Navoiy - gʻazal mulkining sultoni
nomiga sazovor
boʻlgan, gʻazallari bir - biriga oʻxshamas. Navoiyning ijod yoʻli haqida gap ketganda
shuni aytish joizki, temirchilikdagi taq - taq ovozidek tuyuladigan turk tilida go’zal
asarlar yaratmaganda, hozirgi mavqeini yoʻqotardi. Turkiy tilni qayta tiriltirgani
Navoiyning ma’naviyatimiz uchun ulkan jasorati bo’lgan.
18
Zahiriddin Muhammad
Bobur
buni juda muxtasar tarzda ifodalab bergan:’’Alisherbek naziri yo’q kishi erdi.
Turkiy til bilato she’r aytibdurlar, hechkim oncha ko’p va xo’b aytqon emas. Oltida
masnaviy kitob nazm qilibdur,beshi "Xamsa" javobida, yana biri "Mantiq ut-tayr"
vaznida "Lison ut-tayr" otliq. To’rt g’azaliyot devoni tartib qilibtur "G’aroyib us-
17
Oybek.Navoiy.-T.Yangiyo’l polygraph servise.2019.527-b.
18
https.//e-adabiyot.uz.Boburnoma.
282
sig’ar","Navodir ush-shabob","Badoyi ul-vasat","Favoyid ul-kibar" otliq. Yana
"Mezon ul-avzon" otliq aruz bitibdur…Yana musiqiyda yaxshi nimalar bog’labtur.
Yaxshi naqshlari va yaxshi peshravlari bordur’’.
Husayn Boyqaro
esa: "Mir Alisher
turk tilining o’lik jasadig’a Masih nafasi ila jon ato edi",- deb ta’kidlagan.
19
Birinchi
prezidentimiz
Islom Karimov
: "Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy
madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy
adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g‘ururi, sha’n-u sharafini
dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo’lsa, olamda turkiy
va forsiy tilda so’zlovchi biron-bir inson yo’qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiy sevmasa,
Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa",
-
deb ta'riflaganlar. Ijod – sirli jarayon.
Yuksak san’at namunasi bo’la oladigan ijodiy asarlarning yaratilishi muxlislar uchun
hamisha qiziq bo’lib kelgan. Mazkur xulosalardan kelib chiqib aytish mumkinki,
Alisher Navoiy muxammaslarining yaratilish xususiyatlarini tadqiq qilish shoirning
ijod va ilhom hissiyotlari bilan bog’liq tasavvurlarni aniqlashtirishga yordam beradi.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Alisher Navoiy haqida juda ko’p asarlar,
maqolalar chop etilgan. Va ularning hammasi bir-biriga o’xshamas. Shoir hayotini
yoritish men uchun o’qib tugallanmagan bir dunyo kitob. Yozish kerak bo’lsa , mavzu
ko’p.
20
Daraxshon yulduzlar sari o’kirgan,
Bo’ynida zanjiru, qalbi ozod sher.
Ineoniy muhabbat mehri-la vafo,
Erk-u baxt timsoli ulug’ Alisher.
Men Navoiyni o’z davrining komil insoni derdim, negaki shoirning zamonida ham
ma’nan va ham moddiy tarafdan borliqni anglab yetish mushkul. E’tibor bersangiz,
shoirning har bir g’azali yoki dostonlarida, hatto, radif – u maqta’larida ham insonlarni
19
Islom Karimov.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.-T.:"Ma’naviyat",2008.47-b
.
20
https.//kh-davron.uz.Hazrat Mir Alisher Navoiyga bag’ishlov.
283
ezgulikka, ishqga, nafsni yengishga yoki xalq dardini majoziy ma’noda o’ta go’zal
qilib asoslangan va tasvirlangan. Xususan, oddiy
gul
so’zini olaylik. Navoiy o’z ijod
namunalarida bu so’zni turli xil ma’noda qo’llaydi. Birida o’z ma’nosida, boshqasida
yor bo’lib keladi. Bu Alisher Navoiyning so’z boyligi naqadar keng ekanligining bir
isboti. Biz esa shunday ulug’ zotning avlodlari ekanligimizdan faxrlanibgina qolmay,
ularga mos yosh avlod bo’lib yetishishimiz shart.
Foydalanilgan adabiyotlar:
B.Ahmedov.Navoiy zamondoshlari xotirasida.-T.:”Toshkent”,1985. 3-b.
Oybek. Navoiy.-T.:”Yangiyo’l polygraph servise”, 2019. 527-b.
Islom
Karimov.
Yuksak
ma’anaviyat – yengilmas kuch. –T.:
“Ma’naviyat”,2008.47-b.
https://uzbaza.uz.Alisher Navoiy haqida qiziqarli faktlar.
https://kh-davron.uz.Hazrat Mir Alisher Navoiyga bag’ishlov.
https://e-adabiyot.uz.Boburnoma.
284
Do'stlaringiz bilan baham: |