Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Imoratlarni baholashda sotuvlarni qiyoslash yondoshuvi



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/248
Sana06.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#110577
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   248
Bog'liq
ABw9KJIO6mmD3xRs2QpJyCrMmSGNqx07VZpbfi7a

 
11.4. Imoratlarni baholashda sotuvlarni qiyoslash yondoshuvi. 
Bu  yondoshuvda  ko‘chmas  mulkka  talab,  ya’ni  uning  bozoradagi  holati 
o‘rganilib,  bir  necha  o‘xshash  ob’ektlarini  narxini  keltirish  asosida  aniqlanadi. 
Mavjud  yondoshuvni  qo‘llashdagi  ma’lum  qiyinchiliklar  bo‘lib  ulardan  biri 
bozor qiymatini aniqlashga doir hisoblashning zarurligidir. Bunda bozor omillari 
o‘z  ta’sirini  o‘tkazmaydi.  Katta  daromadli  ob’ektlarni  sotish  jarayonida  sotish 
shartlari va iqtisodiy ko‘rsatkichlari ham  yoki to‘liqsiz bo‘ladi. SHuning uchun 
sotuvlarni  qiyoslash  usulining  ushbu  holatlarida  faqat  bozor  qiymati  miqdorida 
bo‘lishi  bir  qancha  ishonchliroq  bo‘lgan  ma’lumotlarni  bayon  qilish  mumkin 
bo‘ladi.  Aynan  shuning  uchun  ko‘chmas  mulkning  savdo  bahosini  sotuvlarni 
qiyoslash usuli bilan aniqlash ehtiyotkorlik bilan bajarilishini talab qiladi. 


 284 
 
 
Sotuvlarni qiyoslash usuli nosavdo ko‘chmas mulk - ko‘p xonali va xususiy 
turarjoylar, kottejlar, bog‘ va dalaxovlilarni baholashda eng aniq ma’lumotlarni 
beradi: 
Sotuvlarni qiyoslash yondoshuvi quyidagi tartibda qo‘llaniladi: 
- ob’ektlarning qiyosiy foydaliligiga aloqador bo‘lgan barcha omillar haqida 
aniq axborot olish maqsadida bozorni batafsil o‘rganish; 
-  qiyosiy  birliklarni  aniqlash  va  har  qaysi  birlik  bo‘yicha  qiyosiy  tahlil 
o‘tkazish; 
-  baholanayotgan  ob’ektni  tanlangan  qiyoslash  ob’ektlari  bilan  solishtirish. 
Maqsad - ularning sotilish narxlarini tuzatish yoki qiyoslanuvchilar ro‘yxatidan 
chiqarishdir; 
-  qiyosiy  ob’ektlar  qiymatining  tuzatilgan  ko‘rsatkichlarining  bir  qatorini 
bittaga yoki baholash ob’ekti bozor qiymatining diapazoniga keltirish. 
Qurilgan  maydonlar  sotuvlari  tahlil  etilganda  odatda  quyidagi  qiyoslash 
birliklari ishlatiladi: 
- bino yoki inshoot umumiy maydonining 1kv.m. narxi; 
- ijaraga topshiriladigan bino yoki inshoot sof maydonining 1kv.m. narxi; 
- er qiymati hisobga olinmagan binoning 1kv.m. narxi; 
- xona narxi; 
- kvartira yoki ko‘chmas mulkning boshqa birligi narxi; 
- bino yoki inshootning 1 kub metr narxi; 
- daromad keltiruvchi birlikning narxi. 
Umumiy  maydonning  1kv.m.  narxi  garchi  bozorlarda  ishlatilsa  ham,  ayni 
vaqtda qiyoslash birligi sifatida anchagina noaniqdir, negaki mulkning iste’mol 
sifatlarini  etarli  darajada  hisobga  olmaydi.  Binoning  1kv.m.  narxi  ko‘chmas 
mulkning  sotilish  narxidan  maydon  qiymatini  chiqarish  va  ayirmani  binoning 
umumiy  maydoniga  bo‘lish  orqali  xosil  qilinadi.  SHu  yo‘sinda,  o‘zining 
joylashishi  tufayli  turli  qiymatga  ega  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  erning  qiymati 
alohida hisobga olinadi. 


 285 
 
 
Xona  narxi  qiyoslash  birligi  sifatida  «xona»  tushunchasining  aniq  ta’rifi 
sharti  bilangina  ma’noga  egadir.  Bu  tushunchaning  turlicha  talqin  etilishi  bir-
biriga o‘xshamas taxlil natijalariga olib kelishi mumkin. 
Qiyoslashning tarkibiy qismlarini tanlash. 
Ko‘chmas  mulk  narxlarining  o‘zgarishlariga  sabab  bo‘ladigan  ko‘chmas 
mulk ob’ektlari va kelishuvlarning xususiyatlari qiyoslashning tarkibiy qismlari 
deb ataladi. 
Qiymatga  bog‘liq  bo‘lgan  tarkibiy  qismlarni  ajratish  uchun  bozor 
sharoitlarini  mufassal  taxlil  etish  zarurdir.  Qiyoslash  ob’ektlarini  baholash 
ob’ektlari bilan solishtirish uchun qiyoslashning har bir ajratilgan tarkibiy qismi 
bo‘yicha  qiyoslash  ob’ektlarining  sotilish  narxlariga  tuzatishlar  kiritish  lozim. 
Bunda  tuzatish  yo  umumiy  narxga  yoki  qiyosiy  birlik  narxiga  nisbatan 
qo‘llanilishi  mumkin.  Tuzatishning  umumiy  kattaligi  ob’ektlar  o‘rtasidagi 
farqning darajasiga bog‘lik bo‘ladi.   
Demak  bu  yondoshishda  baholanayotgan  ob’ektdan  qiyoslashga  tanlangan 
ob’ektlar orasidagi hamma, asosiy farqlar tegishli matematik usullar yordamida 
inobatga  olinadi  va  qiyoslaniladigan  imoratlarni  baholanuvchi  mulkning 
holatiga keltiriladi. Qiyoslash yondoshuvida mulkni bozoriy narxi aniqdanadi. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish