188
Ключевые слова:
разделение властей, судебная власть, законодательная власть,
исполнительная власть, судебная власть, преступность, интересы человека,
Стратегия действий, Стратегия развития.
PROVIDING INDEPENDENCE OF JUDGES BY REFORMING THE
JUDICIARY
Annotation
This article describes the reforms that have been carried out in recent
years to improve the judicial system in our country, the norms strengthened in our
legislation, the achievements and goals.
Shortcomings and problems in the judicial system of
the Republic of Uzbekistan
have been legally analyzed and a number of legislative proposals have been put
forward as a solution, using the experience of advanced foreign countries.
Keywords:
separation of powers, judicial system, legislative power, executive power,
judiciary, lawlessness, crime, human interest, Action Strategy, Development Strategy.
Hokimiyatlar bo’linishi prinsipiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasida davlat
hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi,
ijro etuvchi va sud
hokimiyatiga bo’linish prinsipiga asoslanadi. Oliy Majlis mamlakat hayotining barcha
sohalarini tartibga soluvchi adolatli qonunlar qabul qilsa, Vazirlar Mahkamasi ushbu
qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta’minlaydi. Sud
hokimiyati esa mana shu qonunlarni qo’llash jarayonida yuzaga kelgan nizoli
vaziyatlarni odillik asosida hal etadi. Huqubuzarliklarga qarshi kurashish orqali
mamlakatda tenglik o’rnatilishiga xizmat qiladi. O’zbekiston
Respublikasi
Konstititutsiyasining 106-moddasiga ko’ra, “O’zbekiston Respublikasida sud
hokimiyati qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyatlardan,
siyosiy partiyalardan,
189
boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi”
22
. Sud hokimiyati
davlatning mustaqil hokimiyati bo’lishiga qaramay, eng avvalo, inson manfaatlarini
oliy qadriyat deb e’tirof etib, uning buzilgan huquqlarini himoya qiladi, ularni davlat
organlari tazyiqidan xalos etadi. Shu jihatdan ham olib qaraganda,
sud hokimiyatini
davlat va xalq o’rtasidagi ko’prik vazifasini bajaradi, deb aytishimiz mumkin.
Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq sud hokimiyati sohasida bir qancha islohotlar
amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 2000-yilda qabul
qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahrirda) sud islohotlarining huquqiy
asosidir. Sud tizimidagi islohotlarni ikki davrga bo‘lish mumkin.
1) 1991–2016-y.y;
2) 2017-yildan keyingi davr.
Dastlabki davrda O‘zbekiston Respublikasi sud
tizimiga besh yil muddatga
saylanadigan quyidagi sudlar kirgan:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi;
O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi;
O‘zbekiston Respublikasining Oliy xo‘jalik sudi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat
ishlari bo‘yicha oliy sudlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi;
fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari;
fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari;
viloyatlar va Toshkent shahrining xo‘jalik sudlari;
harbiy sudlar.
Sudlarning alohida hokimiyat sifatida belgilanishidan maqsad O‘zbekiston
Respublikasida shaxs huquqi va erkinliklarining xolis organ sifatida faqat sud orqali
22
https://lex.uz/docs/-20596
190
ta’minlanishiga erishish va sudni avvalgi jazolovchi organdan shaxs huquq va
erkinliklarini to‘laqonli himoya qila oladigan organga aylantirishdir. Sudlar sud
qarorini ijro etish kabi o‘zlariga tegishli bo‘lmagan vazifalardan ozod etildi.
2008-yil
1-yanvardan mamlakatda o‘lim jazosi bekor qilindi
, fuqarolarni qamoqqa olishga
sanksiya berish huquqi prokuraturadan sudlarga o‘tkazildi. Mamlakatimizda jinoiy
jazolashning insonparvar huquqiy tizimi tashkil etildi.
Islohotlar
Do'stlaringiz bilan baham: