Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №13 (том 1)



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/54
Sana07.04.2022
Hajmi2,32 Mb.
#534437
TuriСборник
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54
Bog'liq
a62191 b3c2adf2015e454785bac0b4ec9a4edf

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Abdulla Oripov. Yuzma-yuz. — G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at 
nashriyoti. Toshkent, 1978. 
2.Abdulla Oripov. Yillar armoni. — G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at 
nashriyoti. Toshkent, 1984. 
3.Abdulla Oripov. Najot qal’asi. — G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at 
nashriyoti. Toshkent, 1980. 


93 
4.Abdulla oripov. Surat va siyrat. — “Yosh gvardiya” nashriyoti, Toshkent, 1981. 
5.Boboyev T. Adabiyotshunoslikka kirish. — “O‘qituvchi” nashriyoti, Toshkent, 
1979. 
6.Matyoqub Qo‘shjonov. Onajonim she’riyat. — “O‘qituvchi” nashriyoti, Toshkent, 
1984. 
7.Mahkam mahmudov. Abadiyat lahzalari. — G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va 
san’at nashriyoti. Toshkent, 1981. 


94 
ФИО автора: 
Dinara Masharipova Iskandar qizi (Xorazm viloyati, Tuproqqal'a 
tumani, 4-son umumta'lim maktabining, ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi (1-
toifali)) 
Название публикации: «
SHOIRLIGI SHOHLIGIDAN, SHOHLIGI 
SHOIRLIGIDAN USTUN TURUVCHI SIYMO» 
Tole’ yo’qi jonimg’a balolig’ bo’ldi, 
Ne ishniki ayladim, xatolig’ bo’ldi. 
O’z yerin qo’yib Hind sori yuzlandim, 
Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi. 
(Z.M.BOBUR) 
 
Ha, aynan yuqoridagi jumlalar murg’akligimizdanoq bizni o’ziga maftun etdi. 
Mana shu misralardagi ilohiy va dunyoviy tovlanishlar bizni yanada o’ylanishga va 
ziyraklikka undadi. 
Aqlimni tanibmanki, Boburni qaysidir ma’noda taniyman! 
Agar menga Boburni shoir sifatida ulug’ deb bilasizmi yoki shoh sifatidami 
deyishsa, men hech ikkilanmay shunday javob bergan bo’lardim: 
-
Boburning shoirligi shohligida va shohligi shoirligida... 
Yuqoridagi fikrlarimni va Boburga bo’lgan yuksak ehtirom va e’tiqodni men yana 
bir inson siymosida ko’ramanki, bu “ko’rish” meni har safar chuqur o’yga toldiradi, 
balki o’sha inson sharafiga tasannolar aytishga undaydi. Bu inson ulug’ yozuvchi 
Xayriddin Sultonovdir. 
X.Sultonov oddiygina qishloq maktabi o’quvchisi bo’lgan. Maktab kiraverishida 
Boburning portreti va uning tagida “Tole yo’qi...” deb boshlanuvchi ruboiysi osig’liq 
turgan. Va mana shu siymoning turishi va qarashlari jajjigina murg’ak qalb egasini 
xayolan zabt etgan. Ana shundan boshlab yozuvchining fikr-u xayoli tamoman 
Boburda bo’lib qolgan. Hatto Prezident Devonida ishlagan yillari Bobur uchun tashkil 
etilgan ekspeditsiya tarkibida bo’lib, u yurgan yo’llardan yurib, izlarini tavof qilib 
kelgan. O’shanda ekspeditsiya Hajga ham safar uyushtiradi. X.Sultonov Hajga 


95 
borgandan keyin o’zining gunohlari kechirilishini so’ramasdan, butunlay o’z 
“men”idan kechib, Navoiy va Boburni o’ylab, Ollohga ularning gunohlaridan 
kechishini so’rab duoyi nola qilgan. Bu aytilishidan juda oddiy voqeadek tuyulishi 
mumkin. Ammo mantiqan o’ylab qaralganda, bu ulkan jasorat edi. Ha, X.Sultonov ham 
xuddi Boburdek jasoratparvar, metin shaxs edi va o’shanday shaxs ekanligini chin 
ma’noda isbotlab berdi. 
Umarali Normatov X.Sultonovga ko’p yillar adabiyot ilmidan saboq bergan 
ekanlar va u hurmatli domlaning eslashlaricha, o’sha paytlarda “Boburnoma” 
X.Sultonovning qo’lidan tushmas ekan. Hatto darsda ham tizzalariga qo’yib, mutolaa 
qilib o’tirar ekanlar. 
Bu o’tmishni-yu, buyuk ehtiromlarni nimaga esladik?! Chunki Boburga bo’lgan 
hurmat shunchalar balandki, uni ta’riflashga qalam tili ojizlik qiladi. Bobur nafaqat 
shoh, nafaqat shoir, balki yuksak insoniy fazilat va xislatlar mujassamlashgan buyuk 
siymo edi. Ana shunisi bilan ham Bobur qadrli, shuning uchun ham Bobur mangu, 
barhayot!!! 
Inson, avvalo, buyuk ishlar qilishdan oldin o’zi ham buyuk bo’lmog’i kerak. Ana 
shundagina u yaratgan narsalar, u erishgan marralar ham buyuk bo’ladi. Zahiriddin 
Muhammad Boburning yaratgan shunday asari borki, uni buyuk demasdan iloj yo’q! 
Bu jahon adabiyotida yuksak qadrlangan “Boburnoma” asaridir. 
“Boburnoma” asari o’zbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy 
asar hisoblanadi. U eski o’zbek, ya’ni chig’atoy tilida yozilgan. Uning “Boburiya”, 
“Tuzuki Boburiy”, “Tavorixi Boburiy” kabi nomlari ham ma’lum-u mashhur. 
Boburning o’zi esa bu asariga nisbatan “Vaqoye” va “Tarix” degan nomlarni ishlatgan. 
“Boburnoma”da 1494-1529-yillarda Markaziy Osiyo, Afg’oniston va 
Hindistonda sodir bo’lgan tarixiy-siyosiy voqealar yilma-yil, o’ta aniqlik bilan bayon 
qilingan. 
“Boburnoma” o’zida bayon qilingan voqealar jarayoniga ko’ra 3 qismga: 
Boburning Movarounnahr, Afg’oniston va Hindistondagi hukmronlik davriga 
bo’linadi. Birinchi qismda Boburning otasi- temuriylarning Farg’ona taxtiga o’tirishi, 
ammo Temuriylar davlatida avj olgan taxt uchun kurash oqibatida o’z ulusidan 


96 
mahrum bo’lishi, Samarqand uchun Shayboniyxonga qarshi olib borgan jang-u 
jadallarining behuda ketishi, va nihoyat, toj-u taxtdan butunlay ajrab, Hisor tog’lari 
orqali navkar bilan Afg’onistonga yuz tutishi haqidagi voqealar batafsil zikr qilingan. 
“Boburnoma” da keltirilgan barcha ma’lumotlar, xususan, Farg’ona, Toshkent, 
Afg’onistonning XV asr 80-90-yillari va XVI asr 1-choragidagi siyosiy ahvoliga doir 
xabarlar o’zining batafsilligi bilan boshqa adabiyotlardan tubdan farq qiladi. 
Shuningdek, asar muallifining muayyan tarixiy voqea haqida hamda o’zaro 
dushmanlik qilgan temuriylar – Umarshayx, Sulton Ahmad, Sulton Mahmud, 
Boysung’ur Mirzo, Sulton Husaynlarning xulq-atvori, tabiati xususida bildirgan fikr-
mulohazalari bilan ham ahamiyatlidir. 
Asarda ijtimoiy, tabiiy fanlar, tarix, falsafa, fiqh, din ta’limoti, tilshunoslik, 
adabiyotshunoslik, dehqpnchilik, bog’dorchilik va boshqa sohalarga oid aniq va 
hanuzgacha o’z tarixiy va ilmiy ahamiyatini yo’qotmagan ma’lumotlar, ilmiy 
dallillangan xulosalar keltirilgan. 
Asarda Movarounnahr, Afg’oniston, Xuroson va Hindiston o’tmishi va 
zamonaviy holati, xalqlari, qabilalari, tili, madaniyati, shuningdek, o’sha davr 
jamiyatiga tegishli ma’lumotlar bayon etiladi. 
Undan tashqari, XV-XVI asrlarda Turkiston viloyatida yashagan qora 
qo’yluk(qo’yunluk) 
qabilasining 
hamda 
Movarounnahrdagi 
turk-mo’g’ul 
qabilalarining urf-odatlari, harbiy mahoratlari haqidagi ma’lumotlar, ayniqsa, ilmiy 
jihatdan g’oyatda qimmatli bo’lib, ular o’zbek, qozoq, qirg’iz va boshqa turkiyzabon 
xalqlar etnik tarixini o’rganuvchilar uchun muhim ahamiyatga egadir. 
“Boburnoma” XV asrning yorqin namunalaridan biri sanaladi. 
Asar XIII asrdan boshlab hozirgacha dunyoning ko’p tillari – ingliz, golland, 
fransuz, fors, nemis, italyan, rus, hind, urdu va boshqa tillariga bir necha martalab 
tarjima qilindi. 
“Boburnoma”ni va Boburning she’riy merosini o’rganishda o’zbekistonlik 
olimlar salmoqli hissa qo’shdilar. Professor Fitrat tomonidan tuzilgan “O’zbek 
adadbiyoti namunalari” xrestomatiyasida “Boburnoma”dan parchalar, Boburning 31 
g’azali, 2 masnaviy va 28 ruboiysi berilgan. M.Salye “Boburnoma”ni rus tiliga to’la 


97 
tarjima qilib, 3 marta nashr ettirdi. P.Shamsiyev va S.Mirzayevlar tomonidan 
“Boburnoma”ning ikki jildli va bir jildli nashri chop etildi. 1956-1966-yillarda 
Boburning uch jildli tanlangan asarlari chop etilib, unga Boburning she’riy Devoni 
kirgan. Nafaqat o’zbek olimlari shoh va shoir Boburning asarlarini yuksak 
qadrlashgan, balki yevropalik olimlar ham haqqoniy ravishda ulkan baho berganlar. 
Buni biz Javaharlal Neru, Salye kabi olimlar misolida ko’rishimiz mumkin. 
Bobur ana shunday dunyo adabiyotshunosligida memuar asarlar tamaddunining 
tamal toshini qo’ygan buyuk mutafakkir va o’lmas ijodkor hisoblanadi. 


98 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish