Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №19 (том 3)



Download 17,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet296/408
Sana14.05.2023
Hajmi17,75 Mb.
#938851
TuriСборник
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   408
Bog'liq
a62191 a8700ac5993e4660a861ac08c38fb696

 Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Dimitrova T.V “Boshimda yuzta xayol” 1996-y
2. Voltov A.V “Ta’lim muassasasining asosiy ta’lim dasturining modellari: 
Mintaqalar tajribasi” Moskva 2011-y 
3.www.googe.uz 
4.www.minikar.ru 


780 
ФИО автора: 
Salimov Ilhom 
Ijtimoiy fanlar fakulteti Falsafa tarixi yo‘nalishi 
magistranti 
Название публикации:
«FYODOR DOSTOYEVSKIY FALSAFASIDA INSON 
ERKINLIGI VA E’TIQOD MASALALARI» 
Annotatsiya: 
Maqolada falsafa tarixida Dostoyevskiyning tutgan o‘rni va uning asarlari 
orqali shakllangan falsafa, asar qahramonlari orqali erkinlik, huquq, e’tiqod masalalari, 
din va dinsizlik, inson ongida yuz beradigan inqirozlar yoritilgan. 
Kalit so‘zlar
: Dostoyevskiy, inson, e’tiqod, erkinlik, din, xudo, «Aka-uka 
Karamazovlar», «Iblislar», «Buyuk Inkivizator» tafakkur, haqiqat, ekzistensial inqiroz, 
dinsizlik, «karamazovchilik», Iso, payg‘ambarlar.
 
 
Fyodor Dostoyevskiy o‘z asarlarida din, dinsizlik, inson erki, go‘zallik 
masalalariga qayta – qayta murojaat qiladi. Jumladan, “Aka – uka Karamazovlar” asarida 
“Odamni xudo yaratdimi yoki odam xudoni?”- degan savol atrofida fikr yuritadi. Agar 
xudo bo‘lmaganda edi, uni baribir o‘ylab topishar edi, - degan edi Volter. Ya’ni, Xudo bu 
zarurat. Dostoyevskiy e’tibor qaratgan jihat faqatgina xudo g‘oyasi zarurat ekanligidagina 
emas, balki bunday yuksak bir g‘oyaning shu qadar tuban insoniyat tomonidan o‘ylab 
topilishi edi. Bu yerda uning mavjud yoki mavjud emasligi boshqa masala. Muhimi, shu 
qadar jozibali va sharafli fikr, Dostoyevskiy ta’biri bilan aytganda, badbaxt va vahshiy 
maxluq – inson kallasiga kelib qolganligi. U ba’zi insonlarni hayvondanda tubanroqqa 
qo‘yadi, chunki misol uchun yo‘lbars bosadi va g‘ajiydi, u bundan boshqasini bilmaydi. 
Hayvon odamdek berahm bo‘la olmaydi, faqat odamgina shunchaki emas, azoblab, har xil 
usullar bilan odam o‘ldirishni o‘ylab topa oladi. Iblis yo‘q bo‘sa ham, uni odamning o‘zi 
yartagan, o‘ziga qarab, o‘z siymosidan nusxa olib yaratgan, shu qatori xudoni ham deydi. 
Bunda xudoni antropomorflashtirishga urg‘u beriladi. Har qanday ilohiy ta’limotni ham 
odamlar baribir o‘z tafakkurlariga moslab olishadi, barcha dinlarda olamlarni yaratgan 
deyilgan xudolar insoniy xislatlarga ega bo‘lib borgan, chunki odamning tasavvuri 


781 
cheklangan va u o‘zi ko‘rmagan nimadirlarni o‘zi ko‘rgan nimadirlarga taqqosalab, 
o‘xshatib tasavvur qiladi.
Beruniy “Hindiston” asarida oddiy omi xalq va haqiqiy e’tiqod qiluvchilar 
o‘rtasidagi farqni ayni shu xudoni antropomorflashtirishda ko‘radi. Masalan, ming ko‘zli 
Shiva obrazi xudo barcha narsalarni ko‘rib turadi degan fikrning mahsulidir. Sodda 
tafakkur o‘ylaydiki, hamma narsani ko‘rib turibdimi, demak, ko‘zi ko‘p bo‘lishi kerak. 
Yoki Jaloliddin Rumiy xudoni tepada o‘tirib olib bizning gunoh va savoblarimizni sanab, 
hisob – kitob qilib o‘tiradigan savdogar ko‘rinishida tasavvur qilmaslikni aytadi. Inson 
tabiatida yovuzlik, vahshiylik mavjud. Jamiyat, ijtmoiy me’yorlar, axloq, qonunlar buni 
bosib turadi, yuzaga chiqarmaydi. Bir tadqiqotda bir guruh odamlar bir hududga 
joylashtiriladi va bir qancha muddat ba’zilari boshliq, boshqalar qul rolini o‘ynab turishi 
aytiladi. Bir hafta o‘tar – o‘tmas boshliq rolidagilar rostakamiga qo‘l ostidagilarga zulm 
qila boshlaydi. Insnonning vahshiyligi o‘zidan ojizlar oldida yuzaga chiqadi, bunda eng 
ko‘p jabr ko‘radigani uy hayvonlari va bolalar. Ularning himoyasizligi ezuvchini yanada 
vahshiylashtiradi, - deydi Dostoyevskiy.
Uning qahramonlaridan biri - Ivan Karamazov Xudoni sodda va oddiy qabul qilishini 
aytadi. Bunda insoniy, yoki boshqacha aytganda, zaminiy tafakkur va ilohiy tafakkurni 
farqlash kerak deydi. Olam ilohiy tafakkur bilan yaratilgan, lekin bizga zaminiy tafakkur 
berilgan. Biz o‘zimizning cheklangan tafakkurimiz bilan bizning olamdan yuqori turgan 
ilohiy tafakkurni anglab yeta olmaymiz. Lekin bir kuni, balki o‘limdan keyin mening 
tafakkurim o‘sha ilohiy tafakkur bilan birlashsa, shu paytgacha tushunmagan barcha 
narsalarimni tushunsam, mangu uyg‘unlik ro‘y bersa ham men bularni qabul qilmayman, 
deydi Ivan. “Men Xudoni emas, sen buni yaxshi tushunib ol, Xudo yaratgan olamni qabul 
qilmayman va qabul qilishga rozi bo‘lmayman”.
86
Bunda dalil qilib azoblangan, 
xo‘rlangan ma’sum, begunoh bolalar taqdirini keltiradi. Kattalar bu boshqa masala. Injilga 
ko‘ra ular ta’qiqlangan olmani yeyishgan, gunoh qilishgan, ammo bolalarda ayb yo‘q. 
Agar dunyoda yomonlik bo‘lmasa, yaxshilikni anglab yetib bo‘lmasdi deyishadi. Bir 
kichik aybi uchun ota – onasi kaltaklab, sovuq xonaga qamab qo‘yilgan qizcha o‘z ahvolini 
86
Dostoyevskiy F. M. Aka-uka Karamazovlar // T.:“Yangi asr avlodi” nashriyoti – Toshkent, 2021 – yil, 423 – bet


782 
to‘la anglab yetib – yetmay yig‘lab xudoga yolvorishlariga yetarmikin shu yaxshilik va 
yomonlikni anglab yetish? Shu qadar qimmatga tushar ekan, nima keragi bor edi ? 
Dostoyevskiy inson erkinlikni xohlamasligini, undan qo‘rqishini ta’kidlaydi. 
Insoniyat uchun hech narsa va hech qachon erkinlik kabi qo‘rqinchli emas. Shuning uchun 
ular qadim-qadimdan turli-tuman dinlarni, xudolarni o‘ylab topishdan charchamaydilar. 
“Aka-uka Karamazovlar” asarida Buyuk inkvizitor haqida bob bor. Unda oradan o‘n besh 
asr o‘tib Iso Masih tirilib kelishi tasvirlanadi. Agarda rostdan ham Iso tirilib kelsa-yu, 
odamlar o‘rganib qolgan, ishonib qolgan, bo‘ysunib kelgan dinga nimadir o‘zgartirish 
kiritmoqchi bo‘lsa uni dor ostiga olib borib qo‘yishardi, chunki odamzot diniy qonun - 
qoidalarga, diniy tashkilotlar, ruhoniylarga sig‘inib, ularga erkini topshirib, gunoh – 
savobni hal qilish ma’suliyatini ularga yuklab o‘rganib qolgan. Inson doim muhim 
masalalarni o‘zi hal qilishdan qochadi, u uchun kimdir hal qilishi, uni kimdir boshqarishini 
istaydi. “…ammo oxir – oqibat shu bilan tugaydikim, ular o‘z erkinliklarini oyoqlarimiz 
tagiga keltirib tashlaydilar”.
87
Insonlar hech qachon erkin bo‘lmasliklarini anglab yetganlar, chunki ojiz, kuchlari 
kam, buzuq, mayda, g‘alamislardir. Evolutsiya natijasida odam bolasi boshqa jonzotlarga 
nisbatan eng ojiz va chala bo‘lib tug‘iladi. Boshqa jonzot bolalari bir necha soat ichida 
oyoqqa turib, bir necha kunda ozuqa topa boshlasa, odam bolasi parvarishsiz umuman 
yashay olmaydi, oyoqqa turishiga yillar ketsa, ozuqa topishiga undan ham ko‘p ketadi. 
Shuning uchun inson tabiatan qaram, ijtimoiylashuvga moyil, tabiatiga ko‘ra yovvoyi va 
vahshiy bo‘lsa ham, yashab qolish, o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun ham me’yorlarga 
bo‘ysunadi, shu jihatdan esa mayda va g‘alamisdir. Injilga ko‘ra ularga samoviy rizq 
berildi, lekin ular mangu och, mangu ojiz, mangu buzuq, mangu noshukrdirlar, samoviy 
rizq zaminiy rizq o‘rinini bosa olmaydi. Bir necha ming odam Iso ortidan ergashib 
faqatgina samoviy rizqqa ergashsa, zaminiy maydaliklardan yuqorilasa ham, qolgan yuz 
minglab odamalar zaminiy rizqdan voz kecholmaydilar va ayni shular eng itoatgo‘ydirlar, 
xudoga emas, xudoning nomidan gapiruvchi ruhoniylarga. Ular bizga ajablanib, hayrat 
87
Dostoyevskiy F. M. Aka-uka Karamazovlar // T.:“Yangi asr avlodi” nashriyoti – Toshkent, 2021 – yil, 452 – bet


783 
bilan qaraydilar, bizni xudo deb biladilar, chunki biz ularga boshchilik qilib, ularning 
erkinligini olish va hukmronlik qilishga rozi bo‘ldik, ular butunlay erkinlikni yomon ko‘rib 
qolishdi, deydi Buyuk Inkvizitor. Erkin bo‘lib qolgan odamning endilikdagi eng katta 
tashvishi kimga sajda qilish masalasi bo‘lib qoladi. Shu bilan birga, sajda qiladigan yolg‘iz 
o‘zi bo‘lmasligi, u umumga tegishli ekanligini ham his qilib turishi kerak. Insoniyat 
sig‘inishga doim shunaqa narsalarni qidirib kelgan. Barcha dinlar bora-bora yakkaxudolik 
diniga aylangani yoki faqatgina yakkaxudolik dinlarigini bugungi kunda eng ko‘p 
ergashuvchilarga egaligi bunga dalildir. Ularni boshqarish uchun avvalo zaminiy non 
va’da qilish kerak. Qornini to‘ydirdingmi, ehtiyojini qondirdingmi, u senga topinadi. Lekin 
inson borlig‘ining asrori faqat yashashdagina emas, nima uchun yashashdadir. Insonda 
nima uchun yashayotganiga mustahkam tasavvur bo‘lmasa, u yashashni istamaydi. 
Kamyu aytgan begonaga aylanadi, ekzistensial inqirozga uchraydi, absurd bilan 
to‘qnashadi va balki oxir – oqibat o‘zini nobud qilar. Chunki tug‘ilish, butun umr 
qandaydir ishlarni qilish, azob tortish, qandaydir maqsadlar qo‘yib ularga intilish, odamlar 
bilan, g‘oyalar bilan kurashish va bir kuni o‘lib kertishda inson ma’no ko‘rmasa, bularning 
hech birini qilgisi kelmaydi, qila olmaydi, endilikda u jamiyat qo‘ygan talablarga javob 
bermaydi. Bundaylar ko‘payib ketsa esa jamiyat chok – chokidan so‘kilib ketadi. Odamni 
faqat nongina emas, g‘oyalar ham ushlab turadi. Quruq non bor joyda inson xayolotida 
katta bo‘shliq paydo bo‘ladi va u ma’no qidrishni boshlaydi. Dostoyevskiy aytmoqchiki, 
inson erkin tug‘iladi, lekin keyin butun umr o‘z erkini topshirish uchun nimanidir qidirib 
yuradi. Odamlarning erkinligini faqatgina ularning vijdonini tinchlantira oladigan odamlar 
va g‘oyalargina egallay oladi. U non berganga sig‘inadi, lekin ayni paytda kimdir uni 
vijdonini egallasa nonni tashlab vijdonini egallaganning ortidan ergashadi. Insonga 
erkinlik berish orqali, uni juda ko‘plab chigal masalalar, tanlovlar, ikkilanishlarga tashlab 
qo‘yiladi. Iso odamlar non uchun emas, o‘zlari anglab, erkin ergashishlarini istagan edi. 
Ularning erkinligini olib qo‘ymadi, balki yanada oshirib bordi. Bunday erkinlikka ega 
odam esa bora - bora shu erkinlikni berganning o‘zini ham rad etadi. Tafakkur qilib, balki 
haqiqat bunda emasdir, boshqa haqiqat bordir deydi. Iso qulning hukmdor oldida qo‘rquv 
bilan turishini emas, muhabbat bilan topinishini istaydi, lekin bu odamlarga juda yuqori 


784 
baho berib yuborishdir. Odamalrni ushlab turuvchi uch kuch bor deyiladi asarda : mo‘jiza, 
asror, obro‘. Isnon Xudoni qidirganday bo‘lsa ham, aslida o‘zini hayratlantiruvchi 
mo‘jizalarni izlaydi. Diniy kitoblarda kelgan rivoyatlarda deyarli barcha payg‘ambarlarga 
odamlarni hayratlantiruvchi qanaqadir mo‘jizaviy hislat berilganligi aytilgan. Barcha 
qavmlar o‘zlariga yuborilganini ta’kidlayotgan elchidan dalil so‘rashadi, bularni 
qo‘rqitganidan va hayrtaga solganidan keyingina unga ergashadilar. Eng isyonkor, tuban 
odam ham mo‘jizasiz yasholmaydi, xudoga ishonmaganlar ham qandaydir mayda 
bid’atlarga ishonib yuradi. Inson tabiati shakkoklikni ko‘tarmaydi. U doim sig‘inishga 
nimadirlarni izlaydi. Yashash tarzida, fikrlashda to‘la erkinlik berilgan inson isyonga qarab 
ketadi, barcha qadriyatlarni, qoidalarni inkor qiladi, ammo bu isyon uzoqqa bormaydi va 
unga qimmatga ham tushadi. Inson qanday yashashni bilishining o‘zi yetmaydi, u nima 
uchun yashayotgani haqida ham fikrlari bo‘lishi kerak. Bo‘lmasa bu bosh - adog‘i yo‘q 
hayot mazmunsizliklari ichida yo‘lchi yulduzini yo‘qotgan sayyohdek nima qilarini, 
qayerga borarini bilmay o‘tiraveradi.
Asarda Buyuk Inkvizitor va Iso o‘rtasidagi suhbatda tavba – chiqish eshigi haqida 
ham gap ketadi. Iso kutganiday beg‘ubor, sof yurakli, gunohsiz asl insonlar yo‘q hisobi va 
juda kam deydi Inkvizitor. Odamzot tuban mavjudot, ular juda ko‘p gunoh qiladi, agarda 
ularga gunoh qilishga ruxsat berilmasa, yoki qilgan gunohlarini kechirib turmasa, u 
dunyoda ham kechirilishiga ishontirilmasa, bu ojiz va gunohkor bandalarni boshqarib 
bo‘lmaydi. Odam bir marta gunoh qilsa va bu uchun hech qachon kechirilmasligini bilsa, 
endi uni boshqa gunohlar qilishdan ushlab turadigan hech nima qolmaydi. Ayni shu o‘rinda 
va bundan tashaqari “Telba” asarida din va axloq o‘rtasidagi masala yoritiladi. Dindor 
odam bu, albatta, axloqli odam deganimi? Odam dinsiz bo‘la turib ham axloqli bo‘la olishi 
mumkinmi? Poyezddagi bir xudosiz, lekin ilmli, hushmuomala, insonparvar, har 
tomonlama ziyoli odam haqida hamda bir qotillikni qilib, keyin xochni o‘pib tilovat 
qiladigan xudojo‘y haqida gap boradi. Agar xudo bo‘lmasa, unda barcha gunohlarga ruxsat 
beriladi degan g‘oyani nazariy asoslab bergan odam aybdormi yoki shu asoslangan 
nazariyaga tayanib qotillik qilganmi? Biri qotil, lekin aybdor emas, boshqasi aybdor, lekin 
qotil emas degan xulosaga yaqinlashiladi.


785 
Dostoyevskiyning “Aka – uka Karramazovlar” asaridan keyin “Karamazovchilik” 
tushunchasi kirib keldi. Bu o‘sha asardagi markaziy tushuncha hisoblanadi. 
Karamazovchilikni kengroq tushuntirsa, bu Dostoyevskiy rus xalqi tanazzuliga sabab deb 
hisoblagan xudosizlik, dinsizlik, ehtiyojlar tiyiqsizligi, ruhning kirlanganligidir. 
Adabiyotshunoslarning fikricha, Karamazovchilik bu o‘sha davrdagi nigilizmning ifodasi. 
Adib asoosiy katta asarlarining barida nigilizmga to‘xtaladi. Xususun, “Iblislar”
88
romanidagi Stavrogin, Shatov, Liza, Kirillov obrazlarida nigilzmning nazariy asoslari, 
nigilistlarning o‘y – fikrlari, yashash tarzi va oqibati tasvirlangan. Nigilizm butun millat 
fojiasi sifatida tasvirlanadi va bunda najot yo‘li dinda deb ko‘rsatiladi. Asarda ko‘p 
joylarda Injildan iqtiboslar keltiriladi.
Dostoyevskiy odamga shunchaki yaxshi yoki yomon deb yondashmaydi. U isnon 
tabiati turfaligini, uning ongidagi, ong ostidagi chalkash fikrlarni tasvirlaydi. Uning 
asarlaridagi eng tuban odam dunyodagi eng beg‘ubor sevgi bilan kimnidir sevadi, eng 
dindor va axloqli odam eng kutilmagan jinoaytlarni qilib qo‘yadi. U kulayotgan odamni 
nima uchun kulayotganini, qanday kulayotganini, nima uchun yig‘lamayotganini, 
kulayotib nimalarni o‘ylayotganini, his qilayotganini tasvirlaydi. Inson bir vaqtning o‘zida 
ham samimiy, ham telba bo‘lishi mumkin,- deydi bir o‘rinda. Unda baribir go‘zallik 
dunyoni qutqaradi degan g‘oya ustuvor bo‘laveradi. U inson ma’naviy yangilanishiga, a’lo 
odamga aylanishiga ishonadi.

Download 17,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish