106
ФИО авторов:
Ikromova Yulduzoy Erkin qizi
Jizzax Davlat Pedagogika instituti. O`qituvchi
Agzamova Dilfuza Akbarovna.
Jizzax Davlat Pedagogika institute 3 – bosqich talabasi
Normurodova O`g`iloy Shuhrat qizi.
Jizzax Davlat Pedagogika institute 2 – bosqich talabasi
Anorboyeva Umida Shuhrat qizi
Jizzax Davlat Pedagogika institute 2 – bosqich talabasi
Название публикации:
«TABIIY FANLARNI O`QITISHDA INTERFAOL
METODLARNI QO`LLASH TEXNOLOGIYASI»
Hozirgi barqaror rovojlanib borayotgan buyuk O`zbekistonning taqdiri va porloq kelajagi
ustoz va murabbiylar yetkazib berayotgan kadrlar salohiyati, aqlu zakovatiga bog`liq.
Ularda tashbbuskorlik, muammoli vaziyatlarni yuzaga ketirish
orqali uning yechimini
topa olish, erkin va mustaqil, mantiqiy, tanqidiy va tahliliy fikrlash qobiliyatlari qanchalik
yu
qori saviyada bo`lsa, mamlakatda bunday kadrlarga bo`lgan talab ham shuncha
yuqori bo`ladi. Bunday yuksak salohiyatga ega bo`lgan kadrlarni tayyorlashda esa
interfaol metodlarning o`rni kattadir.
Didaktik
jarayon bosqichlarini muayyan ketma – ketlikda qurish talabalarning bilish
faoliyatini mavzu bo`yicha belgilangan maqsadlarga
mos holda tanlangan
o`qitish
metodlari
yordamida tashkil etish demakdir. O‘qitish metodlari o´z mohiyati va
mazmuniga ko´ra ma’lum pedagogik nazariyaga asoslangan u yoki bu tasnifga tegishli
bo´ladi. Ularning samaradorligi to`g`risida fikr yuritilganda o`qitish jarayonini izga
soladigan va uni maqsadli yo´naltira
oladigan, oo´qituvchi va talabaning
hamkorlikdagi faoliyatini ta’minlash asosida jamiyat tomonidan Oliy o`quv yurtlari
(maktab,
kasb-hunar
kolleji)
oldiga
qo´yilayotgan
maqsadga
nechog`lik
erishilayotganini ko´zda tutish kerak. Yoxud o`qitish metodlari bevosita ta’lim
amaliyoti bilan aloqador konsepsiyadir. “O‘qitish metodi
dastlab pedagog ongida
faoliyatning umumlashgan loyihasi tarzida mavjud bo´ladi. Bu loyiha amaliyotga
oo´qituvchi va talaba faoliyatlarining o´zaro tutashuvi tekisligida, o`qitish va
107
oo´qishning
aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi.
Metodning boshqa namoyon bo´lish shakllari yo´q, sababi umumiy holda o`qitish
metodi o´zida faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi”.
Amerikaning “Street law” (ko´cha qonuni) dasturi bugungi kunda yer yuzining
ko´plab davlatlari tomonidan “asr”ga olingan va ta’lim makoniga o´rnashib qolayapti.
Bunga sabab dasturdan o´rin olgan yuzlab o`qitish metodlarining faolligi, jozibaligi va
ta’sirchanligidir. Ular yordamida talabalar o´z fikrlarini erkin ifodalash, axborotlarni
tanqidiy qabul qilish, jamoada ishlash, o´z mavqeini mustahkamlash, fikrlarini himoya
qilish, haq – huquqlarini anglab yetish kabi imkoniyatlarga tezda ega bo´ladilar.
O‘qituvchi esa didaktik jarayonni qurishda bu metodlardan oqilona foydalanmog`i,
ularni mavzu bo´yicha o´quv elementlarining murakkabligi va vaqt tig`izligiga qarab
chalg`ishtirmog`i lozim. Quyida “Street law” dasturidagi ba’zi metodlarni tabiiy
fanlarni o`qitish orqali keltirib o`tamiz.
“Ajurli arra” metodi tuzilish jihatidan o´zida quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: