272
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ashrapova T., Odilova M. Ona tili o’qitish metodikasi. –Toshkent
2. Yo'ldoshev J. G', Usmonov S. A Pedagogik texnologiya asoslari. -T.:
„O'qituvchi", 2004.
3. O’zbek tilining izohli lug’ati . 5 jildli / A. Madvaliev tahriri ostida. –
Toshkent: O’zb. mil . ens., 2006-2008.
4. G'ul omov A. Ona tili o'qitish prinsiplari va metodlari. — T.: „O'qituvchi",
1992.
5.www.referat.uz
273
ФИО автора:
Bayjanova Ramuza Teǹelbay qizi,
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridika fakulteti talabasi
Название публикации:
«OILA HUQUQIDA ALIMENT OLISH VA UNING
XUSUSIYATLARI»
Annotatsiya:
ushbu maqolada aliment haqida va uning majburiyatlari,
yuzaga keladigan munosabatlari, voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz yordamga
muhtoj bolalarga ta’minot berish tartibi, aliment miqdorining kamaytirilishi kabi
vaziyatlarni óz ichiga olgan.
Kalit sózlar:
aliment, Oila Kodeksi, alimentum, nafaqa, ta’minot, voyaga
yetmagan bolalar, mehnatga layoqatsiz, sud, moddiy ahvol, oilaviy ahvol, Oliy
Sud Plenumi
Aliment – ota-onaning voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz, yordamga
muhtoj bolalariga, bolalarning ota-onasiga, er-xotinning, qarindoshlar va boshqa
shaxslarning bir-biriga qonunga muvofiq beradigan majburan yoki ixtiyoriy
ravishda tólanadigan ta’minoti hisoblanadi. Ota-onalar hamda bolalarning aliment
borasidagi huquq va majburiyatlari Ózbekiston Respublikasi Oila kodeksi va
boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartib-qoidalar asosida amalga
oshiriladi. Darhaqiqat,
Ózbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-
moddasiga muvofiq, Ota-onalar óz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar
boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-
onalarning vasiyligidan mahrum bólgan bolalarni boqish, tarbiyalash va óqitishni
ta’minlaydi, bolalarga baǵishlangan xayriya faoliyatlarni raǵbatlantiradi [1], - deb
kórsatilgan. Bu normaning kórsatilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Oilada ota-ona va bolalar órtasida yuzaga keladigan munosabatlar, tabiiyki,
bir-biriga yordam kórsatish, bir-birini qóllab-quvvatlash, hamjihatlik hamda
ixtiyoriylikka asoslangan bólishini taqozo etadi.
Aliment majburiyatlari oila a’zolari órtasida sodir bóladi.
Bu sóz lotincha “alimentum” sózidan olingan bólib – “oziq-ovqat”, “nafaqa”,
274
“ta’minot”, “boqish uchun mablaǵlar” degan ma’nolarni anglatadi. Qisqa qilib
aytganda, alimentlar bir shaxsning ikkinchi shaxsga majburan tólaydigan moddiy
mablaǵlari hisoblanadi.
Oila kodeksining 96-moddasiga binoan, ota-ona voyaga yetmagan
bolalariga to ular 18 yoshga tólgunga qadar aliment tólashlari shart. Ushbu modda
ota-onaning faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan ta’minot berish
majburiyatlariga baǵishlangan bólib, óz bolalarini moddiy jihatdan ta’minlash
majburiyatini anglatadi [2]. Bu majburiyat bolaning iste’moli uchun oziq-ovqat
mahsulotlari, kiyim-kechak, turli xil óyinchoqlar, jismoniy tarbiya mashǵulotlari
bilan shuǵullanish choǵida kerak bóladigan buyumlar, óquv qurollari xarid qilish
shaklida amalga oshiriladi.
Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga aliment
tólash ota-onaning majburiyati hisoblanadi. Bunday aliment oyma-oy tólanadigan
kórinishlarda namayon bóladi.
Oila kodeksining 100-moddasida ota-onaning voyaga yetgan mehnatga
layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga nisbatan tegishli majburiyatlari belgilab
qóyilgan. Ota-ona voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj
bolalariga ta’minot berishi shart. Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga
muhtoj bolalariga ta’minot berish ota-onaning kelishuviga binoan amalga
oshiriladi. Ota-ona órtasida bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizo sud
tartibida hal qilinishi kórsatilgan.
Oila kodeksining 108-moddasiga kóra, mehnatga layoqatsiz, yordamga
muhtoj voyaga yetgan bolalar ota-onasidan, agar ular yóq bólsa, qarindoshlari va
Oila kodeksida kórsatilgan boshqa shaxslardan óz ta’minoti uchun aliment talab
qilish huquqiga ega. Bunday hollarda aliment miqdori sud tomonidan aliment
tólash shart bólgan shaxsning moddiy va oilaviy ahvoli hisobga olinib, pul bilan
tólanadigan qat’iy summada belgilanishi mumkin.
Voyaga yetgan bolalar 1 yoki 2-guruh nogironi deb topilgan bólsalar,
sózsiz, óz ota-onalaridan aliment olish huquqiga ega bóladilar. Lekin 3-guruh
nogironligini belgilashda shaxsning mehnat layoqatini anchagina yóqotgani va bu
275
layoqatning uzoq vaqt davomida pasayib borishi asos bóladi. Ammo bunday
shaxsning mehnat layoqati tóliq va uzil-kesil yóqotilmaydi. Voyaga yetgan
bolalar 3-guruh nogironi bólsalar, aniq vaziyatlar bóyicha sud aniqlab va órganib
chiqargan xulosaga qarab, aliment olish huquqi vujudga kelishi mumkin.
Aliment miqdori quyidagi hollarda kamaytiriladi:
Aliment tólayotgan ota-onaning boshqa voyaga yetmagan bolalari bólib,
undan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirilganda ósha bolalar aliment
olayotgan bolalarga nisbatan moddiy jihatdan kamroq ta’minlanib qoladigan
bólsa;
aliment tólayotgan ota (ona) nogiron bólib, moddiy jihatdan qiynalib
kelayotgan bólsa;
aliment olayotgan shaxs mustaqil daromadga ega bólgan taqdirda, aliment
miqdori sud tomonidan kamaytirilishi mumkin.
Agar voyaga etmagan bola davlat yoki nodavlat muassasalarining tóliq
ta’minotida bólsa, sud aliment tólayotgan ota yoki onaning moddiy ahvolini
hisobga olib, tólanayotgan aliment miqdorini kamaytirish yoki uni aliment
tólashdan ozod qilish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.
Aliment miqdorini kamaytirish yoki uni tólashdan ozod qilish uchun asos
bólgan holatlar tugaganda, manfaatdor taraf aliment qonunda belgilangan
miqdorda undirilishini talab qilib, sudga murojaat etishga haqli.
Ózbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining “Sudlar tomonidan
farzandlikka olish haqidagi ishlar bóyicha qonunchilikni qóllash amaliyoti
tóǵrisida”gi 2013-yil 11-dekabr 21-son Qaroriga muvofiq, farzandlikka olingan
bolaning huquqlarini muhofaza etish maqsadida, sud tartibida foydasiga ota-
onasidan aliment undirilayotgan bola farzandlikka olinganda [3], Oila kodeksi
147-moddasiga asosan, ularning aliment tólash majburiyatlari quyidagi hollarda
tugatiladi. Aliment tólash tóǵrisidagi kelishuvda belgilangan aliment
majburiyatlari taraflardan birining ólimi, mazkur kelishuv muddatining ótishi
yoki unda nazarda tutilgan boshqa asoslarga kóra tugaydi:
276
bola voyaga yetganda yoki voyaga yetmasdan turib tóla muomala layoqatiga
ega bólganda;
foydasiga aliment undirilayotgan bola farzandlikka olinganda;
sud aliment oluvchining mehnatga layoqati tiklangan yoki uni yordamga
muhtoj bólmay qolgan deb topganda;
mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj aliment oluvchi sobiq er yoki xotin
yangi nikohga kirganda;
aliment oluvchi yoki aliment tólashi shart bólgan shaxs vafot etganda
tugatiladi.
Farzandlikka olinayotgan bolaning vafot etgan otasining yoki onasining
qarindoshlariga nisbatan shaxsiy nomulkiy hamda mulkiy huquq va
majburiyatlari saqlanib qolingan hollarda (Oila kodeksi 165-moddasining 3-
qismi) ota-onaning aliment tólash majburiyatlari tugatilmaydi. Bunday hollarda
aliment miqdorini ózgartirish, uni tólashdan ozod qilish masalalari manfaatdor
shaxslarning arizalariga asosan hal etilishi lozim.
Shuni ham ta’kidlash órinliki, 2013-yil 30-apreldagi “Ózbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ózgartish va qóshimchalar kiritish
tóǵrisida”gi Qonuniga kóra [4] kiritilgan qóshimchalarga muvofiq, voyaga
yetmagan bolani ota-onasidan olish va uni bolalar tarbiya muassasasiga
joylashtirish tóǵrisidagi hal qiluv qarorini chiqarishda sud ota va onaning har
biridan mazkur bola foydasiga Oila kodeksining 99-moddasida belgilangan
miqdorlarda alimentlar undiradi. Bunda undirilgan alimentlar mazkur bola
nomiga ochilgan bank hisob varaǵida jamlanadi va u voyaga yetganda tólanadi.
Oila kodeksining 109-moddasiga binoan, voyaga yetgan, mehnatga
layoqatli bolalar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj óz ota-onasiga ta’minot
berishlari va ular tóǵrisida ǵamxórlik qilishlari shart.
Ota-onaning mehnatga layoqatsizligi, shuningdek, oiladagi boshqa
a’zoning mehnatga layoqatsizligi ularning pensiya yoshiga yetganligi (ayollar 55
yoshga va erkaklar 60 yoshga tólganligi) yoki I va II guruh nogironlari ekanligini
anglatadi. Ota-onaning III guruh nogironi bólganligi TMEK (tibbiy-mehnat
277
ekspert komissiyasi)ning tegishli xulosasida tavsiya etilgan ishni topa olmaganlari
taqdirda, ularga óz bolalaridan ta’minot olish huquqini beradi.
Oila kodeksining 111-moddasiga binoan, voyaga yetgan, mehnatga
layoqatli bolalar ota-onasining kasalligiga va boshqa uzrli sabablarga kóra
qilinadigan qóshimcha xarajatlarda ishtirok etishlari shart.
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar tomonidan qóshimcha
xarajatlar ixtiyoriy ravishda qoplanmasa, talab qilinayotgan summa sud tartibida
undirilishi mumkin.
Oila kodeksining 112-moddasiga binoan, aliment undirish tóǵrisidagi nizo
uzil-kesil hal etilgunga qadar, sudya shu nizo bóyicha unda belgilangan miqdorda
vaqtincha aliment undirish tóǵrisida ajrim chiqarishi mumkin. Agar sud nikohdan
ajratishda ishning kórilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun muddat
berganda, “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bóyicha
qonunchilikni qóllash amaliyoti tóǵrisida”gi Ózbekiston Respublikasi Oliy sud
Plenumining 2011-yil 20-iyul 6-sonli Qaroriga kóra [5], Oila kodeksi 112-
moddasiga muvofiq bolalar ta’minoti uchun aliment undirish masalasini
muhokama qilishga haqlidir.
Bola tuǵilmasidan avval ham uning normal rivojlanishini ta’minlash
maqsadida, shuningdek, tuǵilish arafasida ham muhtoj onaga otasi ekanligi
isbotlangan, ammo ixtiyoriy yordam berishdan bosh tortgan shaxsdan moddiy
ta’minot undirish tóǵrisida ajrim (qaror) chiqarilishi mumkin. Bunda moddiy
ta’minlash miqdori, sudning ajrimi (qarori) bilan, ta’minot berish majburiyati
ehtimol tutilayotgan shaxsdan ma’lum summada undirilishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, jamiyatimiz asosi bólmish oila juda katta
ahamiyatga
Do'stlaringiz bilan baham: |