Kurs ishining maqsadi: Barkamol avlodni milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviy anʼanalar asosida tarbiyalash.
Kurs ishining vazifalari:
1.Mavzuga oid ilmiy, huquqiy-normativ manbalarni o’rganish va tahlil qilish, natijalarni umumlashtirish.
2.Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishning metodologiyasini ilmiy asosda o’rganish
3.Zamonaviy boshqaruv usullarini aniqlash va amaliy tadbiqi yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining predmeti: Maktabgacha ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari
Kurs ishining metodlari:
-kuzatish;
- suhbat
-qiyosiy tahlil
-Adabiyotlar tahlili
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishi kirish, ikki bob, to’rtta paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.
I. bob BARKAMOL AVLOD TARBIYASI VA MILIY G’OYANING O’ZARO UYG’UNLIGI.
1.1 . Oʻzbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning barkamol avlodni tarbiyalashga bagʻishlangan qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, mustaqil fikrlaydigan, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan barkamol yosh avlodni tarbiyalash hamda voyaga yetkazish uchun mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish, respublikamizda jadal sur’atlar bilan amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va boshqa sohalardagi islohotlar ulg‘ayib kelayotgan o‘spirin iqtidorini yanada rivojlantirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yurt ravnaqi yo‘lida ularning faol ishtirokini ta’minlashni bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilamoqda.
Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini yanada oshirish, o‘quvchi-yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish orqali mustaqil hayotga tayyorlash, intellektual barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi
texnik ijodiyot, badiiy ijodiyot, o‘lkashunoslik va ekologiya bo‘yicha “Barkamol avlod” respublika bolalar markazlari negizida Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabini;
“Barkamol avlod” tuman (shahar) bolalar markazlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar markazlari negizida “Barkamol avlod” bolalar maktablarini;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari huzuridagi axborot-resurs markazlari negizida “Bolalar kutubxonalari”ni;
2020-2023 yillarda Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida tizimli ravishda bolalar turizmini rivojlantirish maqsadida “Barkamol avlod” bolalar maktablari huzurida 100-200 o‘rinli “Bolalar sayyohlik bazalari”ni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Belgilansinki:
“Bolalar kutubxonalari” umumta’lim muassasalari kutubxonalariga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish, o‘quvchilarning milliy va jahon bolalar badiiy adabiyotlari durdona asarlariga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, ularni kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni (“Yosh kitobxon”, “Kitobxon maktab”, “Eng yaxshi kutubxonachi” va boshqalar) tashkil etishga ko‘maklashish;
“Bolalar sayyohlik bazalari” “Barkamol avlod” bolalar maktablarining “yosh sayyoh”, “yosh ekskursovod”, “yosh o‘lkashunos” to‘garak a’zolari uchun o‘lkamiz tarixi, qadimiy va muqaddas qadamjolar, milliy urf-odatlarimiz bilan yaqindan tanishtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va asrash, bolalar o‘rtasida ekologiya hamda sayohat qilish madaniyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etiladi.
3. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalari etib belgilansin:
yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash, bunda ularning san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish hamda qizlarni ijtimoiy faol hayotga tayyorlashni tashkillashtirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash orqali bolalarni individual rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va uslubiy materiallarni doimiy takomillashtirib borish;
robototexnika, mexatronika, muhandislik va kompyuter dasturiy ta’minoti yo‘nalishlaridagi to‘garaklarni doimiy rivojlantirib borish;
bolalar va ta’lim turizmlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;
o‘quvchi-yoshlarning ijodiy ishlarini ommalashtirish, shu jumladan, dunyo bozoriga milliy an’analarimiz asosida “Barkamol avlod” bolalar maktablarining to‘garak a’zolari tomonidan yaratilgan mahsulotlarni olib chiqish maqsadida “Art shop” elektron do‘konlarini tashkil etish va sotuvini yo‘lga qo‘yish;
maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga o‘quvchilar qamrovini oshirish, o‘quvchilar qiziqishlariga ko‘ra to‘garaklarni tashkil etish va doimiy faoliyat olib borishini ta’minlash;
bolalarda kasbni egallash bo‘yicha dastlabki bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, tarmoq to‘garaklari faoliyatini metodik ta’minlash, kitobxonlik madaniyatini oshirish uchun maktabdan tashqari ta’lim muassasalari faoliyatini zamonaviy ta’lim dasturlari orqali takomillashtirish;
yetakchi tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda “Barkamol avlod” bolalar maktablarida robototexnika va texnik ijodiyot yo‘nalishida foydalanadigan xomashyolar ro‘yxatini shakllantirish va yangilab borish;
bolalar texnik ijodkorligini rivojlantirish uchun xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari asosida “Barkamol avlod” bolalar maktablarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “Bolalar texnoparki” loyihalarini tashkil etish;
“Barkamol avlod” bolalar maktablari va “Bolalar kutubxonalari”ning xalqaro hamda respublika tanlovlari g‘oliblarini munosib rag‘batlantirish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish;
tizimda ilmiy va amaliy tajriba almashish ishlarini olib borish maqsadida xorijiy mamlakatlarda xodimlarning malaka oshirishi hamda maqsadli xizmat safarlarini tashkil etish;
bolalar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ko‘chma kutubxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bolalar
va maktab kutubxonalarini badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish;
maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining bo‘sh turgan bino va yer maydonlaridan samarali foydalanishni ta’minlash uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maqsadli loyihalarni amalga oshirish.
4. Quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |