ФИО автора:
Parpiyev Asrorbek Xusniddin o‘g‘li
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
“Xalqaro munosabatlar”fakulteti
“Siyosatshunoslik” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
Название публикации:
«YANGI O‘ZBEKISTON – YANGI SAYLOVLAR»
ANNOTATSIYA.
Albatta, har bir Oʻzbekiston fuqarosida saylov jarayonlari
yaqinlashgani sari saylov nima? U nima uchun kerak? Saylov ahamiyatga egami?
Oʻzbekiston Respublikasida saylovlar demokratik tamoyillar asosida oʻtadimi? Saylov
qonunchiligida qanday oʻzgarishlar boʻldi? Saylov kodeksi nima uchun kerak? va
boshqa shu kabi savollar tugʻilishi tabiiydir. Ushbu maqolada yuqoridagi savollarga
javoblar batafsil yoritilgan boʻlib, hozirgi kunda milliy saylov qonunchiligida olib
borilayatgan oʻzgarishlar atroflicha tahlil qilingan.
KALIT SO‘ZLAR:
Birlashgan Millatlat Tashkiloti, Markaziy saylov komissiyasi,
Oliy Majlis¸ saylov kodeksi, Yangi Oʻzbekiston, saylov huquqi, prezident saylovi
Davlat suverenitetining 30 yilligi keng nishonlanayotgan mamlakatimizda inson
erkinligi, huquqlari va manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida eʼtirof etiladigan yangi
Oʻzbekistonni barpo etishga qaratilgan tub ozgarishlar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekistonda mustaqil va rivojlangan demokratik davlat qurishdek gʻoyat
muhim jarayonda milliy saylov tizimini yanada demokratlashtirish, saylov
qonunchiligi hamda amaliyotini xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish,
saylovchilarning huquqlarini toʻla taʼminlashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda,
chunki har bir davlatning kelajagi ushbu mamlakatda boʻlib o’tadigan saylovlarga
bevosita bogʻliqdir. Zero, mustaqil demokratik davlat va faravon jamiyat barpo qilishni
erkin saylovlarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Saylovlar erkin va milliy qonunchilikda
belgilab oʻtilgan prinsiplar asosida oʻtishi uchun Oʻzbekiston Respublikasida yetarli
ishlar qilindimi?
Saylov fuqarolarning ma’lum bir nomzod yoki partiyani yoqlab ovoz berishi
orqali davlat hokimiyati organlarini shakllantirish jarayonidir. Har bir mamlakatda
xalqning irodasi davlat hokimiyatining asosi boʻlishi kerak, hamda ushbu iroda
yashirin, teng va umumiy saylov huquqi asosida ifoda etilishi zarur. Shuning uchun
ham har qaysi demokratik davlatda saylovlar muhim siyosiy jarayon hisoblanadi.
Darhaqiqat, yangi Oʻzbekistonda saylovlar nafaqat demokratiyaning muhim belgisi,
balki uning zaruriy sharti hamdir. Zero, xalqaro yuridik hujjatlarda, jumladan, Inson
947
huquqlari umumjahon deklaratsiyasida: “ Har bir inson erkin va bevosita saylangan
vakillari orqali oʻz mamlakining boshqaruvida ishtirok etish huquqiga egadir” – deya
belgilab qoʻyilgan. Modomiki, insonparvar demokratik jamiyat qurish maqsadi sari
olgʻ intilayatgan ekanmiz, uning muhim talablaridan biri boʻlgan erkin saylovlarni
munosib tashkil qilish bosh vazifamiz boʻlib qolaveradi.
Shu kunlarda yurtimizda katta siyosiy tadbir – Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti sayloviga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda. Ushbu siyosiy tadbirga oid
barcha jarayonlar milliy saylov qonunchiligi asosida hamda qonunchilikda belgilangan
muddatlarda ochiq va oshkora oʻtkazilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
saylov komissiyasining 2021-yil 23-iyul kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisida ana
shu yirik siyosiy jarayonga start berildi. Ma’lumki, saylov jarayoni saylovga
tayyorgarlik koʻrish, saylov kompaniyasini e’lon qilish, saylov komissiyalarini tuzish,
nomzodlarni koʻrsatish, ularni roʻyxatga olish hamda saylovni oʻtkazish bilan bogʻliq
bir nechta boshqichlardan iborat boʻlib, ularni mazmun-mohiyatini saylovchilar
tomonida anglab yetilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
2016-yilgi Prezident saylovidan keyingi davrda xalqimiz hayotida va milliy
saylov qonunchiligimizda katta oʻzgarishlar yuz berdi. Nufuzli xalqaro ekspertlar
tomonidan taʼkidlanganidek, 2016-yildan e’tiboran Oʻzbekiston Respublikasi sifat
jihatidan oʻzining yangi yuksalish bosqichiga qadam qoʻydi. Ushbu bosqichda siyosiy-
huquqiy hayotni hamda ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish, jamiyatni
demokratlashtirish va inson huquqlarini taʼminlash kabi ustuvor masalalar
islohotlarning asosiy yoʻnalishlariga aylandi. Milliy saylov qonunchiligini yanada
takomillashtirish va saylovlarni oʻtkazish amaliyoti yangi taraqqiyot pogʻonasiga
koʻtarildi.
Davlatimizda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish jarayonlari
xalqaro huquqiy normalar va demokratik prinsiplarga toʻla javob berishida saylov
qonunchiligimizming ahamiyati beqiyosdir. Shuning uchun ham Prezident Shavkat
Mirziyoyev 2017-yil 22-dekabrda Oliy Majlisga yoʻllagan ilk Murojaatnomasida
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksini ishlab chiqish hamda uni qabul qilish
vazifasini kun tartibiga qoʻydi. Natijada, 2019-yilning 25-iyunida Oʻzbekiston
Respublikasining Saylov kodeksi qabul qilindi. Saylov kodeksi nima uchun kerak edi?
Shu davrga qadar mamlakatimizda saylov jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish hamda uni
oʻtkazish tartib-qoidalari qonun darajasida emas, balki Markaziy saylov
komissiyasining yoʻriqnoma va nizomllari bilan tartibga solinardi. Saylov kodeksi
qabul qilinguncha mavjud boʻlgan 5 ta qonun va 10 ta qonunosti hujjatlari haligacha
yaxlit bir hujjat shakliga keltirilmagani, saylovlarga doir ushbu yuridik hujjatlarning
barchasida fuqarolarning saylov huquqlari boʻyicha deyarli bir xil normalar
takrorlangani hamda saylovga doir qonunlarning koʻpligi fuqarolar tomonidan ularni
amalda qoʻllashda muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltirayotgandi. Shuning uchun
948
ham, Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro norma va standartlarga toʻliq javob
beradigan yagona Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish zarurati tugʻilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi haqida ekspert va tahlilchilar soʻz
yuritar ekanlar, bu yilgi saylovlarning avvalgi saylovlardan tubdan farq qiladigan
jihatlarini ta’kidlab oʻtmoqdalar. Avvalo, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
mamlakat tarixida ilk bora oktabr oyida hamda milliy Saylov kodeksi asosida boʻlib
oʻtadi. Yurtimizda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar soni yana bittaga koʻpayib,
partiyalararo raqobat sezilarli darajada kuchaydi. 2019-yilda boʻlib o’tgan Parlament
saylovidagi huquqni qoʻllash amaliyoti va xorijiy kuzatuvchilar tomonidan berilgan
maqbul tavsiyalar asosida 2021-yilning 8-fevral va 31-may kunlari saylovga oid
normalarni yanada takomillashtirish maqsadida qonunlar qabul qilindi. Jumladan:
• xorijda istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining
diplomatik vakolatxona hisobida boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, saylovchilar
roʻyxatiga kiritilishi va ular yashayotgan yoki ishlayotgan joyda ovoz berish
imkoniyatining yaratilishi ;
• harbiy qismlarda, ozodlikdan mahrum etish va qamoqda saqlash joylarida
tashkil
etilgan
saylov
uchastkalariga
kuzatuvchilarning
tashrif
jarayoni
soddalashtirilishi;
• saylov komissiyalari zimmasida boʻlgan nomzodlarning saylovchilar bilan
uchrashuvlarini tashkil etishga oid majburiyat bekor qilinishi;
• saylovoldi tashviqoti jarayonida davlat resurslaridan foydalanishning
taqiqlanishi;
• saylovchilar bilan uchrashuvlar hamda shu kabi ommaviy tadbirlar oʻtkazish
uchun ruxsatnoma olish oʻrniga xabardor qilish mexanizmi yaratilishi;
• saylov komissiyalari va sudlarga takroriy shikoyatlar tushishi hamda ular
tomonidan bir-biriga zid qarorlar chiqarilishining oldini olish maqsadida saylov
komissiyalarining qarorlari va harakatlari ustidan shikoyatlarni faqat sudda koʻrib
chiqish amaliyoti joriy etilishi belgilandi.
2021-yilda boʻlib oʻtadigan saylovda milliy qonunchiligimiz va xalqaro saylov
standartlariga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti davriylik prinsipi
asosida saylanishi taʼminlanadi hamda Markaziy saylov komissiyasi va barcha saylov
komissiyalari navbatdagi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonida oʻz
vazifalarini ochiqlik, oshkoralik, mustaqillik,qonuniylik va xolislik tamoyillariga toʻla
amal qilgan holda bajaradi. Oʻzbekiston Respublikasida saylovlar umumiy, teng,
toʻgʻridan-togʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish prinsiplariga binoan ochiq
949
va oshkora o’tkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari irqi, jinsi, tili, dinga
munosabati, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i
nazar, teng saylov huquqiga egadir. Bu Oʻzbekistonning xalqaro saylov tamoyillariga
sadoqatining amaldagi yana bir isbotidir.
Saylovchilarning yagona elektron roʻyxati 2019-yil parlament va mahalliy
kengashlarga oʻtgan saylovlarda yurtimiz boʻylab muvaffaqiyatli joriy etildi. Mazkur
tizimning Saylov kodeksiga binoan tartibga solinishi “bir saylovchi — bir ovoz”
tamoyili amalga oshirilishini kafolatlaydi. Endilikda ushbu tizim avvalgi saylovlarda
ortirilgan tajribalardan hamda xorijiy ekspertlar tomonidan berilgan maqbul
tavsiyalardan kelib chiqib, zamon talablari darajasida takomillashtirilmoqda.
Qayd etish joizki, dunyoda koronavirus pandemiyasi tufayli murakkab vaziyat
vujudga kelganidan buyon Markaziy saylov komissiyasi tomonidan rivojlangan
davlatlarda saylovlarni oʻtkazish davrida qoʻllanilgan xalqaro tajribani oʻrganish
hamda maqbul jihatlarini milliy saylov jarayonlariga tatbiq etish borasida tizimli ishlar
olib borilmoqda. Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari va xalqaro ekspertlar
ishtirokida bir nechta xalqaro onlayn konferensiya va seminarlar uyushtirilib,
pandemiya sharoitida saylovlarni oʻtkazishga oid xalqaro tajriba batafsil oʻrganib
chiqildi. Hozir yurtimizda saylovchilar hamda saylov tashkilotchilarining sogʻligini
koronavirus xavfidan himoya qilgan holda saylov oʻtkazish imkoniyatlari mavjud. Eng
muhimi, aholini yalpi emlash ishlari koʻlami tobora kengaymoqda. Oʻzbekiston
Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda pandemiya sharoitida saylovlar
oʻtkazishning asosiy mexanizmlari kelishib olindi. Jumladan, Markaziy saylov
komissiyasining Pandemiya sharoitida Prezident saylovini oʻtkazish boʻyicha alohida
yoʻriqnomasi ishlab chiqildi Pandemiya sharoitida saylov ishtirokchilarining
xavfsizligini taʼminlash maqsadida shaxsiy himoya va dezinfeksiyalovchi vositalar
sotib olish uchun tegishli tartibda mablagʻlar ajratildi.
Oʻzbekiston Respublikasida nogironligi boʻlgan fuqarolarning saylov
huquqlarini taʼminlashga doir masalalar doimiy eʼtiborda. Jumladan, Oʻzbekiston
Respublikasi Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyani ratifikatsiya
qildi. Markaziy saylov komissiyasi bilan Oʻzbekiston Koʻzi ojizlar jamiyati,
Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati va Oʻzbekiston Karlar jamiyati oʻrtasida imzolangan
kelishuvlar shunday maqsadda xizmat qiladi. Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan
shaxslarning saylov huquqlarini taʻminlashning samarali mexanizmlari yaratilgan
desak mubolagʻa boʻlmaydi. Chunki, nogironligi boʻlgan saylovchilarning, zaruratga
qarab, yashash joyida ovoz berishi tashkil etiladi hamda saylov kampaniyasiga oid
dasturlarda imo-ishora tili va subtitrlardan foydalanish yoʻlga qoʻyiladi.
950
Oʻzbekiston Respublikasida ayollarning saylashi, saylovlarda nomzod sifatida
ishtirok etishi, saylovoldi tashviqotini qatnashishi va hokimiyatning vakillik
organlariga saylanishi uchun hech qanday cheklovlar mavjud emas hamda qonunda
belgilangan partiyalar tomonidan koʻrsatilgan nomzodlarning umumiy sonidan kamida
30 foizi ayollar boʻlishi kerakligi haqidagi kvota Oʻzbekistonda xotin-qizlarning
saylov jarayonidagi ishtirokining qoʻshimcha kafolati hisoblanadi. Chunki, 2019-yilgi
parlament saylovlarida gender kvotasining izchil qoʻllanilishi oʻz natijalarini berdi.
Jumladan, Oʻzbekiston tarixida ilk bora Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlar
umumiy sonining 32 foizini, Senat tarkibining esa 25 foizini ayollar tashkil etdi hamda
milliy parlamentdagi xotin-qizlar soni Birlashgan Millatlat Tashkiloti tavsiyalarida
belgilangan darajaga yetdi.
Yildan-yilga saylovchilarning talablari va islohotlarga daxldorlik tuygʻusi oshib
bormoqda. Ular nafaqat siyosiy partiyalar, balki saylov komissiyalari oldiga ham qatʼiy
talablarni ilgari surmoqda. Bu nimani anglatadi? Avvalo, fuqarolarning siyosiy-
huquqiy ongi va xabardorlik darajasi muttasil oʻsib borayotganining; ikkinchidan,
siyosiy partiyalarning saylovoldi rejalari davlat va jamiyat hayotidagi muammolarni
yechishga yoʻnaltirilayotganining; uchinchidan, Respublikamizda ochiqlik, adolat va
tenglik tamoyillarini taʼminlashga amalda doimiy eʼtibor qaratilayotganining
tasdigʻidir. Saylovga tayyorgarlik koʻrishdagi eng muhim vazifalardan biri bu saylov
ishtirokchilariga ushbu siyosiy tadbir toʻgʻrisida batafsil, ishonchli va tezkor axborotni
yetkazish, fuqarolarda saylov ularning konsitutsiyaviy huquqi, shu bilan birga, muhim
fuqarolik burchi ekanligini va mamlakat tarraqiyotiga daxldorlik hissini shakllantirish,
befarqlik kayfiyatidagi shaxslarni saylov huquqini faol amalga oshirishga chorlashdan
iborat.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, 2021-yil 24-oktabrda boʻlib oʻtadigan Prezident
saylovi siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda amalga
oshirilayotgan keng koʻlamli demokratik islohotlarning mantiqiy davomidir, hamda
ushbu siyosiy tadbirni milliy saylov qonunchiligi va xalqaro tamoyillarga tayanib,
yuksak demokratik saviyada uyushqoqlik bilan oʻtkazish uchun barcha zarur sharoitlar
yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |