Namoyon bo‘lishi.
Amerikaning Stanford universiteti professorlari Jeyms M.Gir va Xaresh
Ch.Shax zilzilani o‘rganish sohasida kattagina ishlarni amalga oshirishgan. Ular ushbu halokatli
tabiat hodisasini juda jo‘n, ommabop trazda tushuntirib berishgan:
“Har birimiz bilan shunday hol yuz berishi mumkinki, kunlardan bir kuni tabiat o‘zining
dahshatli qudrati haqida eslatib qo‘yishi ehtimoldan holi emas. Zilzila, tornado, dovul va suv
toshqinlari oliy kuchlarning aralashuvidek tuyuladi va bugun ham biz uzoq ajdodlarimiz kabi ularga
qarshi borish uchun ojizmiz”.
Haqiqatan ham, qachonlardir o‘zimizda zilzila kuchini sinab ko‘rish ehtimolligi juda yuqori.
Ko‘pchilik insonlar bilan bunday hol umrlari davomida bir necha bor yuz berishi mumkin. Yer yuzida
o‘rtacha hisobda har 8000 odamdan biri zilzila qurboni bo‘ladi va bundan o‘nlarcha marta ko‘p odam
zilziladan u yoki bu darajada zarar ko‘radi.
Agar siz shu vaqtga qadar yer silkinishini boshingizdan o‘tkazmagan bo‘lsangiz, bir tasavvur
qilishga urinib ko‘ring-a. Nima o‘zi u – zilzila? Deylik, u ro‘y bergan damda, siz o‘z xonangizda stol
ortida o‘tiribsiz. Zilzila to‘satdan kutilmaganda yuz beradi. Birinchi tebranish sizni cho‘chib
tushishga va “Nima bu?” degan savolni berishga majbur etadi. Siz nimalar bo‘layotganini tushunib
olguningizcha, xayolingizga turli fikrlar keladi: “Yuk mashinasi o‘tib ketdimi? Biror narsa tushib
ketdimi?” Tebranishlar davom etayotgan bo‘lsa, bu biror bir zarba emas, balki haqiqiy zilzila ekanligi
sizning ongingizga yetib boradi. Va darhol boshqa, etni seskantiruvchi savollar tug‘iladi: “Bu uzoq
davom etarmikan? U nimaga to‘xtamayapti? Uy qulab tushmasmikan? Nima qilsam ekan?”
Bu o‘ylar hayolingizdan sanoqli soniyalar ichida yelib o‘tadi. Agar tebranishlar tez orada
to‘xtasa, yelkangizdan tog‘ ag‘darilgandek, yengillikni xis etasiz. Bordi-yu, ular davom etayotgan
bo‘lsa-chi? U holda yuragingiz dukurlagancha, hatto bu harakatlar siz uchun xavfli bo‘lsa-da,
nimalardir qilishga shoshasiz. Kimdir baqiradi, kimdir ko‘cha eshikka qarab yuguradi, kimdir
qo‘rquvdan qotib qoladi… Agar siz avvaldan bunday xavfga tayyor bo‘lsangiz-chi? Vaqtni qo‘ldan
boy bermay, darhol xavfsiz joyga, yaxshisi stol ostiga yashirinasiz va xotirjamlikni qo‘ldan boy
bermay atrofdagilarni ham shunday qilishga undaysiz.
Silkinishlar boshlanganidan bir necha soniya o‘tgach, vayronalik boshlanadi. Deraza oynalari
sinib tusha boshlaydi, tokchalarda turgan turli anjomlar tushib ketadi, kitob javonlari tebranadi,
shipdan shuvoq ko‘chib tushadi, devor, burchaklar va shipda yoriqlar paydo bo‘ladi. Shovqin quloqni
qomatga keltirgudek bo‘ladi. Silkinish qanchalar uzoq davom etsa, vayronalik shunchalar og‘ir
bo‘ladi.
Nihoyat, hammasi ortda qolgach, siz ajablangancha haqiqatda zilzila juda tez o‘tib ketganligini
anglaysiz. Vaqt o‘tib so‘rovlar o‘tkazilsa, odamlar kuchli silkinishlar davomiyligini 30-40 soniya deb
baholagan bo‘lsalarda, aslida ular 5-10 soniya davom etgan bo‘ladi. Inson tanasining sezgirligi
yuqoriligi sabab biz tebranishlar ko‘lamiga ham ortiqcha baho berib yuboramiz. Binoning
chayqalganligi to‘g‘risidagi savolga odamlar, garchi bu holda tebranish qulochi atigi 2-3 sm bo‘lgan
bo‘lsada, “uni u yoqdan bu yoqqa bir metrga olib borib keldi”, deb javob berishadi.
Inson sezgisi naqadar aldamchi bo‘lishi mumkinligiga mana bu misolni keltirish mumkin.
Istambulda ro‘y bergan zilzila oqibatlarini o‘rganayotgan bir muhandis zilzila yuz bergan vaqtda
mezanada turib odamlarni namozga chorlab, azon aytayotgan bo‘lgan muazzin bilan suhbatlashgan.
Muazzin mezana oldinga qarab shunchalar egildiki, qo‘lim yerga tegay deb qoldi, deb ishontirishga
uringan”.
Do'stlaringiz bilan baham: |