Mehriddinova munisaning maktabgacha pedagogik fanidan tayyorlagan


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A.Abduhakimovga



Download 1,32 Mb.
bet6/10
Sana06.07.2022
Hajmi1,32 Mb.
#748469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mehriddnova Munisa 1

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A.Abduhakimovga – ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X.Shermatovga – xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni to‘laqonli amalga oshirish, Kafedra faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, sohaga zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy qilish, shu jumladan, yangi to‘garaklarni tashkil qilish, “Barkamol avlod” bolalar maktablari va “Bolalar kutubxonalari”ni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash, mazkur maktablarni jihozlash ishlari o‘z muddatlarida amalga oshirilishini ta’minlash va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini keng joriy qilish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Sakkokiy ko‘chasi, 3 a-uy manzilida joylashgan bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabini joylashtirish uchun Xalq ta’limi vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz o‘tkazib berilsin.
19. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning maqsad va vazifalari keng yoritilishini tashkil etsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 sentyabrdagi PQ-3953-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxati quyidagi mazmundagi 301-band bilan to‘ldirilsin:
“301. Xalq ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uchun o‘quvchilarning muhandislik, robototexnika, mexatronika va dasturiy ta’minot yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarda foydalanish hamda innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish yuzasidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan, xorijdan olib kelinadigan xomashyolar va jihozlar”.
21. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
22. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A.Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A.Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Komil inson to'g'risidagi nazariya va uslubiyat metodologik jihatdan O'zbekiston Prezidenti asarlarida, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunda, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturida va boshqa hujjatlarda har tomonlama ishlab chiqilgan. Shularga muvofiq ravishda, ta'lim tizimini yangi zamon talablari darajasiga ko'tarish, sog'lom, barkamol, ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalash eng muhim vazifa ekanligi belgilab berilgan. Ma'naviyati boy insongina komil inson bo'la oladi. Yuksak axloqiy, madaniy va jismoniy fazilatlar har jihatdan uyg'un bo'lgan, chuqur va zamonaviy bilimga, keng ilmiy-falsafiy dunyoqarashga ega bo'lgan inson komil bo'ladi.
Yuksak ma'naviy fazilatlar egasi bo'lgan komil inson: nafs xurujini, lazzatlarga bo'lgan moyiliik ojizligini yenga oladigan zotdir; odamni komil inson va mukarram inson martabasiga ko'tarish uning ma'naviyatini yuksaltirish demakdir. Har bir jamiyat tayanadigan ma'naviy qadriyatlar qanchalik umum insoniy mazmunga ega bo'lsa, u shunchalik umr boqiydir. Odam ham shunday. Odam qanday xulq, axloqiy, madaniy sifatga ega bo`lsa, faoliyat tarzini namoyon etsa uning qadrqimmati ham shunchalik yuksak bo`ladi. “Sir emaski, har qaysi davlat, har qaysi millat nafaqat er osti tabiiy boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyatini bilan, balki birinchi navbatda, o`zining yuksak ma`naviyati bilan kuchlidir.” (I.Karimov) Bu narsa inson shaxsiga nisbatan e`tibor har, talab ham kuchayyotganini ko`rsatadi. O`zbekiston ma`naviyat sharq falsafasi bilan uzviy bog`liq, zero falsafaning o`zi ma`naviyat I.A.Karimov alohida ta`kidlaganidek “asrlar mobaynida halqimizning yuksak ma`naviyati, adolatparvarlik, ma`rifatparvarlik kabi ezgu falsafalarni sharq falsafasi va islom dini ta`limoti bilan uzviy ravishda rivojlanib keldi.
Ma`naviyat sharqona falsafaga tayanib tariflanishi kerak. Shunda u O`zbekiston tanlagan yo`lining o`ziga xosligini ifodalaydi. Sharq falsafasi islom falsafasidan ozuqa oladi. Islom falsafasi murosasizlik falsafasi ekanligi bilan xarakterlanadi. U odatlarning to`qnashuvi, o`zaro kurash va qono`kilar, zo`rlik, kuch ishlatishni qoralaydi. Odamni kamol toptirish uchun jamiyatni o`zgartirish marksizm mafkurasining tamal toshi edi. Bu tamoyil odamlarni ur yiqitlarga, o`zaro janjallarga etakladi. Islomiy falsafa esa jamiyatni o`zgartirish uchun odamning o`zini o`zgartirish kerak deb hisoblaydi. Jamiyat uning a`zolarining kamoloti natijasida va fuqarolarning barkamolligi darajasida takomillashadi deb o`rgatadi. SHarq falsafasida inson omili yuksak rutbada turadi, u o`z xalqining ham, o`zi yashayotgan jamiyat ma`naviyatining ham ijodkori va aynan shu sababli ham o`zining, ham zamondoshlarining ma`naviy sifatlari uchun javobgar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ma`naviy omillardan foydalanish vazifasi birinchi o`ringa chiqdi, savdotijorat, tadbirkorlikda halollik, mehr, insof adolat suvday kerak. Qur`oni Karimda “o`lchov va tarozini adolat bilan tortingiz” (6 sura, 15 oyat) deyiladi. Ismoil Buxoriy xadislarida molu dunyosi ko`p odam emas, balki nafsi to`q odam badavlatdir. Savdoda xiyla, aldamchilik qilmoq makruxdir, deb ta`kidlanadi. Ko`rinib turubdiki ma`naviyati past odam tubanlik sari ketadi. Komillikning har bir davrga xos mezonlari bo`lganligi ham alohida ta`kidlash kerak. Nodonga nisbatan oqil, Loqaydga nisbatan sergak, baxilga nisbatan saxiy, Tanbalga nisbatan serg`ayrat qo`rqoqqa nisbatan botirlik kabi xislatlar o'ziga xos o'lchov vazifasini ham o'tagan
Mamlakatimizda yangi jamiyat barpo etilmoqda, uning bag'rida shakllanishi lozim bo'lgan komlllikning mohiyati, shartlari va nizomlari qanday bo'ladi Qanday yurtdoshimizni komil inson deb ataymiz. Eng avvalo ota bobolarimizning ibratli yo'li biz uchun namunadir Binobarin, komillik biz yot emas. Aytish mumkinki, O'zbekiston insoniy komillikning chuqur an`analariga ega bo`lgan o'lka Tadqiqotchliarning, qayd etish odamni yuksaklikka ko'taradi, unga katta obro` va shuhrat keltiradi. Biroq shaxs yaxshi hunar sohibi bo'lsa, odob va axloq bobida qusurga yo'l qo'ysa, u, shubhasiz, obro" topa olmaydi. Sim sohibi haqida ham shunday deyish mumkin. Zamondoshlarimizning chuqur ilmiy dunvoqarashga, zamonaviy bilim va muayyan kasb bo'lishi sohasida uyg'unlikka erishishi O'zbekistonda Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi ruhiga singdirib yuborilganining boisi ana shunda.
Inson kamolotida jismoniy go'zallik muhim ahamiyat etadi. Jismonan baquvvat, sog'lom bo'iish nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy qadriyatdir. I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan va izchillik bilan amalga oshirilayotgan "sog`lom avlod dasturi»ning mazmuni shu bilan belgilanadi. Ayni vaqtda har bir inson o'zining salomatlik madaniyatini hara shakllantirmog'i va mukammallashtirmog'i lozim. «O`zining salomatligi haqida shaxsan g'amxo'rlik qilib borish madaniyatini oila, maktab, mahalla, sog'liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sport vositasida yoshlikdan singdirib borish kerak.
Komillikning yana bir jihati Vatanga, millatga, elu yurtga sadoqat bilan xizmat qilishdir. Vatanini sevmagan, millatining tarixi va taqdiriga loqayd qaraydigan insonning komilligi haqida so'z bo'lishi mumkin emas. Prezidentimizning «elim deb, yurtim deb, yonib yashash kerak», degan da'vati negizida ana shunday buyuk g'oya yotadi.
Inson kamolotida oilaning roli beqiyos katta ekanligi ma'lum. «O'zbeklarning aksariyati, - deb yozadi I.A.Karimov, - o'zining shaxsiy farovonligi to'g'risida emas, balki oilasining, qarindosh urug'lari va yaqin odamlarining, qo'shnilarining omon esonligi to'g'risida g'amxo'rlik qilishni birinchi o'ringa qo'yadi. Bu esa eng oliy darajada ma'naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir.
Oila tarbiyasida doimiy ta'sirchan kuch oiladagi munosabat, oila muhiti, oila a'zolarining o'zaro aloqasi, otaona, aka-uka va boshqalarning xulq-atvori, madaniy va siyosiy saviyasi, muomala madaniyati, oilaning daromadi, yashash sharoiti va boshqa holatlar bola kamolotiga ta'sir qiladigan asosiy omillardir. Oila qanchalik tartibli, yaxshi xulq-atvorli, uning a'zolarining o'zaro munosabatlari samimiy bo'lsa, oila tarbiyasi ham shunchalik samarali bo'ladi. Tarbiyaning an'anaviy va zamonaviy turlari va usullari ko'p, shulardan biri shajaraviy tarbiyadir, Bi tarbiya usuli malum bir ajdoddan kelib chiqqan avlodlarning qarindoshlik darajasini izchillik bilan sanab ko'rsatuvchi hujjatlarga asoslangan bo'lib, bunda bolalarga ajdodlarining kimligi shajaranomalar orqali eslatib boriladi. Bu tarbiya usuli orqaii ajdodlar bilan faxrlanish hissi shakllantiriladi, ularga munosib bo'lshga da'vat etiladi.
Islomda ham har bir musulmon o'zining yetti pushtim bilishi kerakligi ta'kidlanadi. Shajara tuzish ishini qayta davora ettirayotgan allomalardan biri faylasuf olim Omonulla Fayzullayev deyish mumkin. Tarixiy hujjatlarga asoslanib u kishi Shayx Zayniddin Bobo Toshkandiy ibn Shayx Shahobiddin Abu Umar Suhravardiy shajarasini tuzdi. Omonulla Fayzullayev Shayx Zayniddin Boboning 45 avlodi ekanligi ma'lum boladi.

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish