Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №19 (том 3)


Maishiy sharoitda og‘ir gazlarning paydo bo‘lishi



Download 17,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/408
Sana14.05.2023
Hajmi17,75 Mb.
#938851
TuriСборник
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   408
Bog'liq
a62191 a8700ac5993e4660a861ac08c38fb696

7. Maishiy sharoitda og‘ir gazlarning paydo bo‘lishi,
ulardan zaharlanish va uning oldini olish. 
Asosiy tushunchalar 
Og‘ir gazlar
– organik moddalarning uzoq vaqt davomida chirishi natijasida paydo bo‘ladigan, 
tashqariga chiqishi yuz berganda odam va hayvonlarning kuchli zaharlanishiga olib keladigan, 
bug‘uvchi, ko‘zdan yosh oqizuvchi va falajlovchi gazlar (butan, metan, etan, propan, azot oksidlari).


807 
Maishiy sharoitda og‘ir gazlar hosil bo‘ladigan va to‘planadigan joylar 

organik moddalar 
(chiqindilar va axlatlar)ning uzoq vaqt, ya’ni yillar davomida to‘planib qolgan va ularning yuqori 
namgarchilik (chiqindi suvlari, siydiklar ta’siri) sharoitida chirish holatlari yuz bergan joylar – eski 
kanalizatsiya va xojatxonalar hamda ularning atroflari.
Og‘ir gazlar (butan, metan, etan, propan) – bu qanday gazlar? 
1.
Eski kanalizatsiya, hojatxonalar va ularning atrofida organik moddalar (axlatlar)ning chirishi 
natijasida paydo bo‘ladi.
2.
Yerdan chiqadigan (botqoq) gazlarning tarkibiga kiradigan havodan og‘ir, rangsiz, bug‘uvchi, 
ko‘zdan yosh oqizuvchi, falajlovchi, yonuvchan gaz bo‘lib, alangasi oz yorug‘lik beradi. 
3.
Suvda oz eriydi, yoki umuman erimaydi, kislorod yoki havo bilan hosil qilgan aralashmasi 
gugurt chaqilsa yoki uchqun chiqqanda portlaydi.
4.
Kanalizatsiya, hojatxona va boshqa organik moddalar (chiqindi va axlatlar) to‘planishi va 
chirishi mumkin bo‘lgan chuqurliklarda paydo bo‘ladi va to‘planadi.
Butan, propan, etan – 
gaz, rangsiz, o‘ziga xos hidli, suvda erimaydi (dimetilefirdan tashkari), 
havodan og‘ir, yer yuzasining pastlik joylarida, yerto‘lalarda, tonnellarda to‘planadi.
Alanga va uchqundan yonadi. Ochiq joylarda havo bilan aralashib portlash xavfli aralashma hosil 
qiladi. Gazlar saqlanayotgan ballonlar qizdirilganda portlashi mumkin.
Bu gazlar katta konsentratsiyalarda nafas olganda, teriga, ko‘zga tushganda xavfli bo‘lib, bosh 
aylanishi, nafas qisishi, bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaradi. Terida qizarish paydo bo‘ladi va qichiydi. 
Gaz chiqishi aniqlanganda odamlarni voqea joyidan uzoqqa chiqarish, shamol esayotgan tomonda 
turish, balandlikka chiqish, chuqurliklardan qochish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, 
chekmaslik, uchqun va olov manbalarini yo‘qotish, xavfli zonaga faqat himoya kiyimlarida kirish va 
jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam berish zarur.
Butan, propan va etandan zaharlanganda birinchi tibbiy yordam. “
Tez tibbiy yordam” xizmatini 
chaqirish. Toza havo, tinchlik, isitish, toza kiyim, ko‘z va terilarini suv bilan yuvish.
Butan, propan, etandan himoyalanish vositalari.
IP-5 yoki IP-4 rusumidagi izolyatsiyalovchi 
gazniqoblar va maxsus kiyim. A tipidagi patron o‘rnatilgan RPG rusumli respirator.
Metan- 
gazi ba’zan kon gazi hamda botqoqlik gazi ham deb ataladi. Yerdan chiqadigan gazlarning 
tarkibiga kiradi. Suvda deyarli erimaydi, rangsiz, hidsiz, yonuvchan gaz, alangasi kam yorug‘lik 
beradi. Yonilg‘i. Alanga va uchqundan portlaydi. Kislorod va havo bilan portlash xavfi bo‘lgan 
aralashma hosil qiladi. Metan gazi saqlanayotgan ballon qizdirilganda portlaydi. 
Katta konsentratsiyalarda nafas olganda xavfli. Bosh aylanishi, nafas qisishi, bosh og‘rig‘ini keltirib 
chiqaradi.
Metandan himoya vositalari- IP-4M, IP-5 rusumidagi izolyatsiyalovchi gazniqoblar va maxsus kiyim. 
Gaz chiqishi aniqlanganda odamlarni voqea joyidan uzoqqa chiqarish, shamol esayotgan tomonda 
turish, balandlikka chiqish, chuqurliklardan qochish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, 
chekmaslik, uchqun va olov manbalarini yo‘qotish, xavfli zonaga faqat himoya kiyimlarida kirish va 
jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam berish zarur.
Metandan zaharlanganda birinchi tibbiy yordam. 
Tez tibbiy yordam xizmatini 03 telefoni orqali 
chaqirish. Toza havo, tinchlik, isitish, toza kiyim, ko‘z va terilarini suv bilan yuvish.

Download 17,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish