Kasbga yo`naltiruvchi maqsad: o`quvchilarning durodgorlik, yog`och o`ymakorligi kabi kasblar to`g`risidagi bilim, ko`nikma va malakalarni rivojlantirish.
Darsning vazifalari:
–o`quvchilarga texnologik xarita to`g`risidagi umumiy tushunchalarni o`rgatish;
–toq`moq yasash uchun texnologik xarita tayyorlash to`g`risida ma`lumot berish
–to`qmoq yasashda bajariladigan ish usullari, asbob- uskunalar va moslamalar bilan tanishtirish;
–asbob-uskunalar va moslamalardan foydalanishda rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya gigiena talablariga amal qilishni uqtirish;
–sohaga oid kasblar bo`yicha ma`lumot berish.
Dars tipi: Yangi bilimlar berish.
Dars turi: amaliy
Darsda qo`llaniladigan o`qitish metodlari;Taqdimot, baxs-munozara, savol- javob .
Fanlararo bog`lanish; rasm, chizmachilik, matematika, fizika, chizmachilik, iqtisodiy bilim asoslari va boshqa.
Dars jihozi: kompyuter, proyektor, ekran, slaydlar, texnologik xarita, asbob- uskunalar va moslamalar, buyum namunasi, xavfsizlik texnikasi qoidalari, sohaga oid kasb ko`yicha ko`rgazma materiallari.
Darsning borishi.
Tashkiliy qism.
So`rash. O`tilgan dars mavzusi yuzasidan savol-javob o`tkazish, Yangi pedagogik va axborot texnologiyalaring qo`llagan holda o`quvchilar bilimini nazorat qilish.O`quvchilarning javoblarini umumlashtirib, yangi mavzu yuzasidan yo`l-yo`riqlar berish.
Yangi mavzu bayoni
Reja:
Duradgorlik asboblaridan to`qmoq yasash bo`yicha umumiy tushuncha.
To`qmoqni yasashga oid eskiz, texnologik xarita tuzish.
Duradgorlik asboblaridan to`qmoq yasash bo`yicha umumiy tushuncha. Yog`och to`qmoqlar o`quvchilar ustaxonalarda tanishadigan dastlabki asboblardan biridir. Yog`och to`qmoqning qo`llanish sohasi juda keng: ular yupqa list metalga ishlov berishda ham, duradgorlik ishida ham (dastgoh va randalarni sozlashda, iskanalarni ishlatishda, detallarni yelimlab biriktirishda va h) juda kerakli asbobdir. Tunukasozlar va duradgorlar yog`och va plastmassadan qilingan kallak shakli va kattaligi har xil bo`lgan to`qmoqlardan foydalanadilar. O`quv ustaxonalari sharoitida bunday xilma-xillikga zarurat yo`q. Yog`och (plastmassa) to`qmoqlarining o`lchamlari o`quvchilarning yosh imkoniyatlariga bog`liq, shakli esa bajariladigan jarayon shartlari bilan belgilanadi. Tajriba shuni ko`rsatadiki, metal va yog`och ishlari uchun o`quvchilar kallagi to`g`ri burchakli to`qmoqlardan foydalanishlari qulayroqdir. Duradgorlik ustaxonasida kallgi 120x60x35mm, 110x50x30mm o`lchamli yog`och to`qmoqlar kerak. Chilangarlik o`quv ustaxonalarida ham shunday to`qmoqlardan foydalanish mumkin. Ammo bu o`rinda kallagi plastmassa (tekstolit)dan tayyorlangan to`qmoqlar qulay. Ularning o`lchamlari yog`och to`qmoqnikidan kichikroq, kesimi taxminan 50x25mm, uzunligi 80-100mm. To`qmoqlarning gabarit uzunligi 250mm dan 300mm gacha oraliqda bo`lishi mumkin.
Maktab o`quv ustaxonalarida to`qmoqlarni o`quvchilarning o`zlari tayyorlaydilar. Ishning eng qiyin qismi – kalllakda dasta uchun teshik ochishdir.Teshik bir yo`la yoki kallakning yarmigacha ochilishi mumkin. Bir yo`la ochilgan teshikda dasta pona va nagel yordamida , yarmigacha ochilgan teshikda pona va burama mix yordamida mahkamlanishi mumkin. Yopiq terishning chuqurligi 40-50 mm bo`1adi.Unga dasta quyidagicha mahkamlanadi: dastaning kallakka kiritiladigan uchida dioganal bo`yicha 35-40 mm chuqurlikda qiyin arralanadi. Unga yelim surtilgan pona burab kirgiziladi va dasta kallakka urib kiritiladi. Kallak yorilib ketishining oldini olish uchun dastaning kiritiladigan uchi teshikka nisbatan 1 mm ingichkaroq , qilinadi.Mazkur holatda butun og`irlik kallak to`qimalari bo`ylab tushadi. Bunday yo`nalishda yog`och katta pishshiqlikka ega bo`ladi.
Dasta kallakka taqab kiritilgandan keyin kallakning yon tomonidan kichik teshik parmalanadi, zenkovka qilinadi va burama mixni dastaga kiritadigan qilib burab kiritadi.
O`quvchlar tomonidan to`qmoqni tayyorlash ularga rejalash, arralash, randalash, parmalash ishlarini mashq qilish, oval teshik ochish usullridan biri bilan tanishish, bolg`a va to`qmoqlar uchun dastalar randalash ketma-ketligi, agel yordamida mahkamlash, iskana bilan ishlash usullari bilan tanishish imkonini beradi.
O`quvchilar to`rtta mashg`ulotda to`qmoq tayyorlashga ulguradilar. Birinchi mashg`ulot eng murakkab va mas`ulyatli mashg`ulotdir. Bu mashg`ulotda o`quvchilar kallak tayyorlaydilar. Ish quyidagi izchillikda bajariladi: kesi kallak kesimiga teng bo`lgan bruslardan uzunligi 120 mm li zagotovkalar arralab olinadi.
Keyin zagotovkada teshik markazlari belgilandi va ular parmalanadi. Ishning eng mas`ulyatli qismi- teshiklar o`rtasidagi perewmijkalarni iskana bilan qirqishdir. Bu mahsg`ulotlar davomida o`quvchilarda iskana bilan ishlash ko`nilmalari yanada shakillanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |