935
suv havzalari ham unga oziq-ovqat qidirishda jiddiy to'siq bo'lmaydi.Qo'ng'izlar
kartoshka bilan uzoq masofaga borib qolishi mumkin, hatto iliq haroratli fasllarda ham
bu harorat kamida bir oy ozuqasiz yashay oladi. Qashqadaryo viloyati sharoitida
kartoshka dalalarida kolorado qo'ng'izi tuproqda 18 sm dan 70 sm gacha chuqurlikda
qishlaydi. Qishdan chiqqan qo'ng'izlar ozuqa izlab har tomonga uchadi, agar kartoshka
unib chiqmagan bulsa pamidor, baqlajon, garmdori, tamaki barglari bilan oziqlanadi.
O'tgan kuzda juftlashib qishlovga ketgan qo'ng'izlar bahorda juftlashmasdan tuxum
qo'ya boshlaydi. Urg'ochi qo'ng'iz odatda 400-800 ta, ko'pi bilan 2400 tagacha tuxum
qo'yadi. Ma'lum bo'lishicha, zararkunanda quyoshda ko'p bo'lgan
kartoshka bargini
istemol qilsa, qo'ng'izlar shunga serpusht bo'ladi. Kolorado qo'ng'izi hayvonot dunyosi
ichida keng tarqalgan va eng ko'p zarar keltiruvchi hashoratdir. Kolorado qo'ng'izi uch
yilcha hech narsa yemasdan yashashi mumkin. U juda ayyor, xavf sezganda o'zini
o'likka soladi. 10 ta qo'ng'iz 30 kunda 34-43 gr yashil maysani istemol qiladi.
Entomologlar tomonidan ta'kidlashicha bir ona qo'ng'izlar tarqalgan avlod 3 marta
to'liq nasl bersa o'rtacha 500 tadan tuxum qo'yib 2.5 gektar maydondagi kartoshkani
to'liq nobud qilishi mumkin. Respublikamiz sharoitida kolorado qo’ng’izi
zararli
oqibatlarini oldini olish uchun atrof-muhitda bezarar bo’lgan ekologik kurash
usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Kolorado qo’ng’izi paydo bo’lishi
mumkin bo’lgan yangi o’choqlarini aniqlash maqsadida kartoshka ekinlari bir
mavsumda 4 marta tekshiriladi. Bu zararkunandaning tabiatda
sonini boshqarishda
uning entomofaglari kata rol o’ynaydi. Bunday entomofaglarining ba’zilari
O’zbekiston
Respublikasiga
chetdan
keltirilgan.
Masalan:
Akademik
S.N.Alimuhammedov rahbarligida podizusni O’zbekistonga keltirilib, kolorado
qo’ng’iziga qarshi biologik usulda kurash ishlari amalga oshirilgan. Kolorado qo'ng'izi
juda ko'payib
ketgan katta dalalarida zolon, buldok, detsis, kelton, dorsan-S kabi
kimyoviy preparatlarni qo'llab, ularga qarshi kurashish mumkin. Zararkundaga qarshi
kimyoviy preparatlar yordamida kurashilayotganda sanitariya- gigiyena qoidalariga va
texnika xavfsizligiga qattiq rioya qilish kerak. Kimyoviy moddalar qo'llanilayotganda
ob-havo sharoitida katta e'tibor berish, shamol turib qolganda ishlov berishni to'xtatish
936
kerak. O'zbekiston sharoitida havo issiq bo'lgani uchun yoz oylari ertalab va
kechqurun, bahor oyida kunning o'rtasida preparatlarni sepish lozim.
Xulosa qilib aytganda, sifatli kartoshka mahsulotini yetishtirish va atrof-muhitni
zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslantirmaslik choralarini ko’rishda
zararkunandaga qarshi ekologik usullarda kurashish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: