O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasida nazarda tutiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qurilish manzilli dasturini shakllantirishda “Barkamol avlod” bolalar maktablari, “Bolalar sayyohlik bazalari”, “Bolalar kutubxonalari”ning aniq soni va ro‘yxatini ko‘rsatgan holda, ularning yangilarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash, zarur xomashyo va inventarlar bilan jihozlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin;
2020 yilda O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasida nazarda tutiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan manzilli dasturlarni shakllantirishda Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi joylashgan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish orqali 200 o‘rinli “Bolalar sayyohlik bazasi” qurilishi hamda zarur xomashyo va inventarlar bilan jihozlash bo‘yicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq zarur bo‘lgan kapital qo‘yilma limitlari ajratilishini nazarda tutsin.
7. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2019-2024 yillarda Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
“Barkamol avlod” bolalar maktablarini 2024 yilga qadar 50 foiz oliy ma’lumotli mutaxassislar bilan to‘ldirish (jami to‘garak rahbarlari soniga nisbatan); o‘quvchilarni “Barkamol avlod” bolalar maktablariga qamrab olish darajasini 10,5 foizga yetkazish (umumta’lim maktablaridagi o‘quvchilar soniga nisbatan);
“Barkamol avlod” bolalar maktablarida 2024 yilga qadar davlat-xususiy sheriklik asosida robototexnika va muhandislik to‘garaklari ulushini 10 foizga yetkazish (jami to‘garaklar soniga nisbatan);
“Bolalar kutubxonalari” va maktab kutubxonalari uchun milliy va jahon adabiyoti durdonalariga kiruvchi asarlarning audiokitob shaklini yaratish;
barcha “Barkamol avlod” bolalar maktablari, “Bolalar kutubxonalari” va maktab kutubxonalarini keng polosali Internet tarmog‘iga ulash.
8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
ikki oy muddatda “Barkamol avlod” bolalar maktablari va “Bolalar kutubxonalari” to‘g‘risidagi namunaviy nizomlar hamda ularning tuzilmalarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi va “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Barkamol avlod” bolalar maktabi va “Bolalar kutubxonalari”ni namunaviy jihozlash me’yorini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2020 yil 1 yanvardan boshlab “Barkamol avlod” bolalar maktablarida robototexnika, mexatronika, muhandislik, dasturlash va xorijiy tillarni o‘rganish to‘garaklarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etish choralarini ko‘rsin;
2020 yil 1 sentyabrga qadar xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi misolida “Barkamol avlod” bolalar maktablari binolariga (shu jumladan ko‘rinishiga) hamda ularning o‘quv-uslubiy va ta’lim jarayoniga bo‘lgan talablarni o‘z ichiga olgan konsepsiyani ishlab chiqsin va joriy etsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim muassasalari xodimlari va to‘garak rahbarlarini tegishli mutaxassislik yo‘nalishida malaka oshirish tizimini joriy etish maqsadida 2020 yil 1 yanvardan boshlab A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Maktabdan tashqari ta’lim tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kafedrasi (keyingi o‘rinlarda – Kafedra) tashkil etilsin.
Zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida, shu jumladan, masofaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llagan holda ixtisoslashtirilgan to‘garaklar yo‘nalishlari bo‘yicha xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim muassasalari xodimlarini malaka oshirishning va qayta tayyorlashning amaldagi normalariga muvofiq qayta tayyorlash va malakasini oshirish Kafedraning asosiy vazifasi etib belgilansin.
10. Belgilab qo‘yilsinki:
Kafedra faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi;
Kafedra Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Ahmad Donish ko‘chasi, 72-A uy manziliga bepul joylashtiriladi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Barkamol avlod” bolalar maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkalarini 2020 yil 1 yanvardan: