Foydanilgan adabiyotlar ro'yxati.
1.I.A.Karimov “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat”. Toshkent 1992-yil
2.I.A.Karimov “Buyuk kelajagamizning huquqiy kafolati” Toshkent 1994-yil
3.Z.M.Gaffarov, O.A.Karimova “Правовоговоспитанияиобучения” Toshkent
“O’qituvchi” 1996-yil
4.O.A.Karimova “Huquqiy tarbiya metodikasi” Toshkent TDPU 2001-‘’yil
5.O.A. Karimova “Huquqiy tarbiyaning asosiy yo’nalishlari” Toshkent “O’zbekiston”
1999-y
6.O.A.Karimova, M.Davletova, N.Akaeva “Huquqiy o’qitish metodikasi” (metodik
qo’llanma) Toshkent 2001-yil
7.N.N.Azizxo’djaev “Pedagogika texnalogiya va pedagogik mahorat ” Toshkent 2003-
yil
8.U.Tolipov,M.Usmonboyewa” Pedagogik texnologiya,nazariya va amaliyot”
9.T.2006-y O’zbekiston Respublikasi davlat va huquq asoslari. 8-sinflar uchun darslik
Toshkent 2010-yil.
955
ФИО автора:
Barnayeva Nargiza Baxramovna
Buxoro viloyati Buxoro shahar
ixtisoslashtirilgan san’at maktabi
musiqiy-nazariy fanlar o’qituvchisi
Название публикации:
«FOROBIY-MUSIQASHUNOS»
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Markaziy Osiyo xalqining buyuk mutafakkiri,
faylasuf va olim, musiqashunos Abu Nasr Forobiy hayoti, uning jahon madaniyatiga
va musiqa ilmining rivojiga qo’shgan hissasi haqida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar:
“Ikkinchi muallim”, “Sharq Aristoteli”, ellin donishmandligi, “Musiqa
haqida katta kitob”, Abu Ali ibn Sino, “Hakimlar axloqi haqida kitob”, Ismoil ibn
Abbod ibn Abbos, o’yinchi-mashshoq, savt-navo, ud, “Qonun”.
Buyuk mutafakkir, mashhur olim, faylasuf, o’z davrining donishmandi, musiqa
ilmining bilimdoni Abu Nasr Forobiy nomi tarix sahifalariga zarhal harflar bilan
yozildi.
Forobiyning to’liq ismi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug’
Tarxon bo’lib, 873 yilda Forobda tug’ilgan. U Forobda o’qigan, Shomda bo’lgan,
Buxoro va Samarqandda ta’lim olgan. Bir qancha vaqt Bag’dodda bo’lib, keyin
Shomda to hayotining so’nggi yillarigacha yashadi. Yetuk faylasuf, fozil donishmand,
hikmatga oid fanlarni chuqur biluvchi yirik alloma ilm-fan taraqqiyotiga qo’shgan
hissasi uchun Forobiy “Ikkinchi muallim”, “Sharq Aristoteli” degan unvon oldi.
Forobiy O’rta asr davri tabiiy-ilmiy, ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha
sohalarini o’z ichiga olgan 160 dan ortiq risola yaratdi.
O’z davrining yirik mutafakkiri, qomusiy olimi, buyuk faylasuf Abu Nasr
Forobiy ilg’or falsafiy maktabning shakllanishiga katta hissa qo’shdi. Qadimgi yunon
olimlarining asarlarini tarjima qildi. U ellin donishmandligining chuqur bilimdoni edi.
Forobiy qadimgi Gretsiya, avvalo, Aristotel targ’ib etgan g’oyalar davomchisi
va targ’ibotchisi bo’lib, uning asarlariga sharhlar yozdi.
Forobiy ko’p jildli “Musiqa haqida katta kitob” bilan O’rta asrning yirik
musiqashunosi sifatida maydonga chiqdi. U doimiy harakatlanib, o’zgarib turuvchi
xususiyatga ega bo’lgan tovushlar paydo bo’lishining faqat tabiiy-ilmiy ta’rifini berib
qolmasdan, balki musiqaviy kuylar garmoniyasi vujudga kelishining matematik
tamoyillarini ochib berdi. Bu asarda faqat musiqa nazariyasi emas, balki tarixi ham
bayon etilgan, O’rta asr Yaqin va O’rta Sharqida ma’lum bo’lgan musiqa asboblari
956
hamda ularda ijro etish qoidalari tafsilotlari berilgan. Forobiyning o’zi taniqli
musiqachi, rivoyatlarga ko’ra, ajoyib sozanda va bastakor, yangi musiqa asbobining
ixtirochisi bo’lgan. Uning bu asari yaqin va O’rta Sharqda musiqa ilmining kelgusi
taraqqiyotida asos va qimmatli manba bo’lib qoldi.
Forobiyning yana ajoyib ishlaridan biri musiqa sohasida yozgan asarlaridir.
Ma’lum bo’lishicha, Forobiy yoshligidan boshlab musiqaga ishtiyoqi baland bo’lgan,
o’sha paytlarda O’rta Osiyoda mavjud bo’lgan musiqa asboblarini yaxshi chala bilgan.
Shu bilan birga u musiqa nazarayisi ilmini ham mukammal egallagan. Abu Nasr
Forobiyning asarlari ro’yxatida uning bu sohaga oid bir qancha asarlarini kuzatish
mumkin. Chunonchi, Forobiy “Musiqa kitobi”, “Ohanglar tasnifi haqida kitob”,
“Musiqa haqida so’z”, “Ohangga qo’shimcha qilingan so’z” kabi asarlar yozgan.
Tarixchi Ibn Abi Usaybianing hikoya qilishicha, “Forobiy ajoyib bir musiqa
asbobi yasagan, undan juda ham go’zal, yoqimli kuylar eshitish mumkin bo’lgan, hatto
bu kuy eshituvchini juda ham zavqlantirib yuborgan”, deydi.
Forobiyning musiqa sohasida bilimdon kishi ekanligini o’sha davrda to’qilgan
bir hikoyadan ham bilish mumkin. Hikoyada Forobiy Shom amiri saroyiga kirib,
musiqa chalib, u yerdagilarni uxlatib chiqib ketadi. Bu naql ham Forobiyning musiqa
donishmandigina emas, balki uning usta ijrochisi ham bo’lganligidan dalolatdir.
Buyuk Alloma Forobiyning “Ihso al-ulum va at-ta’rif”- “Ilmlarni hosil qilish va
uning maqsadlarini tushuntirish” to’g’risida yozilgan qutlug’ kitobi bor. Bunday asar
yozishda shu mahalgacha Abu Nasrdan hech kim o’zib ketolmagan, hatto bu xil fikr-
mulohazalarni ungacha hali hech kim ayta olmagan, u kishi yetishgan darajaga
erisholmagan ham, tolibi ilmlarning hammasi ham uning bu tutgan to’g’ri yo’lidan
foydalanmay qolmagan. Asarning I bobida “Musiqa ilmini keltirib chiqargan
sabablarni bilish haqida so’z” qismida shunday deydi: “Men tasdiqlaymanki,
substantsiya harakatga ega bo’lgandan so’ng, ovozga ham ega bo’ldi va bu ovoz uch
turga bo’linadi, xususan, baland, past va o’rtacha. Bunday ovozlar haqida bizga
noma’lum bo’lgan narsa qolmaslik darajada baland, past va o’rtacha ovozlarni bilishga
qaratilgan ilmga ehtiyoj tug’ildi. Bu ovozlar to’g’risidagi ilmdir”.
Bu ilm shu ma’noda foydaliki, u o’z muvozanatini yo’qotgan odamlar xulqini
tartibga keltiradi, mukammallikka yetmagan xulqni mukammal qiladi va muvozanatda
bo’lgan odamlar xulqining muvozanatini saqlab turadi. Bu ilm tananing salomatligi
uchun ham foydalidir, chunki tana kasal bo’lsa, ruh ham so’ladi, tana to’siqqa uchrasa,
ruh ham to’siqqa uchraydi. Shuning uchun ovozlarning ta’siri bilan ruhni sog’aytirish
yordamida tana sog’aytiriladi, ruh esa o’z kuchlarining tartibga solinishi va o’z
substantsiyasiga moslashtirilishi orqali sog’ayadi. Bu ilmning uch asosi bordir: band,
ohang hamda kuy va boshqa a’zolar harakati. Band aqliy tushunchalarni ma’lum
tartib-tenglikka keltirish uchun kashf qilingan, ohang past va yuqori ovozlarni ma’lum
tartib-tenglikka solish uchun kashf etilgandir, bu har ikki asos eshitish sezgisiga
957
bo’ysunadi. Qo’l va tananing boshqa a’zolari harakati ko’rish sezgisiga bo’ysungan,
ular shunday va o’zaro taqqoslab ko’rish lozim bo’lgan shunga o’xshash harakatlarni
band va ovoz bilan moslashtirib turish uchun yaratilgandir. Qo’l va tana a’zolarining
harakati haqidagi ilm bu ikki muhim sezgiga, ya’ni eshitish va ko’rishga bo’ysunadi.
Shunday qilib, musiqa ilmining qayerdan va qanday qilib kelib chiqqanligi aniqlanadi.
Arabnavis muallif, alloma Zahiriddin Abulhasan Ali ibn Abulqosim Zayd al-
Bayhaqiy bilimdon, kamtarin inson, donishmand olim Forobiy haqida yozadi:
Aytishlariga qaraganda, hakimlar aslida to’rtta bo’lgan, ikkitasi islomdan oldin
chiqqan, ular Arastu va Iskandar (Afrudusiy) bo’lishgan, ikkitasi islom davrida
yetishgan, ular Abu Nasr bilan Abu Ali ibn Sinodir.
Abu Nasrning vafoti bilan Abu Alining tug’ilishi orasida o’ttiz yil farq bor. Abu
Ali bo’lsa Abu Nasrning kitoblari orqali unga shogird sanalgan. Abu Ali ibn Sino, men
“Mo ba’da at tabia”-“Tabiatdan tashqari narsalar” kitobi maqsadlarini tushunolmay,
diqqat bo’lib yurardim, bir kuni Abu Nasrning bu boradagi kitobini topib qoldim,
bunday kitob topganimdan xursand bo’lib, xudoga shukur qilib, ataylab ro’za tutdim,
faqirlarga xayr-sadaqa ulashdim, deydi.
Abu Nasrning asarlari ko’p, ularning ko’pchiligi Shomda mavjud, lekin ularning
ba’zilari Xurosonda ham bor.
Shuningdek, Abu Nasrning ko’p risolalari bo’lgan. Men Ray shahridagi
Naqiblar boshlig’ining kutubxonasida bu kishining asarlarini ko’rdim. Abu Nasrning
shunday asarlari ham bor ekanki, hatto ular haqida hech qachon ham eshitmagan
ekanmiz. Yana shunisi ham borki, kitoblarning ko’pchiligi Abu Nasrning o’z xati bilan
yozilgan yoki uning shogirdi Abu Zakariyo Yahyo ibn Adiyning qo’li bilan
ko’chirilgan edi.
“Kitob axloq al-hukamo”- “Hakimlar axloqi haqida kitob”da yozilishiga
qaraganda, shon-shavkatli Ismoil ibn Abbod ibn Abbos olimga yaqin bo’lish niyatida
Abu Nasrni o’z huzuriga kelishini so’ragan, hatto unga sovg’a-tortiqlar yuborgan.
Lekin Abu Nasr ularni qabul qilish u yoqda tursin, hatto hech narsasiga tegmay,
egasiga qaytarib yuborgan ekan. Abu Nasr ko’p o’lkalarni kezib, nihoyat Ray shahriga
yetib kelibdi. Shunda uning egnida kir, juldir to’ni, boshida ola qalpog’i, ko’rinishi
ham turklar kabi, pakanadan kelgan bir odam ekanini ko’rdilar.
O’sha kezlarda Buvayhiylar vaziri Abu- l- Qosim Ismoil ibn Abbod as-Sohib o’z
davrida yetishgan olim va fozillarga o’z e’tibori bilan shuhrat qozongan shaxs Sohib
o’z odamlariga, kimda-kim menga Abu Nasrni ko’rsatsa yo uni mening huzurimga
chaqirib kelsa, men unga boyib ketadigan darajada ko’p mol-dunyo beraman, deb yurar
ekan. Bu paytlarda shunday bo’libdiki, Abu Nasr qo’qqisdan o’zini tanitmay, kimligini
bildirmay, to’ppa-to’g’ri uning yig’ilishiga kirib qolibdi. Sohibning yig’ilishida
ulfatlari, xizmatchilari, zarif odamlar hamda o’yinchi-mashshoqlar to’plangan ekan.
958
Shunda ular ichkariga bildirmay kirib qolgan begona odamni ko’rishib buni
qo’yib yuborgan darvozabonni ayblashibdi va malomat o’qini unga otishibdi. O’sha
yig’inda bo’lganlarning hammasi Abu Nasrning kiyimidan kulishibdi. Abu Nasr
ko’pchilik oldida shunday izza bo’lishiga qaramay, bardosh bilan bunday ozorlik
chang-to’zonida ko’zini yumib, bir joyga o’tirishi bilan ular ko’ngli tinchib, oradagi
ichkilik kayfi uning bunday ahvolda kirganini ham unuttiribdi. Shunda qadahlar
aylangan, boshlar shirakayf bo’lgan chog’ mashshoqlar kuy chalib, hamma shodon
chaqchaqlashib o’tirgan ekan.
Abu Nasrning yonida bir musiqa asbobi bor ekan. Unda u shunday bir ajib kuy
chalibdiki, hatto undan chiqqan mayin savt-navo eshituvchilarni elitib, uxlatib
qo’yibdi. Kuy elitganidan ular hatto betoqat bo’lib, o’zidan ketib qolay debdi.
Odamlarning aytishlariga qaraganda, Abu Nasr doimo yonida o’zi yasagan
shunday musiqa asbobini olib yurar ekan. Shunda u bir ud (nay) ga “Abu Nasr al-
Forobiy huzuringizga kelgan edi, sizlar uning ustidan kuldinglar, u sizlarni uxlatib,
g’oyib bo’ldi” deb yozib qo’yibdi. Keyin Abu Nasr hech kimga bildirmay, Ray
shahridan Bag’dodga qarab jo’nab qolibdi.
Davraga o’tirganlar bir mahal o’zlariga kelib, ko’zlarini ochib ajoyib kuydan
ajablanibdilar, lekin uni chalgan juldir kiygan begona odamni davrada ko’rishmabdi.
Ular shunday ajoyib nag’ma chaladigan odam ketib qolganidan afsuslanibdilar. Sohib
o’z odamlariga: “Endi qadahlarni uning nomi bilan aylantiringlar-chi, zora davra uni
yonimizga qaytarib keltirsa, debdi. Shunda mashshoqlar kuylab, sozandalar udini
qo’liga olgach, ularning biri, ey Sohib, haligi kishi mening udimga bir narsa yozib
ketibdi, debdi. Sohib qarasa, chindan bir narsa yozilgan. U musiqa asbobidan Abu
Nasrning yuqoridagi gapini o’qibdi.
Sohib xatni o’qibdi-yu, ko’pdan ko’rishni va suhbatlashishni orzu qilib yurgan
Abu Nasr Forobiy kelib ketganini payqamaganidan xafa bo’lib ketibdi. Jahli chiqib,
hatto yoqasini ham yirtib yuboribdi, ovoz chiqarib baqiribdi, keyin o’z odamlariga, u
kishini topib kelinglar, deb buyuribdi. Sohib odamlari Abu Nasr tugul uning dom-
daragini ham topisholmabdi. Shu bilan Sohib o’sha paytda Abu Nasr bilan
suhbatlasholmay, fursatni qo’ldan berib qo’yganidan umr bo’yi pushaymon bo’libdi.
Abu Nasr Damashqqa kelgach, Sayfuddavlaning huzuriga kiradi. Amir, odatiga
ko’ra, tevaragiga olimu fozillarni to’plab, suhbatlashib o’tirgan ekan, Abu Nasr amir
dargohiga kirib kelganida u o’zining turk kiyimida bo’ladi, odati bo’yicha u doim shu
kiyimida yurar edi. U asta ichkariga kirib keladi-da, amirga yuzlanib tippa-tik turib
qoladi. Shunda amir unga qarab: - O’tir!-deydi. Abu Nasr: Qaysi joyga, o’z darajamga
qarabmi yo sen aytgan joygami?- deydi. – O’z darajangga qarab o’tir,- deydi
Sayfuddavla. U dadil yurib, to’rga ravona bo’ladi, to’g’ri Sayfuddavla o’tirgan kursi
oldiga kelib to’xtaydi. Hatto amirni o’tirgan joyidan sal nariga surib ham yuboradi.
959
Odatda Sayfuddavlaning huzurida mamluklar – xizmatkorlari hoziru nozir
bo’lguvchi edi. Amir bo’lsa ko’pchilik odamlar oldida gapirib bo’lmaydigan bekitiqchi
gaplarini o’zi va o’sha xizmatkorlari biladigan maxsus tilda gaplashardi. Bu tilni
ulardan boshqa hech kim bilmas edi. Shunda amir o’sha tilda o’z odamlariga qarab: -
Qanday beodob chol ekan! Hay mayli, men undan ba’zi narsalarni so’rayman, agar
to’g’ri javob berolmasa, boplab adabini berib qo’yasizlar,- deydi. Amir shunday
deyishi bilan Abu Nasr o’sha tilda unga qarab: - Ey amir, biroz sabr qil, - chunki, har
bir ishning oqibatiga qarab hukm chiqariladi,- deydi. Abu Nasrning bu gapidan
Sayfuddavla dahshatga tushadi, keyin unga: - Bu tilni bilasanmi?-deydi. Abu Nasr
unga javoban, -Ha,-deydi,- men yetmishdan ortiq til bilaman.
Abu Nasr shu gapini aytishi bilan amir unga boshqacha qaray boshlaydi va hozir
bo’lgan olimlar bilan har xil fanlardan gaplashib ketadi. Shunda Abu Nasrning har
jihatdan ustunligi ayon bo’ladi, bora-bora yig’ilganlarning ko’pchiligi suhbatni
to’xtatib, jim qoladilar, faqat Abu Nasrgina suhbatni davom ettirar edi. Uning og’zidan
chiqqan har bir gapni majlis ahli yozib olar edilar. Oxiri Sayfuddavla olimlarni jo’natib
yuborib, Abu Nasr bilan yolg’iz qoladi. Amir o’z suhbatdoshiga qarab: - Biror narsa
yeyishga qalaysan?- deydi. Abu Nasr unga: - Hech narsa yemayman, - deydi. – Biror
narsa ichishga-chi? – deydi amir. – Yo’q, - deydi Abu Nasr.
Sayfuddavla mutribu mashshoqlarni chaqirtiradi. Chorlangan mashshoqlar qaysi
kuyni mashq qilsa, Abu Nasr, sen falon joyda piston xatoga yo’l qo’yding, deb uning
kamchiligini ko’rsatib turardi. Buni ko’rib, Sayfuddavla Abu Nasrdan, - Bu san’atdan
ham xabaring bormi, deyman, - deb so’raydi. – Ha,- deydi Abu Nasr, u shunday deydi-
yu, belidagi to’rvasini ochib, undan bir necha cho’p oladi, ularni bir-biriga ulaydi,
so’ng chalib mashq qila boshlaydi hamki, davrada o’tirganlar o’zlarini tutolmay kula
boshlashadi. Keyin olim o’sha cho’plarini boshqacha qilib biriktirib chalganida,
yig’ilganlar piq-piq yig’lashga tushishadi. Olim cho’plarni boshqacha tartibga solib
chaladi, amirdan tortib darvozabongacha hamma dong qotib uxlab qoladi.
Abu Nasr esa fursatdan foydalanib, saroydan chiqib ketadi.
Rivoyatlarga ko’ra, “Qonun” degan musiqa asbobini Abu Nasr ixtiro qilgan
bo’lgan ekan.
Al-Forobiy musulmonlardan chiqqan chin faylasuf, mantiq san’atini Yuhanno
ibn Hiylondan o’rgangan, 70 dan ortiq tilda so’zlashib, uni tushunadigan ajoyib inson
edi.
Yillar o’taveradi. Ilmga oshno xalq buyuk alloma Forobiyning asarlarini adib
singari 40-50 martalab qayta-qayta o’qiydi. Ma’rifatparvar adib, qomusiy olimning
musiqashunos sifatida yozgan asarlari tarix sahifalarini bezab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |