Mehnat resurslarini boshqarishning mazmuni va mohiyati Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi tahlili


Mehnat unumdorligi darajasi va dinamikasi tahlili



Download 92,67 Kb.
bet8/9
Sana11.07.2022
Hajmi92,67 Kb.
#777862
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ходимларнинг

Mehnat unumdorligi darajasi va dinamikasi tahlili





Ko‘rsatkichlar

O‘tgan
yil

Hisobot yili

Og‘ish (+,-)

reja

haq.

o‘tgan
yildan

rejadan

1

Taqqoslama ulgurji narxlarda mahsulot (ish, xizmat) hajmi (ming so‘mda)

251222

266669

315642

64420

48973

2

Korxona xodimlarining o‘rtacha soni

1233

1114

1161

-72

47

3

Ishchilarning o‘rtacha soni

974

936

952

-22

16

4

Xodimlarning umu­miy sonida ishchilar- ning ulushi (3-qator *100: 2 - qator.)

78,99

84,02

82,00

3,00

-2,02

5

Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot (ming so‘mda)

257,93

284,90

331,56

73,63

46,65

6

Bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot (ming so‘mda)

203,75

239,38

271,87

68,12

32,49

7

Bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulotning rejadan og‘ishi (ming so‘mda)

X

X

X

X

32,49




Jumladan:
















a

Xodimlarning umu- miy sonida ishchilarning ulushi o‘zgarishi hisobiga (-2,02*284,9:100)

X

X

X

X

-5,76

b

Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot o‘zgarishi hisobiga (+46,65*82:100)

X

X

X

X

38,26

Bizning misolimizda bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot rejaga nisbatan 32,49 ming so‘mga oshgan. Bu o‘zgarish ishchilar ulushining rejadan 2,02 % kamayishi hamda bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulotning 46,65 ming so‘mga ortishi oqibatida sodir bo‘ldi. Ishchilar ulushining rejadan 2,02 % kamayishi mehnat unumdorligining 5,76 ming so‘mga qisqarishiga olib keldi. Bir ishchining o‘rtacha yillik ishlab chiqarishi 46,65 ming so‘mga o‘sishi, bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulotning 38,26 ming so‘mga oshishiga sabab bo‘ldi.
Korxonani to‘liq baholash va mehnat unumdorligini oshirish zaxiralarini aniqlash uchun umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar bilan birga mehnat unumdorligi darajasining xususiy ko‘rsatkichlari: ish vaqti birligi uchun olingan mahsulotlar miqdori haqida yoki i-turdagi
mahsulot birligini ishlab chiqarishga bevosita mehnat xarajatlari haqida ma’lumotlarni ham tahlil qilish zarur. Dastlabkisi mahsulot ishlab chiqarish hajmini bevosita mehnat xarajatlariga bo‘lish orqali, ikkinchisi - bevosita mehnat xarajatlarini (kishi-soatlarda) mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Mehnat unumdorligi darajasi ustidan tezkor nazorat qilish uchun yil davomida alohida turdagi ishlar yoki ishlab chiqarish jarayonlari bo‘yicha uning darajasining qo‘shimcha ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi: bajarilgan ish birligiga mehnat sarfi yoki ish vaqti birligi uchun bajarilgan ishlar miqdori.


XULOSA
Korxona va tashkilotlarda tadbirkorlik subyektlari xo‘jalik yuritishning shaxsiy manfaatdorlik tashabbuskorlik va mulkiy javobgarlik tamoyillariga tayanib, iqtisodiyotda turli mulk shakllarining teng huquqlilik va sog‘lom raqobat asosida rivojlanib borishiga asoslanadi. Ular yetishtirgan mahsulotiga egalik qilishiga, mol-mulk, moliyaviy va moddiy resurslarini mustaqil tasarruf etishiga, mulkka bo‘lgan egalik xissiga ko‘ra, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos tushadi. Bunda esa boshqaruvni to‘g‘ri tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqaruv esa uning o‘ziga xos usullari orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda bandlik muammosini hal etish, bozorning mo‘l-ko‘lligini ta'minlash hamda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishdagi imko- niyatlarini inobatga olib, strategik boshqaruvni rivojlanishiga alohida e'tibor berilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi boshqaruv strategiyalarini rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan xarakterlanadi. Kichik korxona shaklidagi tadbirkorlik subyektlariga boshqaruv strategiyalarining samarali qo‘llash yo‘llarini o‘rgatish ularda faoliyatining yakuniy natijalari uchun javobgarlik hissini oshiradi.
Kurs ishining yuqorida tahlil qilingan barcha qismlarini umumlashtirgan holda quyidagi xulosaga kelishimiz mumkin:
Birinchidan, mehnat resurslari korxona oldiga qo‘yilgan maqsadlarni aniq natijalarga aylantirishda personal imkoniyatlarining majmui bo‘lib, o‘z ichiga personalning professional va kvalifikatsion tarkibini jamlaydi va unumdor mehnat orqali samarali natijaga erishishni nazarda tutadi.
Ikkinchidan, inson omiliga insonning shaxsiy xususiyatlar majmuining yuzaga chiqishi sifatida qarash kerak. Bu esa uning mehnat jarayonidagi faoliyatida namoyon bo‘ladi. Ushbu tushuncha insonning ishlab chiqarish jarayonidagi hal qiluvchi rolini ko‘rsatib beradi.
Uchinchidan, texnologiyalar va kapital tezkorligining oshishi bilan raqobatbardoshlik faqatgina mehnat resurslarining sifati, ularning ishlab chiqarish
qobiliyati va egiluvchanligiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Bu bevosita menejmentning inson omilini faollashtirishga, ishchilardan nafaqat moddiy, balki ma'naviy jihatdan ham foydalanishga, ya'ni faqatgina uning ish bajarish qobiliyatidan emas, balki ijodiy, tashkilotchilik qobiliyatlaridan ham unumli foydalanishga e'tiborni kuchaytirish zarur bo‘lib borayotganligidan dalolat beradi.
To‘rtinchidan, korxona faoliyatida mehnat resurslaridan foydalanish holatining tahlili shuni ko‘rsatadiki, “FOTON” AJ da so‘nggi yillarda kadrlar sonining kamayib borishi, unda moliyaviy ko‘rsatkichlarning sustlashayotganligidan darak beradi. Fikrimizcha, yuqorida bildirilgan takliflar asosida xodimlar idora qilinsa hamda ularning ijodiy salohiyatidan foydalanilsa, korxonada samaradorlik ko‘rsatkichlari birmuncha barqarorlashtirilgan bo‘lar edi.
Boshqaruv strategiyalarining asosiy vazifasi korxonalar ishchi, xizmatchilarini boshqarish tizimini takomillashtirish, shuning negizida bozorni zarur yuqori sifatli xalq iste'moli mahsulotlari bilan boyitish, jahon bozoriga chiqishga keng yo‘l ochish va o‘z mahsulotlarini xorijiy davlatlarda raqobatbardosh qilib tayyorlash, uni valyutaga sotish va bu bilan respublika iqtisodiyotini boshqarishni xalqaro andozalarga olib chiqadigan boshqaruv usullarining ilmiy negizini yaratishdir.
Tashqi sharoitlardagi raqobat, kiritilgan yangiliklar, iste'mol talabi va davlat siyosati kabi o‘zgarishlar korxona loaqal erishilgan ishlab chiqarish darajasini saqlab qolishi uchun yangi yondashuvlar, ish usullari va mahsulotlar ishlab chiqarishni talab qiladi.
Korxona mavjudlik shartlarining vaqtdagi o‘zgarishlari tashkiliy
rivojlanishning mohiyatidir. Odatda rivojlanish yangiliklar kiritish, o‘sib boruvchi quvvatlar va ishlab chiqarish miqyosining ortishi sifatida tushuniladi. Biroq ushbu ijobiy jihatlar rivojlanishning yagona xususiyatlari emas.
Korxonalar vaqtda gullab-yashnash tomon ham, tanazzul va halokat tomon ham rivojlanishi mumkin. Garchi bu ta'rif aniq holda vaqt o‘lchovlarini taqozo etsa-da, korxona vaqtda nima uchun, qay tariqa va qanday vositalar yordamida o‘zgaradi, degan asosiy masalalar unda hal etilmaydi. Bu masalalar rivojlanish korxonaning vaqtda mavjudlik shartlarining o‘zgarishi sifatida ta'riflanganida batafsilroq ko‘rib chiqiladi. Tashkilotlarning o‘zgarib borayotgan sharoitlarda yashashga qodir birliklar sifatida saqlanib qolishi ularning siyosati, faoliyati va tuzilishi muayyan darajada rivojlanishini taqozo etadi. Boshqa tomondan, tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishining hozirgi tamoyillarini tahlil qilish ular rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi sifatida tashkiliy jihatdan o‘sishga intilayotganidan dalolat bermoqda. Demak, tashkiliy rivojlanish zarurati tashkilotni saqlab qolish, shuningdek o‘stirishga intilish oqibati sifatida yuzaga kelishi mumkin. Bunda o‘sishning o‘zi yashab qolishni kafolatlovchi vosita sifatida tanlangan rivojlanish strategiyasi bo‘lishi mumkin.
Barcha islohotlar, amalga oshiriladigan ishlar inson va uning manfaatlari, uning muvofiq turmush kechirishi uchun amalga oshirilishi, bu esa jamiyat hayotining yaxshilanishi va mehnatga bo‘lgan munosabatining ijobiy o‘zgarishi bilan aks etadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, barcha imkoniyatlardan, insonda mujassamlashgan tuganmas qobiliyatlardan, umuman, mehnat resurslaridan samarali foydalanish nafaqat firma darajasidagi muvaffaqiyatni, balki butun jamiyatning rivojini ta'minlab beradi.



Download 92,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish