Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №19 (том 3)



Download 17,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet394/408
Sana14.05.2023
Hajmi17,75 Mb.
#938851
TuriСборник
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   408
Bog'liq
a62191 a8700ac5993e4660a861ac08c38fb696

Foydanilgan adabiyotlar ro'yxati. 
1.I.A.Karimov “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat”. Toshkent 1992-yil
2.I.A.Karimov “Buyuk kelajagamizning huquqiy kafolati” Toshkent 1994-yil
3.Z.M.Gaffarov, O.A.Karimova “Правовоговоспитанияиобучения” Toshkent 
“O’qituvchi” 1996-yil
4.O.A.Karimova “Huquqiy tarbiya metodikasi” Toshkent TDPU 2001-‘’yil
5.O.A. Karimova “Huquqiy tarbiyaning asosiy yo’nalishlari” Toshkent “O’zbekiston” 
1999-y
6.O.A.Karimova, M.Davletova, N.Akaeva “Huquqiy o’qitish metodikasi” (metodik 
qo’llanma) Toshkent 2001-yil
7.N.N.Azizxo’djaev “Pedagogika texnalogiya va pedagogik mahorat ” Toshkent 2003-
yil
8.U.Tolipov,M.Usmonboyewa” Pedagogik texnologiya,nazariya va amaliyot” 
9.T.2006-y O’zbekiston Respublikasi davlat va huquq asoslari. 8-sinflar uchun darslik 
Toshkent 2010-yil. 


955 
ФИО автора: 
Barnayeva Nargiza Baxramovna
Buxoro viloyati Buxoro shahar
ixtisoslashtirilgan san’at maktabi
musiqiy-nazariy fanlar o’qituvchisi 
Название публикации:
«FOROBIY-MUSIQASHUNOS» 
Annotatsiya: 
Mazkur maqolada Markaziy Osiyo xalqining buyuk mutafakkiri, 
faylasuf va olim, musiqashunos Abu Nasr Forobiy hayoti, uning jahon madaniyatiga 
va musiqa ilmining rivojiga qo’shgan hissasi haqida fikr yuritiladi. 
Kalit so’zlar: 
“Ikkinchi muallim”, “Sharq Aristoteli”, ellin donishmandligi, “Musiqa 
haqida katta kitob”, Abu Ali ibn Sino, “Hakimlar axloqi haqida kitob”, Ismoil ibn 
Abbod ibn Abbos, o’yinchi-mashshoq, savt-navo, ud, “Qonun”.
 
 
Buyuk mutafakkir, mashhur olim, faylasuf, o’z davrining donishmandi, musiqa
ilmining bilimdoni Abu Nasr Forobiy nomi tarix sahifalariga zarhal harflar bilan 
yozildi.
Forobiyning to’liq ismi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug’ 
Tarxon bo’lib, 873 yilda Forobda tug’ilgan. U Forobda o’qigan, Shomda bo’lgan, 
Buxoro va Samarqandda ta’lim olgan. Bir qancha vaqt Bag’dodda bo’lib, keyin 
Shomda to hayotining so’nggi yillarigacha yashadi. Yetuk faylasuf, fozil donishmand, 
hikmatga oid fanlarni chuqur biluvchi yirik alloma ilm-fan taraqqiyotiga qo’shgan 
hissasi uchun Forobiy “Ikkinchi muallim”, “Sharq Aristoteli” degan unvon oldi. 
Forobiy O’rta asr davri tabiiy-ilmiy, ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha 
sohalarini o’z ichiga olgan 160 dan ortiq risola yaratdi. 
O’z davrining yirik mutafakkiri, qomusiy olimi, buyuk faylasuf Abu Nasr 
Forobiy ilg’or falsafiy maktabning shakllanishiga katta hissa qo’shdi. Qadimgi yunon 
olimlarining asarlarini tarjima qildi. U ellin donishmandligining chuqur bilimdoni edi.
Forobiy qadimgi Gretsiya, avvalo, Aristotel targ’ib etgan g’oyalar davomchisi 
va targ’ibotchisi bo’lib, uning asarlariga sharhlar yozdi. 
Forobiy ko’p jildli “Musiqa haqida katta kitob” bilan O’rta asrning yirik 
musiqashunosi sifatida maydonga chiqdi. U doimiy harakatlanib, o’zgarib turuvchi 
xususiyatga ega bo’lgan tovushlar paydo bo’lishining faqat tabiiy-ilmiy ta’rifini berib 
qolmasdan, balki musiqaviy kuylar garmoniyasi vujudga kelishining matematik 
tamoyillarini ochib berdi. Bu asarda faqat musiqa nazariyasi emas, balki tarixi ham 
bayon etilgan, O’rta asr Yaqin va O’rta Sharqida ma’lum bo’lgan musiqa asboblari 


956 
hamda ularda ijro etish qoidalari tafsilotlari berilgan. Forobiyning o’zi taniqli 
musiqachi, rivoyatlarga ko’ra, ajoyib sozanda va bastakor, yangi musiqa asbobining 
ixtirochisi bo’lgan. Uning bu asari yaqin va O’rta Sharqda musiqa ilmining kelgusi 
taraqqiyotida asos va qimmatli manba bo’lib qoldi.
Forobiyning yana ajoyib ishlaridan biri musiqa sohasida yozgan asarlaridir. 
Ma’lum bo’lishicha, Forobiy yoshligidan boshlab musiqaga ishtiyoqi baland bo’lgan, 
o’sha paytlarda O’rta Osiyoda mavjud bo’lgan musiqa asboblarini yaxshi chala bilgan. 
Shu bilan birga u musiqa nazarayisi ilmini ham mukammal egallagan. Abu Nasr 
Forobiyning asarlari ro’yxatida uning bu sohaga oid bir qancha asarlarini kuzatish 
mumkin. Chunonchi, Forobiy “Musiqa kitobi”, “Ohanglar tasnifi haqida kitob”, 
“Musiqa haqida so’z”, “Ohangga qo’shimcha qilingan so’z” kabi asarlar yozgan. 
Tarixchi Ibn Abi Usaybianing hikoya qilishicha, “Forobiy ajoyib bir musiqa 
asbobi yasagan, undan juda ham go’zal, yoqimli kuylar eshitish mumkin bo’lgan, hatto 
bu kuy eshituvchini juda ham zavqlantirib yuborgan”, deydi. 
Forobiyning musiqa sohasida bilimdon kishi ekanligini o’sha davrda to’qilgan 
bir hikoyadan ham bilish mumkin. Hikoyada Forobiy Shom amiri saroyiga kirib, 
musiqa chalib, u yerdagilarni uxlatib chiqib ketadi. Bu naql ham Forobiyning musiqa 
donishmandigina emas, balki uning usta ijrochisi ham bo’lganligidan dalolatdir.
Buyuk Alloma Forobiyning “Ihso al-ulum va at-ta’rif”- “Ilmlarni hosil qilish va 
uning maqsadlarini tushuntirish” to’g’risida yozilgan qutlug’ kitobi bor. Bunday asar 
yozishda shu mahalgacha Abu Nasrdan hech kim o’zib ketolmagan, hatto bu xil fikr-
mulohazalarni ungacha hali hech kim ayta olmagan, u kishi yetishgan darajaga 
erisholmagan ham, tolibi ilmlarning hammasi ham uning bu tutgan to’g’ri yo’lidan 
foydalanmay qolmagan. Asarning I bobida “Musiqa ilmini keltirib chiqargan 
sabablarni bilish haqida so’z” qismida shunday deydi: “Men tasdiqlaymanki, 
substantsiya harakatga ega bo’lgandan so’ng, ovozga ham ega bo’ldi va bu ovoz uch 
turga bo’linadi, xususan, baland, past va o’rtacha. Bunday ovozlar haqida bizga 
noma’lum bo’lgan narsa qolmaslik darajada baland, past va o’rtacha ovozlarni bilishga 
qaratilgan ilmga ehtiyoj tug’ildi. Bu ovozlar to’g’risidagi ilmdir”. 
Bu ilm shu ma’noda foydaliki, u o’z muvozanatini yo’qotgan odamlar xulqini 
tartibga keltiradi, mukammallikka yetmagan xulqni mukammal qiladi va muvozanatda 
bo’lgan odamlar xulqining muvozanatini saqlab turadi. Bu ilm tananing salomatligi 
uchun ham foydalidir, chunki tana kasal bo’lsa, ruh ham so’ladi, tana to’siqqa uchrasa, 
ruh ham to’siqqa uchraydi. Shuning uchun ovozlarning ta’siri bilan ruhni sog’aytirish 
yordamida tana sog’aytiriladi, ruh esa o’z kuchlarining tartibga solinishi va o’z 
substantsiyasiga moslashtirilishi orqali sog’ayadi. Bu ilmning uch asosi bordir: band, 
ohang hamda kuy va boshqa a’zolar harakati. Band aqliy tushunchalarni ma’lum 
tartib-tenglikka keltirish uchun kashf qilingan, ohang past va yuqori ovozlarni ma’lum 
tartib-tenglikka solish uchun kashf etilgandir, bu har ikki asos eshitish sezgisiga 


957 
bo’ysunadi. Qo’l va tananing boshqa a’zolari harakati ko’rish sezgisiga bo’ysungan, 
ular shunday va o’zaro taqqoslab ko’rish lozim bo’lgan shunga o’xshash harakatlarni 
band va ovoz bilan moslashtirib turish uchun yaratilgandir. Qo’l va tana a’zolarining 
harakati haqidagi ilm bu ikki muhim sezgiga, ya’ni eshitish va ko’rishga bo’ysunadi. 
Shunday qilib, musiqa ilmining qayerdan va qanday qilib kelib chiqqanligi aniqlanadi. 
Arabnavis muallif, alloma Zahiriddin Abulhasan Ali ibn Abulqosim Zayd al-
Bayhaqiy bilimdon, kamtarin inson, donishmand olim Forobiy haqida yozadi: 
Aytishlariga qaraganda, hakimlar aslida to’rtta bo’lgan, ikkitasi islomdan oldin 
chiqqan, ular Arastu va Iskandar (Afrudusiy) bo’lishgan, ikkitasi islom davrida 
yetishgan, ular Abu Nasr bilan Abu Ali ibn Sinodir. 
Abu Nasrning vafoti bilan Abu Alining tug’ilishi orasida o’ttiz yil farq bor. Abu 
Ali bo’lsa Abu Nasrning kitoblari orqali unga shogird sanalgan. Abu Ali ibn Sino, men 
“Mo ba’da at tabia”-“Tabiatdan tashqari narsalar” kitobi maqsadlarini tushunolmay, 
diqqat bo’lib yurardim, bir kuni Abu Nasrning bu boradagi kitobini topib qoldim, 
bunday kitob topganimdan xursand bo’lib, xudoga shukur qilib, ataylab ro’za tutdim, 
faqirlarga xayr-sadaqa ulashdim, deydi. 
Abu Nasrning asarlari ko’p, ularning ko’pchiligi Shomda mavjud, lekin ularning 
ba’zilari Xurosonda ham bor. 
Shuningdek, Abu Nasrning ko’p risolalari bo’lgan. Men Ray shahridagi 
Naqiblar boshlig’ining kutubxonasida bu kishining asarlarini ko’rdim. Abu Nasrning 
shunday asarlari ham bor ekanki, hatto ular haqida hech qachon ham eshitmagan 
ekanmiz. Yana shunisi ham borki, kitoblarning ko’pchiligi Abu Nasrning o’z xati bilan 
yozilgan yoki uning shogirdi Abu Zakariyo Yahyo ibn Adiyning qo’li bilan 
ko’chirilgan edi. 
“Kitob axloq al-hukamo”- “Hakimlar axloqi haqida kitob”da yozilishiga 
qaraganda, shon-shavkatli Ismoil ibn Abbod ibn Abbos olimga yaqin bo’lish niyatida 
Abu Nasrni o’z huzuriga kelishini so’ragan, hatto unga sovg’a-tortiqlar yuborgan. 
Lekin Abu Nasr ularni qabul qilish u yoqda tursin, hatto hech narsasiga tegmay, 
egasiga qaytarib yuborgan ekan. Abu Nasr ko’p o’lkalarni kezib, nihoyat Ray shahriga 
yetib kelibdi. Shunda uning egnida kir, juldir to’ni, boshida ola qalpog’i, ko’rinishi 
ham turklar kabi, pakanadan kelgan bir odam ekanini ko’rdilar. 
O’sha kezlarda Buvayhiylar vaziri Abu- l- Qosim Ismoil ibn Abbod as-Sohib o’z 
davrida yetishgan olim va fozillarga o’z e’tibori bilan shuhrat qozongan shaxs Sohib 
o’z odamlariga, kimda-kim menga Abu Nasrni ko’rsatsa yo uni mening huzurimga 
chaqirib kelsa, men unga boyib ketadigan darajada ko’p mol-dunyo beraman, deb yurar 
ekan. Bu paytlarda shunday bo’libdiki, Abu Nasr qo’qqisdan o’zini tanitmay, kimligini 
bildirmay, to’ppa-to’g’ri uning yig’ilishiga kirib qolibdi. Sohibning yig’ilishida 
ulfatlari, xizmatchilari, zarif odamlar hamda o’yinchi-mashshoqlar to’plangan ekan. 


958 
Shunda ular ichkariga bildirmay kirib qolgan begona odamni ko’rishib buni 
qo’yib yuborgan darvozabonni ayblashibdi va malomat o’qini unga otishibdi. O’sha 
yig’inda bo’lganlarning hammasi Abu Nasrning kiyimidan kulishibdi. Abu Nasr 
ko’pchilik oldida shunday izza bo’lishiga qaramay, bardosh bilan bunday ozorlik 
chang-to’zonida ko’zini yumib, bir joyga o’tirishi bilan ular ko’ngli tinchib, oradagi 
ichkilik kayfi uning bunday ahvolda kirganini ham unuttiribdi. Shunda qadahlar 
aylangan, boshlar shirakayf bo’lgan chog’ mashshoqlar kuy chalib, hamma shodon 
chaqchaqlashib o’tirgan ekan. 
Abu Nasrning yonida bir musiqa asbobi bor ekan. Unda u shunday bir ajib kuy 
chalibdiki, hatto undan chiqqan mayin savt-navo eshituvchilarni elitib, uxlatib
qo’yibdi. Kuy elitganidan ular hatto betoqat bo’lib, o’zidan ketib qolay debdi. 
Odamlarning aytishlariga qaraganda, Abu Nasr doimo yonida o’zi yasagan 
shunday musiqa asbobini olib yurar ekan. Shunda u bir ud (nay) ga “Abu Nasr al-
Forobiy huzuringizga kelgan edi, sizlar uning ustidan kuldinglar, u sizlarni uxlatib, 
g’oyib bo’ldi” deb yozib qo’yibdi. Keyin Abu Nasr hech kimga bildirmay, Ray 
shahridan Bag’dodga qarab jo’nab qolibdi. 
Davraga o’tirganlar bir mahal o’zlariga kelib, ko’zlarini ochib ajoyib kuydan 
ajablanibdilar, lekin uni chalgan juldir kiygan begona odamni davrada ko’rishmabdi. 
Ular shunday ajoyib nag’ma chaladigan odam ketib qolganidan afsuslanibdilar. Sohib 
o’z odamlariga: “Endi qadahlarni uning nomi bilan aylantiringlar-chi, zora davra uni 
yonimizga qaytarib keltirsa, debdi. Shunda mashshoqlar kuylab, sozandalar udini 
qo’liga olgach, ularning biri, ey Sohib, haligi kishi mening udimga bir narsa yozib 
ketibdi, debdi. Sohib qarasa, chindan bir narsa yozilgan. U musiqa asbobidan Abu 
Nasrning yuqoridagi gapini o’qibdi. 
Sohib xatni o’qibdi-yu, ko’pdan ko’rishni va suhbatlashishni orzu qilib yurgan 
Abu Nasr Forobiy kelib ketganini payqamaganidan xafa bo’lib ketibdi. Jahli chiqib, 
hatto yoqasini ham yirtib yuboribdi, ovoz chiqarib baqiribdi, keyin o’z odamlariga, u 
kishini topib kelinglar, deb buyuribdi. Sohib odamlari Abu Nasr tugul uning dom-
daragini ham topisholmabdi. Shu bilan Sohib o’sha paytda Abu Nasr bilan 
suhbatlasholmay, fursatni qo’ldan berib qo’yganidan umr bo’yi pushaymon bo’libdi.
Abu Nasr Damashqqa kelgach, Sayfuddavlaning huzuriga kiradi. Amir, odatiga 
ko’ra, tevaragiga olimu fozillarni to’plab, suhbatlashib o’tirgan ekan, Abu Nasr amir 
dargohiga kirib kelganida u o’zining turk kiyimida bo’ladi, odati bo’yicha u doim shu 
kiyimida yurar edi. U asta ichkariga kirib keladi-da, amirga yuzlanib tippa-tik turib 
qoladi. Shunda amir unga qarab: - O’tir!-deydi. Abu Nasr: Qaysi joyga, o’z darajamga 
qarabmi yo sen aytgan joygami?- deydi. – O’z darajangga qarab o’tir,- deydi 
Sayfuddavla. U dadil yurib, to’rga ravona bo’ladi, to’g’ri Sayfuddavla o’tirgan kursi 
oldiga kelib to’xtaydi. Hatto amirni o’tirgan joyidan sal nariga surib ham yuboradi.


959 
Odatda Sayfuddavlaning huzurida mamluklar – xizmatkorlari hoziru nozir 
bo’lguvchi edi. Amir bo’lsa ko’pchilik odamlar oldida gapirib bo’lmaydigan bekitiqchi 
gaplarini o’zi va o’sha xizmatkorlari biladigan maxsus tilda gaplashardi. Bu tilni 
ulardan boshqa hech kim bilmas edi. Shunda amir o’sha tilda o’z odamlariga qarab: - 
Qanday beodob chol ekan! Hay mayli, men undan ba’zi narsalarni so’rayman, agar 
to’g’ri javob berolmasa, boplab adabini berib qo’yasizlar,- deydi. Amir shunday 
deyishi bilan Abu Nasr o’sha tilda unga qarab: - Ey amir, biroz sabr qil, - chunki, har 
bir ishning oqibatiga qarab hukm chiqariladi,- deydi. Abu Nasrning bu gapidan 
Sayfuddavla dahshatga tushadi, keyin unga: - Bu tilni bilasanmi?-deydi. Abu Nasr 
unga javoban, -Ha,-deydi,- men yetmishdan ortiq til bilaman. 
Abu Nasr shu gapini aytishi bilan amir unga boshqacha qaray boshlaydi va hozir 
bo’lgan olimlar bilan har xil fanlardan gaplashib ketadi. Shunda Abu Nasrning har 
jihatdan ustunligi ayon bo’ladi, bora-bora yig’ilganlarning ko’pchiligi suhbatni 
to’xtatib, jim qoladilar, faqat Abu Nasrgina suhbatni davom ettirar edi. Uning og’zidan 
chiqqan har bir gapni majlis ahli yozib olar edilar. Oxiri Sayfuddavla olimlarni jo’natib 
yuborib, Abu Nasr bilan yolg’iz qoladi. Amir o’z suhbatdoshiga qarab: - Biror narsa 
yeyishga qalaysan?- deydi. Abu Nasr unga: - Hech narsa yemayman, - deydi. – Biror 
narsa ichishga-chi? – deydi amir. – Yo’q, - deydi Abu Nasr.
Sayfuddavla mutribu mashshoqlarni chaqirtiradi. Chorlangan mashshoqlar qaysi 
kuyni mashq qilsa, Abu Nasr, sen falon joyda piston xatoga yo’l qo’yding, deb uning 
kamchiligini ko’rsatib turardi. Buni ko’rib, Sayfuddavla Abu Nasrdan, - Bu san’atdan 
ham xabaring bormi, deyman, - deb so’raydi. – Ha,- deydi Abu Nasr, u shunday deydi-
yu, belidagi to’rvasini ochib, undan bir necha cho’p oladi, ularni bir-biriga ulaydi, 
so’ng chalib mashq qila boshlaydi hamki, davrada o’tirganlar o’zlarini tutolmay kula 
boshlashadi. Keyin olim o’sha cho’plarini boshqacha qilib biriktirib chalganida, 
yig’ilganlar piq-piq yig’lashga tushishadi. Olim cho’plarni boshqacha tartibga solib 
chaladi, amirdan tortib darvozabongacha hamma dong qotib uxlab qoladi. 
Abu Nasr esa fursatdan foydalanib, saroydan chiqib ketadi.
Rivoyatlarga ko’ra, “Qonun” degan musiqa asbobini Abu Nasr ixtiro qilgan 
bo’lgan ekan. 
Al-Forobiy musulmonlardan chiqqan chin faylasuf, mantiq san’atini Yuhanno 
ibn Hiylondan o’rgangan, 70 dan ortiq tilda so’zlashib, uni tushunadigan ajoyib inson 
edi. 
Yillar o’taveradi. Ilmga oshno xalq buyuk alloma Forobiyning asarlarini adib 
singari 40-50 martalab qayta-qayta o’qiydi. Ma’rifatparvar adib, qomusiy olimning 
musiqashunos sifatida yozgan asarlari tarix sahifalarini bezab turadi. 

Download 17,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish