1886-yildagi «Nizom»ning «Turkiston o'lkasining yer tuzilishi» degan bo'limida o'lkada tarixan shakllanib kelgan an'anaviy yerga egalik qilish munosabatlari o'z-gartirib yuborildi. Unga ko'ra, Turkiston yerlari, o'rmonlari va yerosti qazilma boyliklari ham davlat mulki deb e'lon qilindi
1875-yilda Avliyootada Rossiyadan kelgan dehqonlarning birinchi manzilgohi paydo bo'ldi. 15 yil davomida (1875-1890) Turkiston o'lkasiga 1300 oila ko'chib kelib joylashib, 19 ta rus qishlog'i tashkil topdi. Faqat 1891-1892-yillardagina ko'chib kelganlarning 25 ta manzilgohi paydo bo'ldi.
1867-yilgi «Nizom» loyihasi bo'yicha o'lkada 1.qozilar va biy sudlari, 2.uyezd sudlari, 3.muvaqqat harbiy-sudlov komissiyalari, 4.viloyat boshqaruvining sud bo'limlari va 5.general-gubernatorlik Devonining sudlov bo'limi tashkil qilinadi.
Sud ishlarida mahalliy aholining o'troq qismi uchun 1)qozi sudlari, ko'chmanchi aholisi uchun esa 2)biy sudlari, 3)volost boshliqlari, 4)qishloq oqsoqollari, 5)ovul boshliqlari va 6)ularning yordamchilari aholi tomonidan uch yil muddatga saylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |