Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №37 (том 4)



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/207
Sana13.05.2023
Hajmi8,66 Mb.
#938155
TuriСборник
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   207
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2023. Том 4

: ”Muhammad Temurxon, Fo’lad Sulton, Abusaid Sulton 
Bayrambek boshliq qizilboshlar kelayotganidan xabar topgach, G’ijduvon qa’lasiga 
kirib bekindilar. …Muhammad Temurxon, Fo’lod Sulton, Abusaid Sulton qa’la 
(G’ijduvon nazarda tutilgan) atrofini mustahkam qilib, har kunni jangovar 
o’zbeklardan bir guruhini urush uchun qa’ladan tashqariga chiqarib turdilar…“
12
Bundan ko’rinadiki Abusaidxon Eron qiziboshlariga qarshi kurashda Shayboniylarni 
birlashgan tarkibida bo’lgan. 1512-yil G’ijduvon jangida o’z qo’shini bilan 
Shayboniylarni chap qanotiga qomondonlik qiladi. Bundan tashqari Shayboniylarni 
Xurosonga harbiy yurishlari chog’ida ham o’z qo’shini bilan ishtirok etadi. 
Abusaidxon hukumdorligi qisqa bo’lgan bo’lishiga qaramay u taxtga 
o’tirmasligidan avval o’z elchilarini Ko’chkunchixon elchilari qatorida Hindistonga 
Bobur Mirzo huzuriga 1528-yili jo’natadi. Bobur Mirzo o’zini “Boburnoma“ asarida 
Shayboniy elchilarni qanday kutib olinganligini quydagicha ifodalaydi: ” 
Katta osh 
tortilganidan keyin Xoja Abdushahid bilan Xoja Kalonga avrasi tuya junidan to‘qilgan 
matodan bo‘lgan qunduz to‘nlar munosib sarpolar bilan kiydirildi. Mulla Farrux 
12
Муҳаммддиёр ибн Араб Қатағон. ‘’Мусаххир ал-билод’’ (Мамлакатларнинг эгалланиши).Янги аср 
авлоди.Т.:2009. Форс тилидан таржима: И.Бекжонов, Д. Сангирова.139б. 


124 
hamda hofiz boshchiligida kelganlarga chakmonlar kiydirildi. Ko‘chumxonning 
elchisiga va Hasan Chalabiyning ukasiga ham ipak, bosh kiyim (boshlik), tugmalik 
qunduz to‘nlar va shunga yarasha sarpolar in’om bo‘ldi. Abusaid Sulton, Mehribon 
xonim va uning o‘g‘li Po‘lod Sultonning elchilariga va Shoh Hasanning elchisiga 
tugmalik chakmonlar, ipak to‘nlar in’om bo’ldi.
13
“ 
Bundan ko’rinadiki Abusaid o’z 
elchilarini jo’natish orqali o’zaro munosabatlarni yaxshilash uchun urungan. 
Abusaidxonni Sulton Said Sulton, Javonmardalixon, Xudoyberdi Sulton, Sulton 
Muhammad ismli farzandlari bo’lgan, tarixiy manbalarda ularning onalari haqida 
ma’lumot kam. Ayrim hollarda uchramaydi. Abusaidxonning to’ng’ich o’g’li 
Ubaydullaxon taxtga chiqishi natijasida, Samarqand Ko’chkunchizodalarga mulk qilib 
beriladi. Aynan, o’sha davrda Sulton Said amakisi Abdulatifxon xizmatida bo’ldi, uning 
vafotidan so’ng Samarqand Toshkent hukumdori Baroqxon tamonidan egallanadi va 
Sulton Saidxonni o’g’li Do’stum Sulton bilan birga Buxorodagi Burxon Sultonga qarshi 
yurishga jo’natadi, biroq, Burxon Sulton Jonibek Sulton avlodlaridan yordam so’raydi. 
1554-yil Abudulla ibn Iskandar Sulton Farab mavzeida bo’lgan jangda ma’lubiyatga 
uchraydi. Baroqxon bundan g’azablanib, Sulton Saidxonni 1555-yil Qo’shg’arga 
surgun etadi. 1556-yil Baroqxon vafot etgach, Qo’shg’ar voliysi Rashidxon uni 
Samarqand ustiga qo’shin bilan jo’natadi. Samarqandni egallab, Samarqand yaqinidagi 
Qorabog’lig’ manzilida yana Abdullaxondan mag’lub bo’ladi, bu jangda o’g’li Bahodir 
Sulton va ukasi Xudoyberdi Sulton vafot etadi. Yana bir o’g’li Xo’ja Husayn Sulton 
keyinchalik mag’rurligi tufayli Majo’yin jangida dushmanlari tomonidan o’ldiriladi. 
Sulton Saidxon 1573-yil yanvarida vafot etadi. Saidxon o’n besh yildan ortiq vaqt 
davomida Samarqandni idora etdi. 
Abusaidni keyingi o’g’li Javonmardalixon dastlabki, davrlarda jiyani Gadoy 
Sulton bilan Samarqandni birgalikda idora etib, Toshkentdagi Suyunchixon avlodlariga 
qarshi turdi, biroq Toshkent Sultonlarini Samarqandga yurishi arafasida AbudullaxonII 
dan yordam so’raydi, 1576-yili Ko’kgumbaz mavzeida Toshkent Sultonlari mag’lub 
13
Захириддин Мухаммад Бобур.Бобурнома.T:.2019.’’Янги нашр’’.259б. 


125 
etildi. Lekin, xonning katta o’g’li otasiga qarshi isyon ko’tarib, Buxorodan yordam 
so’raydi, natijada 1578-yil Javonmardalixon mag’lub bo’lib, asir olinadi. 
Javonmardalixon Navqo qa’lasida 1578-yil 6-oktabrida katta o’g’lini qilmishlari uchun 
ikki begunoh o’g’illari Mahdi va Do’stum Sultonlar bilan birgalikda Abdullaxon 
farmoniga ko’ra Eshimbiy jaloyir tamonidan qatl etiladi. O’z padariga qarshi turgan 
Abulxayri Sulton ham 1579-yil Abdullaxon farmoniga ko’ra Amir Do’stum devonbegi 
tomonidan bo’g’izlab o’ldiriladi. Javonmardalixonni ikki o’g’li Muzaffar Sulton va 
Ko’chum Sultonlar taqdiri ham ayanchli yakun topadi. 1580-yil Abdullaxondan qochib 
Hisor hududiga borib qolgan Muzaffar Sulton Hisor hokimi O’zbek Sulton tamonidan 
qatl etilib, boshi Abdullaxon II ga jo’natiladi. Ko’chum Sulton esa, 1579-yil Toshkentda 
qatl etiladi. Deyarli barcha Ko’chkunchizodalar Abdullaxon II tomonidan yo’q 
qilingan, Nasaf hokimi Xudoyberdi Sulton va uning vorisi Yusuf Sultonlar 1556-yilda 
va 1581-yilda Abdullaxon yohud uning amirlari tomonidan qatl etilganlar. Ayub ibn 
Xudoyberdi Sulton esa cho’lu biyobonda xor-u zorlikda o’lib ketadi. Abusaidni keying 
vorisi Sulton Muhammad Sulton 1578-yil o’z ajali bilan vafot etadi. Uning vorislari 
Shayxim, Bo’zaxo’r yohud Ahmad va Bobo Sultonlar Sayram hokimi Amir Shohimbiy 
tomonidan 1582-yil qatl etiladi. Shu tahlit Abusaidxonni barcha o’g’ilalari (Sulton Said, 
Javonmardalixon, Xudoyberdi, Muhammad Sultonlar) va deyarli barcha nabiralari 
Abdullaxon tomonidan qirib tashalnadi. 
Abusaiddan keyingi Abdullaxon I 1540-1541-yillar oralig’ida taxtni boshqardi. 
Uni O’g’on Sulton ismli o’gili bo’lib, u otasi vafotidan so’ng 1542-yil to’sadan g’oyib 
bo’lib qoladi va keyin tarixiy asarlarda uning nomi zikr etilmaydi. 
Ko’chkunchixonni kichik o’g’li Abdulatifxon mamlakatni akalariga nisbatan 
uzoq idora etdi. U siyosiy mahoratga ega va diplomatik elchlik aloqalarni yo’lga 
qo’ygan shaxs hisoblanadi. 1533-yili Samarqandga xonlik taxtini egalash uchun kelgan 
Ubaydullaxonni shaharga kiritmaydi.
14
Natijada, bir tomondan qo’sh hokimyatchilikni 
vujudga kelishga olib keldi. 1541-yil Abdulatifxon oliy hukmdor deb e’lon qilindi, 
biroq Abdulaziz ibn Ubaydullaxon o’zini Buxoroni oliy hukmdori deb e’lon qilishi 
14
A.Zamonov.Buxoro xonligi tarixi.T.:Bayoz.2021.56b. 


126 
qo’sh hokimyatchilikni vujudga keltiradi. Biroq, Abdulatifxon Toshkentdagi 
amakivachasi Baroqxon bilan Buxoroni markaziy hokimyatga bo’ysundirishga iltilgan.
Abdulatifxon hukmdorligini dastlabki yilidayoq Usmonli Sultoni Sulton 
Sulaymon Qonuniyga o’z elchilarini jo’natadi. Elchilik ha’yati asosan Usmoniylar bilan 
Eron qizilboshlariga qarshi turish uchun yordam so’rab yuborilgan edi.
15
Usmonli 
davlati bilan aloqalarni iliq va do’stona olib boorish, o’sha davrdagi Xorazm 
Shayboniylari, Eron qizilboshlari, Boburiylar imperyasi bilan muvozanatni ushlashga 
imkon bergan. Aynan Abdulatifxon shunday siyosiy vaziyatni inobatga olib, Usmonli 
Turkiyasi bilan muzokaralar olib borib, o’ziga muhim ittifoqchi topolgan. Xususan, 
xonning hukmdorligi oxirlarida Usmonli Sultonida elchilar kelgan biroq, Abdulatifxon 
vafot etib qolganligi bois, ularni Baroqxon qabul qilgan. Bu haqida mashxur turk 
tarixchisi Seyid Ali Rais o’z asarida shunday deb yozadi: 
“…Samarqand podshohi 
Abdulatifxon vafot etib, Baroqxon xonlik taxtiga o’tirgan edi,… “
.
16
Tarixiy asarlarda 
Abdulatifxon haqida aniq ma’lumotlar juda ham kam. Biroq, saroy tarixchilari asarlari 
orqali biz Shayboniylar hukmdorlarni sifati haqida ma’lumot olishimiz mumkin.
Abdulatifxonning ikki o’g’li bo’lib, Gadoy Sulton O’ratepada, Abdol Sulton esa 
Zomin hudularida hukmdorlik qilishar edi. 1578-1579-yillarda dastlab, Gadoy Sulton, 
keyinchalik esa Badaxshon voliysi O’zbek Sulton tamonidan qatl etiladi. Abdol Sultoni 
o’g’li Ko’chak Sultonning 1581-yil Yusuf ibn Xudoyberdi Sulton bilan birgalikda qatl 
etilganligidan so’ng, Ko’chkunchixon xonadonidan birorta erkak zuriyot qolmaydi va 
Ko’chkunchizodalar shajarasi uziladi. O’z davrida Ko’chkunchizodalardan to’rtasi oliy 
xonlik taxtiga ikkitasi Samarqand taxtiga o’tirgan. O’zaro kurashlar natijasida, 
Abdullaxonning markaziy hokimyatni yaxlitligini ta’minlash uchun olib borgan siyosati 
tufayli 1582-yilga kelib butun boshli Ko’chkunchixon erkak vorislari qirilib ketadi. 
Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, 1551-yil Abdulatifxondan keyin, deyarlik barcha 
Ko’chkunchizodalar Abdullaxon II tamonidan qirib tashlangan. 
15
Türk-ışlam medenıyetı.Konya.2010.118.b. 
16
Сейди Али Раис.Мирот ул Мамолик.Ўзбекистон ССР фанлар академяси.Т.1963.97.б. 


127 

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish