O‘zgarish tamoyili ko‘chmas mulk qiymatining vaqtdagi beqarorligini aks
ettiradi.
Qiymatning o‘zgarishi ham ko‘chmas mulkning o‘zgarishi (masalan,
qurilish konstruksiyalarining jismoniy emirilishi, qayta ta’mirlash), ham tashqi
sharoitlarning o‘zgarishi natijasida ro‘y beradi. Kelgusi foydalarni oldindan
aytish uchun tashqi va ichki shartlar o‘zgarishlarini kuzatib borish muhimdir.
O‘zgarish tamoyili baholashning professional andozasining baholashning aniq
sanasi qayd etilishini izohlaydi.
Umuman baholash amaliyoti texnik, huquqiy va iqtosodiy (uchta yondashuv
asosida) baholash jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
277
Do'stlaringiz bilan baham: |