1886-yilgi «Nizom»da ham Turkiston o'lkasida qozilar sudi saqlanib qoldi. Uyezd sudlari bekor qilinib, ularning o'rniga .shahar va zemstvo boshliqlari tomonidan tayinlanadigan uchastka mirovoy sudyalari (sudlari) tuzildi. Viloyat bosh-qaruvining sud bo'limlari viloyat sudlari bilan almashtirildi. 1)Sud tergovchilari, 2)viloyat prokurori va 3)ularning yordamchisi lavozimlari joriy etildi.
1898-yilda Turkiston o'lkasi viloyatlarida sud nizomlarini qo'llash qoidalariga muvofiq *viloyat sudlari tugatildi, ularning o'rniga *okrug sudlari Toshkent sud palatasi tuzildi. Toshkent sud palatasi faqat imperiyaning oliy sudi - *hukumat senatiga bo'ysu-nar edi. Okrug sudlari Turkiston o'lkasining barcha viloyatida joriy etildi
1881-yilda «Davlat tartiboti va jamoat osoyishtaligini qo'riqlashga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risidagi Nizom» e'lon qilindi. Nizomga muvofiq, general-gubernator «kuchaytirilgan» yoki «favqulodda» qo'riqlash holatini o'z ixtiyori bilan joriy etish huquqiga ega bo'ldi
Do'stlaringiz bilan baham: |