Название публикации:
«YANGI O’ZBEKISTONNI BIRGALIKDA QURAMIZ»
Annotatsiya:
Ushbu maqolada so’nggi yillarda mamlakatning yoshlarga yaratib
berayotgan imkoniyatlari, bu borada erishilayotgan yutuqlar va ko’zlangan maqsadlar
tahlil etilgan.
Ma’rifatli jamiyatni shakllantirishda amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar,
O’zbekiston qonunchiligidagi kamchilik va muammolar va unga qaratilgan bir nechta
huquqiy takliflar, xorij tajribasidan misollar keltirilgan holda bayon etilgan.
Kalit so’zlar:
globallashuv, harakatlar strategiyasi, demokratik davlat, fuqarolik
jamiyati, huquqiy davlat, demokratiya, Yangi O’zbekiston.
СОЗДАНИЕ НОВОГО ПРОСВЕЩЕННОГО ОБЩЕСТВА В
УЗБЕКИСТАНЕ МЕСТО МОЛОДЕЖИ
Аннотация:
В данной статье анализируются возможности, которые страна
создала для молодежи за последние годы, ее достижения и цели.
Предстоящая работа по формированию просвещенного общества, недостатки
и проблемы в законодательстве Узбекистана и ряд правовых предложений,
направленных на это, с примерами из зарубежного опыта.
Ключевые слова:
глобализация, стратегия действий, демократическое
государство, гражданское общество, правовое государство, демократия, Новый
Узбекистан.
198
CREATING A NEW ENLIGHTENED SOCIETY OF UZBEKISTAN THE
PLACE OF YOUTH
Annotation:
This article analyzes the opportunities that the country has created for
young people in recent years, its achievements and goals.
The work to be done in the formation of an enlightened society, the shortcomings
and problems in the legislation of Uzbekistan and a number of legal proposals aimed
at it, with examples from foreign experience.
Keywords:
globalization, action strategy, democratic state, civil society, rule of law,
democracy, New Uzbekistan.
Bugungi globallashuv jarayonida O’zbekiston o’z oldiga rivojlanishning bir qancha
bosqichlarini qo’yib, ”Yangi O’zbekiston“ shiori ostida turli-tuman strategiya,
dasturlar ishlab chiqmoqda. Ularning aksariyat qismiga e’tibor beradigan bo’lsak,
yoshlarning bilimini, ularning intellektual salohiyatini oshirishni maqsad qilib
qo’ygan. Xo’sh, buning asl sababi nimada? Nega aynan shu qatlamga ko’proq e’tibor
beriladi? Yangi O’zbekiston ma’rifatli jamiyatini yaratishda yoshlarning o’rni qay
darajada? Ma’lumki, yoshlar - yurt kelajagi. Bugun yoshlarga berilgan ta’lim-tarbiya
ertaga mamlakatni yo rivojlantiradi, yoki barbod qiladi. Bejizga muhtaram Shavkat
Miromonovich Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi –
2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonunni
imzolamadi. Shuningdek, Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasining 72-
sessiyasida so’zlagan nutqida ham sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi
yoshlarning kamolga yetishi bilan bog’liq ekanligini ilgari surdi. O’z nutqida har
qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo’li xalqning farovon bo’lishi o’sha davlatda
yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog’liq ekanligi,
O’zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo’nalishlaridan biri
199
hisoblanishi aytib o’tildi
29
. Shuningdek, 2016−2021-yillarda yoshlarga oid davlat
siyosati borasida bir qancha qonun hujjatlari qabul qilindi.
Bundan
tashqari, iqtidorli bolalarni aniqlash, ta’lim jarayonida ilg’or
texnologiyalarni qo’llagan holda o’qitish va tarbiyalash bo’yicha yaxlit tizim yaratish,
iste’dodli yoshlarni yanada qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, ma’nan yetuk va
intellektual jihatdan barkamol avlodni shakllantirish, shuningdek, 2017-2021-yillarda
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha
Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga
oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-
fevraldagi 4199-sonli qarori asosida Prezident maktablari tashkil etildi
30
.
Albatta, bu kabi yaratilayotgan imkoniyatlar yoshlarning kamoloti uchun xizmat
qiladi. Ammo ulardan unumli foydalanish, tarbiya va ta’limni to’g’ri olish biz-
yoshlardan talab etiladi. Negaki, tarbiya oiladan boshlanadi. Insonga to’g’ri yashashni
ulg’ayib bo’lganidan keyin emas, bolaligidan berilsa, u, albatta, ertaga yaxshi inson
bo’lib yetishadi va jamiyatga o’z foydasini ko’rsatadi. Birgina insonning o’z yo’lini
topib, hayotini iziga tushirib olishi davlat uchun katta yutuq. Ko’p narsa oilada olingan
tarbiyaga bog’liq. Aytaylik, bir inson bilimi kuchli, o’z kasbining yetuk mutaxassisi.
Ammo hech kimni hurmat qilmasa, yoki halol bo’lmasa, u uzoqqa borolmaydi.
Shuningdek, uni hech kim bu illatidan qaytarolmaydi. Buyuklar bekorga insonni qayta
tarbiyalash uchun kamida yuz yil kerak deb aytishmagan. Shunday ekan, ota-ona
farzandiga bolaligidan to’g’ri tarbiya berishi lozim. Yangi O’zbekistonni qurish uchun,
eng avvalo, ma’rifatli jamiyatni qurish lozim. Zero, Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti
Islom Karimov aytganlaridek, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. Ma’naviyati
yuksak jamiyatni qurish esa oiladagi muhitdan, bola tarbiyasidan boshlanadi. Xo’sh,
bugungi kunda farzandga to’g’ri tarbiya berishga qanday omillar to’siq bo’lmoqda?
Tan olib aytish kerakki, birinchi navbatda, ota-onalarning farzandiga vaqt ajratishi
29
https://uza.uz/oz/posts/o-zbekiston-prezidentining-bmt-bosh-assambleyasi-72-sessiyas-22-09-2017
30
https://lex.uz/docs/4208152
200
katta muammo bo’lib qolmoqda. Ular farzandlarini faqatgina moddiy jihatdan
ta’minlash ilinjida ko’proq pul topish, boshqalardan kam qilmaslik uchun ishlaydi.
Ammo eng keragi, to’g’ri tarbiya berish ba’zi ota-onalarning xayollaridan ko’tarilgan.
Aksariyat davlat xizmatida ishlayotgan mansabdor shaxslarni yoki davlat organi
xodimlarini olasizmi, ish vaqti qonunchilikda aniq belgilangan bo’lsa-da, amalda
bunga rioya qilishmaydi. Hatto qonun himoyachilari bo’lgan Prokuratura, yoki davlat
va xalq o’rtasida ko’prik vazifasini bajaruvchi sud hokimiyatida faoliyat yuritayotgan
xodimlarning ham ish vaqti qonunda belgilangan vaqtlarga muvofiq emas. Shunday
ekan, ular qanday qilib farzandlarining tarbiyasi uchun vaqt topsin? Dam olish uchun
ham vaqt yo’q-ku, aslida?! Bu nafaqat farzand tarbiyasiga, balki ish unumdorligiga
ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Negaki, ishdan kech qaytgan xodim yetarli darajada dam
ololmaydi va ertasiga yana charchoq bilan o’z ish faoliyatini boshlaydi. Va buning
natijasida, kreativlik, ish unumdorligini oshirish haqida hech qanday o’z ustida
ishlashlar ham bo’lmaydi. Afsuski, ertaga biz-yoshlarni ham shunday holat kutib
turibdi. Bu borada xorij tajribasini o’rganadigan bo’lsak, Germaniya davlatida
xodimlarning ish vaqtiga amalda to’liq rioya qilinadi
31
. Soat 17:00 da ish vaqti tugasa,
barcha xodimlar ish joyini to’liq tark etishi shart. Hatto tizim ham shu vaqtga kelib
o’chadi. Agar kimdir ishdan keyin qolib ishlasa, kun davomida ishini bajara olmabdi
deb ishiga mas’uliyatsizlikda ayblab, haydab yuborishar ekan. Tan olib aytishimiz
kerakki, bizda aksincha, ishdan so’ng qolib ishlasa, vatanparvar deb “ulug’lashadi”.
Ota-ona vaqtini ishda o’tkazar ekan, farzandi yolg’iz uyda xohlagan ishini qilishi, ota-
ona charchab ishdan kelganda esa, bola tarbiyasi bilan shug’ullanmasligi aniq.
Shunday ekan, hamma narsa o’z vaqtida bo’lgani yaxshi. Yana Germaniya tajribasini
olaylik. Yuqorida biz ish kunlari qanday bo’lishini aytib o’tdik. Endi esa dam olish
kunlari haqida ham to’xtalib o’tsak. Dam olish kunlari barcha bozorlar yopilar,
odamlar bir kun oldin kerakli narsalarni xarid qilib olishar ekan. Bundan asosiy
maqsad, dam olish kunini mazmunli o’tkazish, ertangi ish uchun madaniy xordiq
olishdir. Mana shu paytda ota-onalar farzand tarbiyasi bilan bemalol shug’ullanishlari
31
https://en.m.wikipedia.org/wiki/German_labour_law
201
mumkin bo’ladi. Germaniyada onalik va bolalik muhofazasiga ham katta e’tibor
qaratishadi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarning onalari farzandini onlayn konsultatsiyalar
orqali doimiy ko’rikdan o’tkazib, ularning hozirgi holatiga qarab ertaga qanday
kasallikka chalinishga moyilligi borligini oldindan aniqlab, buning oldini olish
bo’yicha tavsiyalar olishar ekan. Farzandi necha oyligida qancha masofagacha ko’rishi
va eshita olishini ham ota-onalari aniq bilishib, shunga qarab farzandlariga muomala
qilishar ekan. Bu ham bugungi kunda eng kerakli narsadir. Bularning barchasi
jamiyatga sog’lom fikrli farzandlarni yetishtirish uchundir. Bugungi kunda yurtimizda
ba’zi ota-onalar farzandlariga ortiqcha baho berib yuborib, ularning qabul qilish
darjasidan ham ko’proq narsalarni talab qilishayotgandir balki, shuningdek,
jamiyatimizda katta farzand zimmasiga haddan tashqari ko’p mas’uliyatlarni yuklash
kabi holatlar ham yo’q emas, albatta. Bu ham bola psixologiyasiga katta ta’sir
ko’rsatadi. Shu o’rinda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga kiritilishi lozim
bo’lgan quyidagi takliflarimni aytib o’taman.
Do'stlaringiz bilan baham: |