5.6. Metal konstruksiyalar
Qurilish konstruksiyalari metall birinchi bor XII asrdan boshlab alohida
detallar (tortkichlar, maxkamligichlar) ko‘rinishida qo‘llana boshlangan.
Metalldan (chuyandan) ishlangan birinchi qurilish konstruksiyasi XVII- XVIII
asrlarda paydo bo‘ldi. XIX asrda cho‘yan -temir fermalar, parchinlab
tayyorlangan temir fermalar va temir konstruksiyalar paydo bo‘ldi. Elektr
payvandlashning rivojlanishi undan metall konstruksiyalar qurilishda keng
foydalanishga olib keldi. Hozirgi vaqtda metall konstruksiyalarda biriktirishning
bunday usuli elementlarni biriktirishning asosi bo‘lib qoldi, bu esa metall sarfini
kamaytirishga va tayyorlashdagi mehnat sarfini kamaytirishga olib keldi. Metall
131
konstruksiyalar jahonda yuqori darajada rivojlandi. Kam legirlangan o‘ta
mustahkam po‘latlar va alyuminiy qotishmalari, oldindan zo‘riqtirilgan, yahlit
payvandlangan
engil
va
tarkibli
konstuksiyalar
muvaffaqiyat
bilan
ishlatilmokda. Juda ko‘p noyob inshootlar - balandligi 200-300 m dan ortiq tele
va radio minoralari, katta oraliqli ko‘priklar, sport va ko‘rgazma zallari tom
yopmalari, baland binolarning sinchlari metalldan ishlangan.
Qurilishda ishlatiladigan po‘latlar kimyoviy tarkibiga ko‘ra kam uglerodli va
past legirlangan po‘latlarga bo‘linadi. Kam uglerodli po‘latlarning mexaniq
xossalari asosan ularning tarkibidagi uglerod miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Past
legirlangan po‘lat tarkibiga po‘latning mustahkamligini, zarbiy qovishoqligini
va korroziyabardoshligini oshiradigan legirlovchi moddalar ko‘shiladi.
Olinish usuliga ko‘ra po‘latlar Marten po‘lati va
kislorod konvertor
po‘latiga
ajraladi. Kislorod konvertor po‘latlari qaynaydigan – «QP» po‘latlar holida
tayyorlanadi. Metallurgiya zyavodlari kam uglerodli po‘latlarni mexaniq
xossalari kafolatlangan (A gurux) kimyoviy tarkibi (B gurux), shuningdek
mexaniq xossalari va kimyoviy tarkibi kafolatlangan (V gurux) holda ishlab
chiqaradi. Me’yoriy ko‘rsatkichlariga qarab po‘latlar 1, 2, 3, 4, 5, 6-raqamli
toifalarga bo‘linadi, ularning har biri uchun 2-mustahkamlik guruhi belgilangan
bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar po‘latlarning belgilanishida ko‘rsatiladi. Masalan, pulat
VS t 3 sp 5 - I deyilganda, V guruhga kiradigan StZ markali, tinch, 5- toifa,
mustahkamlikning 1- guruhiga kiradigan po‘lat tushuniladi.
Past legirlangan po‘latlar doimo V guruxda chiqariladi, shu sababli uning
belgilanishi raqamlardan boshlanadi. Dastlabki ikki raqam uglerod foizining
yuzdan bir ulushlaridagi miqdorini ko‘rsatadi, harflar bilan legirlovchi
qo‘shimchalar belgilanadi (G -marganets, S- kremniy, X- xrom, N — nikelь, D-
mis, A- azot, F -vannadiy). SHu xarflardan keyingi raqamlar ularning 1% dan
ortiq bo‘lgan miqdorini ko‘rsatadi. Masalan, 10 G2S1 markali po‘lat tarkibida
0,1 % uglerod, 2% marganets va 1 % kremniy bo‘ladi.
132
Po‘lat fizikaviy xossalarining asosiy ko‘rsatkichlari; zichligi
= 7850
kg\m
3
, elastiklik moduli E=206.YU
3
MPa, siljish moduli G=78.10’
5
chiziqli
kengayish koeffitsienti ,
= 1,2.10
-5
grad
-1
. Uglerodli po‘latning cho‘zilish
diagrammasi oquvchanlik maydonchasi borligi bilan xarakterlanadi, uning
asosiy xarakteristikalari oquvchanlik chegarasi va muvaqkat qarshiligidir. Past
legirlangan po‘latlarning cho‘zilish diagrammasida oquvchanlik maydonchasi
bo‘lmaydi, fizik oquvchanlik chegarasi belgilanadi, bunda qoldiq deformatsiya
0,2 % ga teng bo‘ladi.
Po‘lat konstruksiyalarni loyhalashda po‘latning ishlashiga haroratning
ta’sirini e’tiborga olish kerak. Bunday ta’sir issiq iqlimli va havoning mavsumiy
hamda kunlik harorati ko‘p o‘zgaradigan tumanlarda tiklanadigan ochiq
konstruksiyalarda
ayniqsa,
sezilarli
bo‘ladi. Bunday xollarda po‘lat
konstruksiyalarning
elementlarida
katta
harorat
deformatsiyalari
va
qo‘shshmcha zo‘riqishlar paydo bo‘lishi mumkinligini nazarda tutish kerak.
Ularni kamaytirish uchun po‘lat konstruksiyalarni qattiq qizib ketishdan
muhofaza qilish, harorat choklari kuyish va boshqa chora tadbirlarni ko‘rish
lozim bo‘ladi. SHunday qilinganda po‘latning qizish natijasida mexaniq
xossalarining o‘zgarishi kam bo‘ladi va uni e’tiborga olmasa ham bo‘ladi. Agar
harorat ancha oshib ketadigan bo‘lsa, masalan pechlar, issiqlik agregatlari va
shunga o‘xshash texnologik uskunalar yaqinida bo‘lsa, u holda po‘latning
mexaniq xossalarnni o‘zgarishini e’tiborga olish lozim. Masalan, harorat 300° S
ga kadar ko‘tarilganda po‘lat mo‘rt bo‘lib qoladi, 600° S ga etganda yuk
ko‘tarish qobiliyati keskin kamayib ketadi.
Po‘latdan qurilishda foydalanish uchun bir necha xil standart profillar,
masalan, shveller, burchaklik, qo‘shtavr kabilar zavod sharoitida ishlab
chiqariladi (9.1-rasm).
133
6.5-rasm. Metalldan standart ko‘rinshida, zavod sharoitida chiqaziladigan
konstruksiyalar.
a) yonlari teng burchaklik, b) yonlari teng bo‘lmagan burchaklik, v)
shveller, g,d) qo‘shtavrlar va boshqa turli shakllar
Aksariyat konstruksiyalar turli profillar yig‘indisidan hosil bo‘ladi. Po‘lat
profillarning o‘lchamlari-nomerlari konstruksiyalarning chegaraviy shartlariga
doir hisobini amalga oshirish orqali topiladi.Qo‘shtavrli kesimlar oddiy yoki
teng tokchali bo‘lishi mumkin. SHvellerlardagi kabi ularning nomeri ham sm
hisobidagi balandligiga to‘g‘ri keladi. Oddiy kesimlarda qo‘shtavrlar,
shvellerlarda bo‘lganidek, tokchalarining ichki qirrali qiya, keng tokchali
qo‘shtavrlarning tokchalari qirrasi esa parallel bo‘ladi. Bukilgan kesimlar
qalinligi 1…8 mm li lenta listdan tayyorlanadi. Ularning shakli turli bo‘lishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |