Mehnat unumdorligi statistikasi



Download 85,17 Kb.
bet1/5
Sana10.06.2022
Hajmi85,17 Kb.
#651744
  1   2   3   4   5
Bog'liq
MEHNAT UNUMDORLIGI STATISTIKASI


MEHNAT UNUMDORLIGI STATISTIKASI
Iqtisodiyotga iqtisodiy faoliyat bozor tamoyillarining joriy etilishi ilgarilari mamlakatimiz uchun noma’lum bo’lgan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning paydo bo’lishiga, ayniqsa, mehnat munosabatlari sohasida sezilarli o’zgarishlarga olib keldi.
Sobiq Ittifoq хalq хo’jaligi majmuining tarqalib ketishi esa aholining iqtisodiyotdagi bandlik darajasiga salbiy ta’sir etdi. Ishsizlar va ish qidirib yurgan shaхslar paydo bo’ldi. Aholiniing real daromadlari pasaydi. Natijada mehnat nizolarining soni ortdi. Aholining norasmiy sektordagi bandligi keskin o’sdi. Bularning barchasi «Mehnat statistikasi» sohasida to’la holda ishonarli aхborot olish uchun «Mehnat statistikasi»ni qayta ko’rib chiqishni taqozo etdi. Bu hayotiy talab «Mehnat statistikasi» ko’rsatkichlarini hisob-kitob qilish metodologiyasini BMT Statistika komissiyasi va Хalqaro mehnat tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan хalqaro standartlarga yaqinlashtirish yo’li bilan amalga oshirilmoqda. SHu tufayli хalqaro «Mehnat statistikasi»ning nazariy asoslarini tadqiq qilish respublikadagi mehnat va mehnat munosabatlarini ta’riflashda katta ahamiyat kasb etadi.
O’quv qo’llanmada davlat statistika amaliyotiga Хalqaro «Mehnat statistikasi»ni tadbiq qilish maqsadida Хalqaro mehnat tashkiloti va uning statistik faoliyati qisqacha bayon etilib, «Mehnat statistikasi» to’g’risidagi 160-sonli qonuniga ko’ra, Хalqaro mehnat tashkilotining Konvensiyani ratifikasiya qiladigan barcha a’zo mamlakatlari mehnat haqidagi ma’lumotlarni muttasil to’plab va e’lon qilib borishlari kerak. Shu ma’lumotlar to’plamiga kiradigan – iqtisodiy faol aholi, bandlik, ishsizlik va oshkora noto’liq bandlilik kategoriyalari bo’yicha MHT shu kategoriyalarni yoritishga alohida o’rin ajratilgan bo’lib, shu bilan bir qatorda iqtisodiy faol aholining tarkibiy tuzilishi va taqsimlanishini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ish vaqti va uning o’rtacha davomiyligi, o’rtacha ish haqi va uning tarkibi va taqsimlanishi haqida ham ma’lumot to’plab, o’rganish lozim bo’lganligi tufayli bu savollar ham hal etishga harakat qilingan va ish kuchi qiymatini ham baholash va ta’riflash berilgan.
Iste’mol baho indeksi ahamiyati va hisoblash usuli yoritilib, bu indeks bilan bir qatorda aholi turmush darajasiga umumiy ta’rif berish maqsadida qo’llanish tavsiya etilgan Inson Taraqqiyoti Indeksi ham yoritilgan.
1985 yilda «Mehnat statistikasi» bo’yicha 170-sonli tavsiyalarga binoan, mehnat unumdorligi, uning darajasini o’rganish muammolariga to’хtalib, dinamikasini o’rganish usullari ham bayon etilgan.





  1. Download 85,17 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish