Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №19 (том 3)



Download 17,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/408
Sana14.05.2023
Hajmi17,75 Mb.
#938851
TuriСборник
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   408
Bog'liq
a62191 a8700ac5993e4660a861ac08c38fb696

Lipoproteinlar-
Oxirgi yillarda lipoproteinlar (LP) kimyoviy tabiati va strukturasini 
o‘rganish bo‘yicha ma’lum natijalarga ega bo‘lingan. Bu sinf murakkab oqsillar, oqsil 
va lipiddan tashkil topgan prostetik guruhdan iborat. Xususan, lipoproteinlar tarkibida 
neytral yog‘lar, erkin yog‘ kislotalari, fosfolipidlar va xolesterin topilgan. 
Lipoproteinlar tabiatda keng tarqalgan: o‘simliklarda, hayvon to‘qimalarida va 
mikroorganizmlarda, ular turli biologik funksiyalarni bajaradilar. Ular hujayra 
membranasi, hujayra ichidagi yadro, mitoxondriya, mikrosoma biomembranalarida, 
shuningdek, erkin holatda uchraydilar (asosan qon zardobida). Bulardan tashqari 
lipoproteinlarga o‘pka to‘qimasining tromboplastik oqsili, tovuq tuxumi sarig‘idagi 
lipovitellin, sutning ba’zi fosfolipidlari va boshqalar kiradi. Lipoproteinlar miyelin 
qobiqlar, nerv to‘qimasi, xloroplastlar, fotoretseptor va elektron-transport sistemalar, 
ko‘z to‘r pardasi tayoqcha va kolbochkasi va hokazolarning hosil bo‘lishida qatnashadi. 

Foydalanilgan adab
iyotlar ro’yxati:

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’IM VAZIRLIGI R.A. Sobirova, O.A. Abrorov F.X. 
Inoyatova, A.N.Aripov 

R.A. Sobirova, O.A. Abrorov, F.X. Inoyatova, A.N. Aripov, «Biologik kimyo».
2018 y 

Ziyo. uz. 

Intrnet saytlari; ziyo.uz 

Pedagog. uz


327 
ФИО автора: 
Bozorova Xolida Ergashevna,
NDKI akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi 
Название публикации:
«MOHLAROYIM NODIRANING “TIYRADUR SUBHI 
NASHOTIM…” G`AZALI SHARHI» 
O`zbek adabiyoti xazinasida Lutfiy, Navoiy, Bobur, Atoyi, Sayfi Saroyi she’riyatining go`zal 
namunalaridan quvvat olib, o`zbek lirikasining betakror sohibalari Uvaysiy, Nodira, Dilshod, Anbar 
otin singari chin vorislar yaratgan dilbar ash’orlar saqlanadi. Akademik litseylarning 1-
kurslarida Mohlaroyim Nodira hayoti va ijodini o`rganish uchun 4 soat ajratilgan. O`quv dasturida 
shoiraning “Eshit”,”Vasl uyin obod qildim…”, “Kel, dahrni imtihon etib ket”,” Tiyradur subhi 
nashotim” g`azallari kiritlilgan. “Eshit”,”Vasl uyin obod qildim…”, “Kel, dahrni imtihon etib ket” 
she’rlari umumta’lim maktablarining 8-sinfida ham o`rganilishini e’tiborga olib, “Tiyradur subhi 
nashotim…” deb boshlanuvchi g`azal tahlili ustida to`xtalmoqchimiz. Shuni ham qayd etish lozimki, 
akademik litseylar uchun adabiyot darsligi nashr etilmagan. Mazkur tahlil adabiyot fani o`qituvchilari 
uchun biroz qo`l keladi, degan umiddamiz. Akademik litsey o`quvchilari oldiga g`azalni ifodali 
o`qishdan tashqari uni chuqur tahlil qila olish, badiiyati va mazmun-mohiyatini ocha olish, 
shuningdek, ijodkor mahoratiga ham baho berish talabi qo`yiladi. Demak, o`quvchida ana shu 
malakani hosil qilish lozim bo`ladi. Quyida g`azal tahlili namunasini taqdim etamiz. G`azal tahlilini 
quyidagi bosqichda amalga oshirish samarali natija beradi:
1.
G`azalni ifodali o`qish. 
2.
G`azal tarkibida izohtalab so`zlar ustida ishlash. 
3.
Qofiya, radif kabilarni aniqlash bilan she’rning mavzusini ochish. 
4.
Satrlarda qo`llangan badiiy tasvir vositalarni aniqlash bilan shoir mahoratiga baho berish va 
g`azal mazmunini yoritish. 
Tiyradur subhi nashotim, soqiyo, keltir sharob, 
Shomi hijron zulmatida jomi maydur oftob. 
Mohi tobon yuzligim, har lahza yod etsam seni, 
Dudi bagʻrimdin chiqar oʻt ichra tushgandek kabob. 
Band etib zulfing aro koʻnglimni ozod etganing 
Qush uchurgandek erur bogʻlab ayogʻiga tanob. 
Koshki ohim nasimidin taharruk aylasa, 
Yorkim ruxsorigʻa gul bargidin solmish niqob. 
Hajr oshubi balodurkim, ani tashvishidin 


328 
Qatrai simob yangligʻ koʻnglim aylar iztirob. 
Shod edi ul shohi davron vasli birla xotirim, 
Aysh davronigʻa soldi davri gardun inqilob. 
Bevafolardek seni hargiz faromush aylamas, 
Nodira, yodingni aylar to dami yovmulhisob. 
Izohtalab so`zlar ustida ishalsh 
Tiyra – qora
taharruk aylasa-harakat qilmoq 
subhi nashotim- tong 
Radif – misralar so`ngida aynan takrorlanadigan so`z. Ko`rinadiki, g`azalda radif ifodalanmagan. 
Sharob-oftob-kabob-tanob-niqob-iztirob-inqilob-yovmulhisob 
so`zlari juft misralarda ohangdoshlik 
hosil qilib, qofiya ipini hosil qilgan. She’riyatda qofiya she’rning mazmuni –mohiyatini ochib 
beruvchi kalit yoki uning mavzusi vazifasini o`tashi ma’lum. Tasavvuf ta’limotiga ko`ra sharob- 
ishqni ifodalaydi. Matla’ning o`zida sharob- may so`zlarning qo`llanishi she’rning ishqqa 
bag`ishlanganini ko`rsatsa, ularning sinonim sifatida qo`llanishi mazmunni bir qadar kuchaytirgani, 
ya’ni ilohiy muhabbatga yo`g`rilganini ochiqlagan.
Mazkur g`azal shoiraning soqiyga murojaati bilan boshlanadi, shu bois she’rni soqiynoma tipida 
yozilgan g`azallar sirasiga kiritish mumkin. Matla’da o`zaro qarama-qarshi so`zlar vositasida lirik 
qahramon alam va dardlari izhor etiladi: 
Tiyradur subhi nashotim, soqiyo, keltir sharob, 
Shomi hijron zulmatida jomi maydur oftob. 
Tiyra(qora)-subhi nashot(tong), shom-oftob so`zlari o`zaro zid ma’no ifodalashi bilan ruhiyatdagi 
hijron dardini oshkor etadi. Baytda qo`llangan ”subhi nashot, shom, zulmat” so`zlari vaqt birligi bilan, 
”tiyra, shom, zulmat” so`zlar ”qora” ma’nosini izohlashi bilan tanosub ipini hosil qilgan. Hijron 
azobini chekayotgan oshiq zulmatda qiynoqda, tonglari qora, otmaydigan, zulmat bag`rini o`rtaydi, 
ammo qalbidagi ishq (jomi may)qina ko`ngilni oftob bo`lib yoritishi mumkin. Shu sabab, oshiq 


329 
soqiyga 
murojaat 
qilib, 
undan 
sharob 
keltirishini 
so`ramoqda.
Mohi tobon yuzligim, har lahza yod etsam seni, 
Dudi bagʻrimdin chiqar oʻt ichra tushgandek kabob. 
Oshiq uchun ma’shuqa yodining o`zi ham azobli, negaki uni yod etar ekan, bag`ridan chiqqan o`t 
qalbini kabob qilishi tayin. Mazkur baytda ma’shuqa tasviri safatlash orqali beriladi: ”mohi tobon 
yuzligim”. Oshiq ahvoli esa g`oyat achinarli, bu holat ”dud-o`t-kabob” so`zlarining oldinma-keyin 
qo`llab, so`zlar mazmuni kuchaytiriladi- tadrij hosil qilinadi.
Band etib zulfing aro koʻnglimni ozod etganing 
Qush uchurgandek erur bogʻlab ayogʻiga tanob.
Oshiq yorning yodidan uzoqlasha olmay, iztirob chekadi, u g`oyoki ma’shuqasining zulflri-sochlari 
bilan bog`lab olingan, ozod ham bo`lolmaydi, o`zini go`yo oyoqlaridan ip ila bog`lanib, ozd qilingan 
qushga misol sezadi. Ushbu baytda shoira tamsil (misol keltirish, ya’ni ” Qush uchurgandek erur 
bogʻlab ayogʻiga tanob”) san’atining betakror namunasini namoyon etadi.
Koshki ohim nasimidin taharruk aylasa, 
Yorkim ruxsorigʻa gul bargidin solmish niqob. 
Oshiq qanchalik azobda qolmasin, ma’shuqa unga befarq, beparvo, negaki u yuzlariga niqob tortib 
olgan. Niqob ham oddiy emas, gul bargidan. Bechora oshiq chekayotgan oh-u nolalar nasim (yengil 
shamol) ta’siridan ta’sirlanarmikin?! 
Hajr oshubi balodurkim, ani tashvishidin 
Qatrai simob yangligʻ koʻnglim aylar iztirob. 
Zero, hajr azobi oshib ketsa, oshiq boshiga balo yo`gilar, shundan tashvishlangan oshiq qalbi bir qatra 
simob 
kabi 
betoqat 
titrab 
turadi. 
Oshiq qanchalik iztirob chekmasin, u ishqda xokisor. Ma’shuqadan katta in’omlar, e’tiroflar 
kutmaydi, uning uchun birgina vasl kifoya. Mazkur baytda ”qatrai simob yanglig`” jumlasida o`shiq 
qalbi o`xshatish san’ati bilan ziynatlangan. Yor diydori bechora oshiq uchun davr-u davron surish, 
ma’shuqa shohi davron bo`lgan davrda g`ozal bir inqilob bo`lur edi: 
Shod edi ul shohi davron vasli birla xotirim, 
Aysh davronigʻa soldi davri gardun inqilob. 


330 
Ammo oshiq qalbi ma’shuqa e’tiborsizligidan ozurda. Gar ma’shuqa bevafolardek o`zini tutayotgan
bo`lsa ham, oshiq sabrli, u yor diydoridan so`nggi nafasgacha umidvor: 
Bevafolardek seni hargiz faromush aylamas, 
Nodira, yodingni aylar to dami yovmulhisob. 
Ko`rinadiki, shoira tasavvufning an’anaviy mavzusi ishq mavzusiga murojaat qilgan. Ma’shuqa 
obrazida Olloh tajallisiga yetishishni orzu qilgan. O`zini olloh vasliga munosib bilib, so`nggi 
damgacha muhabbatida sobit va sadoqat namoyon etgan.


331 

Download 17,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish