g) Temir-beton qobiqlar.
Ko‘prik ustunlari poydevorlarini chuqur joylashgan (30-50m) mustahkam
grunt qatlamlariga o‘rnatishda hozirgi vaqtda katta diametrli (6 megrgacha)
qoziq - qobiqlardan keng foydalanilmoqda. Bunday qobiqlardan eng ko‘p
ishlatiladigani alohida 4-12 metrli bo‘laklardan tashkil topgan aylana shaklidagi
temir-beton yoki temir qobiqlardir. Bo‘laklar o‘zaro payvandlab biriktiriladi.
Katta diametrli qobiqlar ichi bo‘sh holida o‘rnatiladi. Loyihada ko‘rsatilgan
satxgacha tushirilgach, qobiq ichidagi grunt beton bilan to‘ldiriladi. Bunday
qobiqlar gruntga bosim ostida, burab va tebratish nuri bilan o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |