Raqobat tamoyiliga ko‘ra, bozordagi daromad ishlab chiqarish omillarining
to‘lanishi uchun zarur bo‘lgan darajadan oshib ketsa, unda mazkur bozordagi
raqobat o‘sadi. Bu esa daromadlarning o‘rtacha darajasining pasayishiga olib
keladi. Bozordagi ortiqcha daromad salbiy raqobatga sabab bo‘ladi. Ayni vaqtda
oqilona raqobat bozor rivojlanishiga yordam beradi. Monopolizmda raqobatning
yo‘qligi, baholash vaqtida bozor qiymatini aniqlashdan tashqarida turgan fakt
sifatida hisobga olinadi.Bu tamoyil bozor me’yoridan oshib ketadigan
daromadni ko‘rib chiqishda juda zarurdir. Agar daromad uzoq muddatli ijara
bilan ta’minlanmasa, unda uning tushish ehtimoli bozordagi o‘rtacha
daromaddan ancha pastroq tavakkallik esa tegishli ravishda yuqoriroq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |