishga 
xizmat kiladi. G’arb mamlakatlarida shakllangan an’anaga muvofiq mutaxassisning 
kasbiy malakasi uning kompetentlik, ta’lim tizimi esa — bilim, ko’nikma va malakalar 
darajasi bilan o’lchanadi. Xorijiy mamlakatlarda an’anaga muvofiq ishchining bilim 
va malakalarining o’ziga xos-xususiyati hisoblangan mutaxassislik (malakaviy) 
standartlari ishlab chiqiladi. Ushbu standart natijasinigina qayd etadi. 
Kompetensiya o’z bilimlarini tinmay boyitib borishni, yangi axborotlarni o’rganishni, 
shu kun va davr talablarini his etishni, yangi bilimlarni izlab topish mahoratini, ularni 
qayta ishlashni hamda o’z amaliy faoliyatida qo’llashni talab qiladi. Kompetensiya 
egasi bo’lgan mutaxassis muammolarni yechishda o’zi o’zlashtirib olgan, aynan shu 
sharoitga mos metod va usullardan foydalanishni yaxshi bilishi, hozirgi vaziyatga 
munosib bo’lgan metodlarni tanlab olib qo’llashi, to’g’ri kelmaydiganlarini rad etishi, 
masalaga tanqidiy ko’z bilan qarashi kabi ko’nikmalarga ega bo’ladi. Pedagogikada 
kompetent yondashish mutlaqo yangi hodisa emas, balki uning irmoqlari uzluksiz 


353 
rivojlanib boruvchi ta’lim jarayonlarida mavjud bo’lib, ular bosqichma-bosqich 
shakllangan. «Mahorat», «malaka», «salohiyat» masalalari, faoliyat, shu bilan 
birgalikda, 
bir 
qator 
faoliyatlarning 
birikuvi 
M.N.Skatkin, 
I.Ya.Lerner, 
V.V.Krayevskiy, G.P.Shyedrovidskiy, V.V.Davidov va boshka pedagogika sohasining 
olimlari ilmiy asarlari asosini tashkil etgan. 
D.L.Tompson, D.Pristinlar: «Kasbiy kompetentlik - ishda kerak bo’lgan bilimlarning 
va barcha axloqiy qoidalarning yig’indisidir», - deb ta’kidlaydilar. 
I.V.Grishina kasbiy kompetensiya shaxsning o’z professional faoliyatini qanchalik 
darajada egallaganligi, deb baho beradi va quyidagicha ta’riflaydi: 
" - Ushbu faoliyatga bo’lgan munosabati, unga zarurat va qiziqishi, 
intilishlari, qadriyatlari, faoliyatdan maqsadi, o’zining ijtimoiy o’rnini tasavvur qilishi; 
- o’zining shaxsiy o’ziga xosligi va mutaxassis sifatidagi mavqeiga, kasbiy bilim, 
mahorat va h.)ko’nikmalari, kasbiga xos boshqa xususiyatlariga baho berish; 
- shu asosda o’zini kasbiy jihatdan shakllanishini va o’sishini boshqara bilishi" 
A.K.Markova eng ko’p pedagog mehnatining kasbiy kompetentligi asoslarini qidirgan 
pedagog olim. A.K.Markova fikri bo’yicha pedagogning mehnati kompetentlikka 
aylanadi qachon-ki pedagog o’z faoliyatini yetarlicha yuqori hamda talabalarni o’qitish 
va tarbiyalashni yuqori darajada amalga oshirsa. Ushbu asoslar bilan birga 
pedagogning kasbiy kompetentligini to’rtga bo’lib o’rganadi: 
Maxsus yoki faoliyatli kasbiy kompetentlik - bu faoliyatni yuqori kasbiy darajada olib 
borishi. Maxsus kasbiy kompetentlik nafaqat maxsus bilimlardan, balki bu bilimlarni 
amalga oshirishdan iborat; 
Ijtimoiy kompetentlik - bu qo'shimcha faoliyatni olib borish yo’llarini bilish, 
hamkorlikda bajarish yo’llarini bilish; 


354 
Shaxsiy kompetentlik – o’zini rivojlantirish va o’zini ko’rsatish yo’llarini bilish 
(mutaxassis o’zining faoliyatini rejalashtirish, mustaqil qaror qilish, ma’lumotlar bilan 
va o’z ustida ishlash). 
Individual kompetentlik - bu o’zini boshqarish yo’llarini bilish, kasbiy rivojlanishga 
tayyorgarlik va kasbiy yangiliklar yaratish. Shu bilan birga pedagogning bilimlari 
yangiliklar bilan boyigan bo’lishi, psixologik va pedagogik fazilatlar yuqori darajada 
bo’lishi. 
Kasbiy kompetensiya tuzilishi va mazmuni ikki asosiy tarkibiy qismdan iborat. Kasbiy 
kompetensiya - bu bilim, mahorat va tajriba o’zviyligi bo’lib, loyixalash mutaxassis 
faoliyatini ruyobga chiqaruvchi omil hisoblanadi. Turli mualliflar tomonidan e’lon 
qilingan kasbiy kompetensiya muammolari tug’risidagi ilmiy maqolalarda ijodiy 
izlanish eng asosiy sifatlardan biri ekanligi qayd etiladi. Ayniqsa, kasb ta’limi 
pedagoglari uchun bu o’ta muhim jihat sanaladi hamda mutaxassisning kasbiy 
kompetensiyasida ijodkorlik masalasiga alohida urg’u beriladi. 
Ijodiy dunyoqarash va qo’rqmay ijodiy faoliyat ko’rsatish, Hatto u turmush masalalari 
bo’lsa ham; «talaba» va uning mashg’ulotlari erkin tarzda takomillashib borishini chin 
dildan istashi va uni tashkil etish maqsadiv talabaning o’sishi va har tomonlama 
rivojlanishi uchun shaxsiy mas’ullik ana shular jumlasidandir. Inson qaysi qasb sohibi 
bo’lishidan qat’iy nazar o’z ishiga, mashg’ulotiga qunt bilan,mehr bilan 
yondashsa,uning sir asrorini mukammal egallaydi,shu bilan birga o’z-o’zini 
anglaydi,shu sohada kamol topadi.Pedagog ham bolalarni sevsa,tarbiyalasa, o’zi ham 
ulg’ayadi,donishmandlik kasb etib boradi.Pedagog kelajak farzandini tarbiyalab bilim 
beradi.Zero kelajak yoshlar qolida,ular bizning ertangi kunimiz. Ularda 
kompetensiyalarni shakllantirilishi, dars davomida o`quvchining faqat tinglovchi yoki 
eshitganini takrorlavchi “to`ti”ga emas ,balki chuqur mushohada yurituvchi,mustaqil 
fikrini bayon etuvchi, boshqalar bilan o`zaro hamkorlikda ishlovchi, o`zgalar fikrini 
hurmat qiluvchi,keng dunyoqarashli shaxsga aylantitishda ilg`or pedagogik 
texnologiyalarning o`rni beqiyosdir. Interfaol metodlarni qo`llab dars o`tish 


355 
o`quvchilarda har tamonlama ilmiy-nazariy bilimlarni mustaqil egallash,bilim va 
ko`nikma,malakalarini shakllantirish va shu asosida o`quvchilarning ilmiy dunyo-
qarashlarini tarkib toptirish hamda faolligini oshirish,erkin fikr yurita olishga o`rgatish 
,ijodiy qobiliyarlarini aniqlash va ro`yobga chiqarish,o`qituvchi –o`quvchi 
hamkorligini shakllantirish va nihoyat kafolatlangan yakuniy natijaga erishishishni 
ta`minlaydi.Interfaol usullarda o`qituvchi o`quvchining mustaqil va mukammal bilim 
olishi uchun muhit yaratmog`i,fan asoslarini egallashga yo`naltirmog`i ,qiziqish,mehr 
uyg`otish bilan shug`ullanadi. Yangi pedagogik texnologiya dars o’tish usullari va 
shakllarini o’zgartirib,ularni xilma-xil qilib,tarbiyalanuvchini o’quv jarayonining faol 
qatnashchisiga aylantiradi.O’qitishning innovasion,nostandart(interfaol )shakllari 
kompyuterli o’yinlar,intrenetdan foydalanish,elektron darsliklar bilan turli usullarda 
yangi mavzuga ko’proq e’tibor qaratish,o’qitishni suhbat,o’yin,musobaqa,sahna 
ko’rinishli,musiqali,savol-javob,aqliy hujm,mushoira sayyohat , intervyu,tijorat,bahs-
munozara kabi usullarda dars o’tishni talab qiladi.Darsning borish jarayonida ta’limiy 
metodlar va usullar almashina boradi.Noan’anaviy darsda tarbiyalanuvchi shaxsi 
birinchi o’rinda turadi.Pedagog tarbiyalanuvchi bilan yakkama-yakka ,interfaol 
usulida harakat qiladi. 

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish