gippotsentr
(zilzila o‘chog‘i), yer yuzasining gippotsentr
ustidagi nuqtasi
epitsentr
deb ataladi.
Odatda birinchi tebranishdan so‘ng qayta zarbalar bo‘lishi muqarrar. Ular
aftershok
deb
ataladi. Ular hatto bir necha kunlargacha davom etishi mumkin.
Ko‘p yillik seysmologik kuzatuvlardan ma’lumki, zilzila hech qachon tasodifiy ravishda yuz
bermaydi. U o‘z taraddud davrini o‘taydi. Toshkentda bunday davr 9 yilga teng ekan. 1957 yilda
bunday dahshat hali hech kimning “yetti uxlab tushiga ham kirmagan” paytdayoq zilzila arafasi
aniqlangan. 1300-1400 m chuqurlikdagi artezian termal tarkibidagi radon gazi miqdori ko‘paya
boshladi. 1965 yilning o‘rtalarida bu miqdor ikki barobar ortdi. Shu miqdor zilzila bo‘ladigan
soatgacha mo‘tadil saqlandi. Zarba urgan daqiqada radon miqdori 9 yil oldingi darajaga qaytdi. Uzoq
davr mobaynida zamin jinslari tabiiy kuchlar ta’sirida zichlashgan, 1965 yildan boshlab jinslar
deformatsiyaga uchradi, jarayon davom etarkan qatlamlar eski darzlik – Korjantov chizig‘i bo‘ylab
uzilgan. Uzilgan, lekin bir-biriga qapishgan yondosh ikki tektonik pallalar bir-biriga nisbatan 40 mm.
ga siljigan. Bu harakat zilzilani keltirib chiqardi.
Dastlabki ma’lumotlar asosida radon gazi zilzila darakchisi deb tanildi. Tabiiy ofatni bashorat
qilishda birgina radon emas, yana ko‘pgina omillar – suvda erigan ayrim gazlar va elementlar – argon,
geliy, ftor hamda toriy, is gazi, erkin kislorod, vodorod ionlari konsentratsiyasini ifodalovchi radikal
(RN), suvning bosimi, harorati, loyqalanish, sathning ko‘tarilishga moyil ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Serzilzila o‘lkalarda bo‘lajak turtki arafasida yerning ma’lum maydonida geomagnit, geoelektrik,
neotektonik, zamin jinslarining akustika vaziyatida anomal holat paydo bo‘ladi, hatto ultratovush
jarayoni ham asboblar diqqatini o‘ziga jalb qiladi.
1923 yilgi Tokio zilzilasida bir zumda 143 ming kishi o‘ldi. Shahar yer bilan yakson bo‘ldi.
Zilzila yuz berishidan ikki kun avval Yaponiya poytaxti yaqinidagi orolda mo‘ylabli treskalar to‘dasi
paydo bo‘ldi. Dengiz tubida yashovchilarning bexosdan qirg‘oqqa yaqinlashishini professor
Ya.Suexiro yer osti “momaqaldirog‘i”dan darak, deb aytgan edi.
Skopleda (Yugoslaviya) 1965 yili yuz bergan zilziladan to‘rt soat oldin shahar zooparkidagi
yovvoyi it Dingo uvillay boshladi, so‘ngra unga fil, arslon, yo‘lbars, leopard jo‘r bo‘lishdi. Qafasdan
chiqib ketish uchun ko‘p urinishdi, ularning hayqirig‘iga qushlar ham qo‘shilishdi. Ular Yer osti
hodisasidan bir necha daqiqa avval tinchlanib, burchaklarda pisib yotishdi. O‘sha ofatdan 1500 kishi
halok bo‘lgan edi. 1966 yilda poytaxtimizni larzaga keltirgan hodisani bir kun oldin hamshahrimiz
V.Simonov xonaki sayrovchi qushlarning “yangi qilig‘i”dan sezgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |