Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/248
Sana06.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#110577
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   248
Bog'liq
ABw9KJIO6mmD3xRs2QpJyCrMmSGNqx07VZpbfi7a

Nazorat savollari 
1. Po‘lat konstruksiyalarni loyihalash va hisoblash asoslari 
2. Qurilishda ishlatiladigan po‘latlarning xossalari va sortamenti 
3. Po‘lat konstruksiyalarni chegaraviy holatlar bo‘yicha hisoblash 
4. Metall konstruksiyalarining xossa va xususiyatari 
5. Ferma turlari. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 114 
 
 
V BOB. QURILISH KONSTRUKSIYALARI 
5.1.Beton, temir-beton konstruksiyalari 
 
Beton  boshqa  materiallar  singari  siquvchi  kuchlanishlarga  ancha  katta 
qarshilik ko‘rsatadi, cho‘zilishga juda ham kam qarshilik ko‘rsatadi. Betonning 
cho‘zilishdagi  mustahkamligi  siqilishdagiga  nisbatan  10-15  marta  kichik.  SHu 
sababli beton konstruksiyalari asosni mustahkamlashda, ma’suliyati cheklangan 
imoratlarning  poydevorlarida,  o‘zini  og‘irligini  ko‘tarishi  mumkin  bo‘lgan 
devorlarda  va  shu  kabi  sharoitga  ega  konstruksiyalarda  keng  qo‘llaniladi. 
Oldindan  zo‘riqtiriladigan  konstruksiyalar  uchun  mustahkamligi  va  zichligi 
yuqori, cho‘kishi va tobtashlashligi cheklangan betonlar ishlatiladi. 
Betonning  fizik-mexaniq  xossalari  qorishmaning  tarkibi,  bog‘lovchi  va 
to‘ldirgichlarning  turi,  suv-bog‘lovchi  nisbati,  betonning  tayyorlanish  usuli, 
yotqizilishi  va  unga  ishlov  berish  usullari,  qotish  sharoitlari  (tabiiy  qotish, 
avtoklavda ishlov berib qotirish), betonning yoshi va boshqalarga bog‘liq. Beton 
uchun  material  tanlashda,  uning  tarkibini  belgilashda  bularning  hammasini 
hisobga olish kerak. 
Qurilishda  odatdagi  og‘ir  betonlar  eng  ko‘p  tarkalgan  bo‘lib,  ularning 
zichligi  2200-2500  kg/m
3
,  odatdagi  zich  to‘ldirgichlar  qo‘shib  tayyorlanadi. 
Zichligi  2500  kg/m
3
  dan  ortiq  betonlar  og‘ir  betonlarga  kiradi.  Ulardan 
radiatsiyadan  himoyalanishda  foydalaniladi  va  hajmiy  massasi  oshirilgan 
(magnetit,  limonit,  barit,  chuyan  pitrasi  va  boiqalar)  to‘ldirgichlarning  maxsus 
turlari qo‘shib tayyorlanadi. Betonning zichligi 1800 kg/m
3
 dan yuqori va 2200 
kg/m
3
  gacha bo‘lganida  engillashtirilgan betonlarga kiradi,  zichligi  1800 kg/m
3
 
bo‘lganida  engil  betonlarga  kiradi.  Betonning  og‘irligi  g‘ovak  to‘ldirgichlar 
qo‘shib  (keramzit,  agloporit,  pemza,  tuf,  oxak-chig‘anok  va  boshqalar),  yoki 
beton aralashmasiga g‘ovak hosil qiluvchi qo‘shimchalar solib, engillashtiriladi. 
Betonning  mustahkamligi  etarli  darajada  yuqori  bo‘lishi,  armatura  bilan 
yaxshi  tishlashi  va  zichligi  yuqori  bo‘lishi  armaturani  zanglashdan  himoya 
qilishini va konstruksiyaning uzoqqa chidashini ta’minlash zarur. 


 115 
 
 
Ba’zan  qo‘shimcha  ravishda;  suv  o‘tkazmasligi,  suvga  nisbatan  chidamli 
bo‘lish,  sovuqqa  nisbatan  chidamli  bo‘lish,  o‘tga  chidamliligi  va 
zangbardoshligi  juda  yuqori  bo‘lishi  og‘irligi  kam  bo‘lishi,  issiq  va  ovoz 
o‘tkazuvchanligi past bo‘lishi kabi talablar qo‘yiladi. 
 
6.1.-rasm. Qurilishda temir-beton konstruksiyalari 
 
Temir-beton  konstruksiyalar  o‘tgan  asrning  o‘rtalarida  paydo  bo‘ldi,  o‘sha 
asrning  oxiridayok  temir-betondan  tayerlangan  qovurg‘ali  orayopmalar, 
dastlabki  ko‘priklar,  quvurlar  qurildi.  XX  -  asr  boshida  Moskvada  to‘sinsiz 
temir-beton  orayopmalar,  Nikolaev  shahrida  esa  dunyoda  birinchi  marta  temir-
beton  mayok  qad  ko‘tardi.  Keyinchalik  temir-beton  konstruksiyalar  binolar  va 
inshootlarning yaxlit konstruksiyalari tarzida tobora keng tarqaldi. 30 yillarning 
boshida  birinchi  marta  oldindan  zo‘riqtirilgan  konstruksiyalar  paydo  bo‘ldi. 
Urishdan  keyingi  yillarda  yig‘ma  temir-beton  konstruksiyalar  gurkirab 
rivojlandi. Sanoat binolarida (ustunlar, to‘sinlar, fermalar, arkalar), yirik panelli 
turar joy va  jamoat binolarida, muhandislik inshootlari (ko‘priklar, estakadalar, 
gidrotexnika  inshootlari  va  boshqalar)  da  temir-beton  konstruksiyalarning 
qo‘llanishi  qurilish  muddatlarini  ancha  qisqartiradi,  tannarxini  kamaytirishga 
olib keladi. 
Temir-beton  hozirgi  zamonda  qurilishning  asosi  bo‘lib  qoldi,  u  jamoa, 
sanoat  va  qishloq  xo‘jaligi  binolari  qurilishida  ko‘plab  ishlatilishidan  tashqari, 


 116 
 
 
ko‘prik,  gidrotexnika  qurilishida  va  boshqa  soxalarda  muvaffaqqiyat  bilan 
ishlatilmoqda. 
Temir-betonning 
rivojlanishi 
hamda 
uning 
texnik 

iktisodiy 
samaradorligining  ortishi,  oqilona  tanlangan  konstruktiv  shakllarni  qo‘llash 
hisobiga 
og‘irliklarining  kamayishi,  engil  va  g‘ovakli  betonlarning, 
armotsementning 
ishlatilishi, 
buyumlarni 
tayyorlash 
texnologiyasining 
takomillashuviga bog‘liq. Temir-beton konstruksiyasi aksariyat standart yig‘ma 
elementlardan  tashkil  topgan  bo‘lib,  ular  asosan  temir-beton  zavodlarida 
tayyorlanadi va qurilish maydonida yig‘iladi. CHet el, MDH davlatlari, xususan 
O‘zbyokistan sharoitida yig‘ma elementli temir-beton konstruksiyalari fuqaro va 
sanoat binolarida keng qo‘llaniladi. Bir qavatli sanoat binosining konstruksiyasi 
6.2-rasmda ko‘rsatilgan. 
 
 
 
6.2-rasm. Sanoatda qo‘llaniladigan temir-beton sinchli konstruksiya. 1-
to‘sin, 2-fonarь, 3-yopma panellar, 4-kranosti to‘sinlar, 5-ustunlar 
 
Po‘lat  siqilish  va  cho‘zilishga  juda  yaxshi  ishlaydi.  Ana  shu  boisdan  ham 
temir-beton  yaratish  g‘oyasi  paydo  bo‘ldi,  unda  siquvchi  yuklarni  beton, 
cho‘zuvchi  yuklarni  esa  po‘lat  armatura  qabul  qiladi.  Egiladigan  temir-beton 
elementlarda  ishchi  armaturani,  odatda,  elementning  cho‘zilgan  qismida 
joylashtiriladi. 
Ishchi  armatura 
element 
kesimlarini  kichraytirish 
va 
konstruksiyaning  xususiy  og‘irligini  kamaytirish  uchun  quyiladi,  Beton 
(armaturasi  yo‘q)  elementlar  to‘satdan  emiriladi  ayni  bir  paytda  temir  -  beton 


 117 
 
 
elementlar  asta  -  syokin  emiriladi,  bu  esa  ularning  mustahkamlik  zaxiralarini 
kamaytirish imkonini beradi. 
Respublikamizni  issiq  kunlariga  kelsak,  harorat  40 
0
S  va  undan  ortiq 
bo‘lganda  betonning  holati  o‘zgarganini  ko‘ramiz.  Odatdagi  betonga  yuqori 
harorat  uzoq  vaqt  ta’sir  etganidassement  toshining  qotganligi,  juda  ko‘p 
cho‘kkanligi va mustahkamligi pasayganligi,ssement toshi va to‘ldirgichlarning 
harorat tufayli deformatsiyalanish koeffitsientlari turlicha bo‘lganligi va boshqa 
sabablar  tufayli  emiriladi.  SHu  sabablissement  bog‘lovchilardan  harorat 
50°Sdan oshmaydigan hollardagina foydalanishga ruhsat etiladi. 
 
6.3-rasm.Temir-betondan tayyorlangan ustyopma 
 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish