Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №27 (том 6)



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/92
Sana23.07.2022
Hajmi3,36 Mb.
#844959
TuriСборник
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Июнь 2022. Том 6

Birinchidan,
xodimlarning qonunchilikda belgilangan ish vaqtiga to’g’ri amal 
qilishi, ularni, ayniqsa, davlat organlarida ishlovchi fuqarolarni ishdan tashqari vaqtda 
ishxonada bo’lmasliklarini ta’minlash, agar rahbar o’z xodimini ishdan tashqari asossiz 
olib qoladigan holatlar bo’lsa, ularga nisbatan qo’llaniladigan ta’sir choralarini 
kuchaytirish, va bu bo’yicha Ma’muriy javobgarlik va Jinoyat kodeksiga sanksiyalar 
kiritish, shuningdek, xodimlarning mehnatga oid huquqlarini himoya qiluvchi kasaba 
uyushmalarining vakolatlarini kengaytirish, ularni rahbar tazyiqidan himoya qilish; 
Ikkinchidan, 
yosh onalarga
 
bola parvarishi bo’yicha majburiy onlayn 
konsultatsiyalar tashkil etish, yosh avlodni bolaligidanoq sog’lom bo’lib voyaga 
yetishini davlat nazoratiga olish va “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi 
qonunga yosh onalar uchun bepul onlayn konsultatsiyalar tashkil etish bo’yicha 
bandlar kiritish; 
Uchinchidan,
“Ta’lim to’g’risida” gi qonunning 46-moddasi pedagog xodimlarning 
majburiyatlari sifatida “voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya 
ishlarini ularning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib 


202 
borish”
32
qismiga “
tarbiyasi og’ir
 
maktab o’quvchilarining ota-onalari bilan 
psixologlarni jalb qilgan holda har oyda ikki marta bola tarbiyasi bo’yicha individual 
ishlash tizimini yo’lga qo’yish
deb qo’shimcha kiritish.
Ushbu takliflarning amaliyotdagi samarisini Germaniya tajribasida ko’rishimiz 
mumkinligini yuqorida aytib o’tdik. Mamlakatimizda ham ushbu davlatdagi tizimlarni 
joriy etsak, yoshlarni chaqaloqligidanoq to’g’ri tarbiya qilib, onalar va bolalar bilan 
shug’ullanuvchi shifokorlarni har bir ona bilan doimiy aloqasini yo’lga qo’ysak, 
ayniqsa, yosh onalarga farzand tarbiyasi bo’yicha mahoratli psixologlarni jalb qilgan 
holda onalar maktabini tashkil etsak, har bir farzand yuksak ma’naviyatli, sog’lom 
bo’lib yetishadi, albatta!
Jamiyat a’zolarining huquqiy madaniyati qanchalik yuqori bo’lsa, jinoyatlar soni 
ham kamayadi, albatta. Ammo bugungi kunda davlat organlari va mansabdor 
shaxslarning ham jinoyat ustida qo’lga olinayotganligi hech kimga sir emas. Qonunni 
yaxshi bilgan odam uni buzishi mumkin, ammo yuksak ma’naviyatli va axloqiy 
fazilatlar egasi hech qachon pora olmaydi, hech qachon o’z lavozimini suiste’mol 
qilmaydi, bunday ishlarni qilishga uning vijdoni yo’l qo’ymaydi. Umumiy o’rta ta’lim 
maktablarida, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ham axloqiy bilim beradigan 
fanlarni o’qitishni kuchaytirish - yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirishda yaqindan 
yordam beradi deb hisoblayman. Tarbiyasi og’ir bolaning nafaqat o’zi bilan, balki 
uning ota-onasi bilan ham shug’ullanish, farzandni to’g’ri tarbiyalashda nimalarga 
ahamiyat berish kerakligi bo’yicha muntazam tushuntirishlar olib borilishi va bu 
qonunchiligimizda ham o’z ifodasini topishi kerak deb o’ylayman. 
Ma’rifatli jamiyatgina yuksala oladi. Ta’lim va tarbiya esa hamisha yonma-yon 
yuradi. Tarbiyali inson eng birinchi navbatda o’zini hurmat qiladi. O’zini hurmat 
qilgan inson esa vaqtning qadriga yetadi, bilim oladi. Bilimli inson esa hayotda also 
qoqilmaydi. Bir kasbning etagidan tutib, jamiyatning faol ishtirokchisiga aylanadi. 
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich aytganlaridek, 
“Bugun kitob o’qigan 
32
 
https://lex.uz/docs/-5013007
 


203 
bitta bola ertaga telefon o’ynagan o’nta bolani boshqaradi”.
Haqiqatan ham, bugungi 
kunda yozishni bilmagan bola ham telefonning deyarli barcha funksiyalarini bemalol 
boshqara oladi. Uch-to’rt yashar bola onasidan ertak eshitishni o’rniga zararli nurlari 
kelib turgan telefonda mukkasidan ketib allaqaysi mentalitetlarga xos bo’lgan 
multfilmlarni tomosha qiladi. Bu yo’l bilan ota-ona farzandini “tinchlantirdim” deb 
o’ylaydi. Ular bilmaydiki, mana shu “tinchlantirish” kelajakda katta janjallarga sabab 
bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham, ota-ona iloji boricha farzandini virtual hayotdan 
uzoqlashtirishi lozim.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan 
imkoniyatlar tahsinga sazovordir. Hech bir soha yo’qki, muhtaram Prezidentimiz 
e’tibor bermagan, isloh qilmagan. Yoshlar ham mas’uliyatni his etgan holda 
boqimandachilik kayfiyatidan uzoqlashishi, g’amxo’rliklarga munosib javob berishga 
intilib yashashlari lozim. Biz, buyuk insonlarning avlodlarimiz. Ularning ishlarini 
davom ettirishimiz, munosib avlod bo’lib kamol topishimiz lozim. Zero, bu uchun 
bizda barcha imkoniyat va shart-sharoitlar yetarli. O’n yetti yoshida Jahon chempioni 
bo’lib, O’zbekiston nomini dunyolarga tanitadigan yana ne-ne Nodirlar o’z iste’dodini 
namoyon qiladigan payt keldi! Buning uchun biz - yoshlardan faqat va faqat bilim 
olish, ota-onamizni, ustozlarimizni hurmat qilish va eng asosiysi, vaqtning qadriga 
yetib, uni mazmunli ishlarga sarflash talab etiladi. O’zbekistondagi hech qaysi bola 
bugun xavotir bilan uxlagan emas. Tinchligimizni ta’minlab bergan muhtaram 
Prezidentimizga qanchadan qancha rahmat aytsak ham kam. Biz ham ularga yelkadosh 
bo’lishimiz, zero, uchinchi renessans poydevorini o’zimiz mustahkam qilib 
o’rnatishimiz lozim.

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish