Mehnat resurslarini boshqarishning mazmuni va mohiyati Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi tahlili


KORXONANING MEHNAT RESURSLARI BILAN TA’MINLANGANLIGI TAHLILI



Download 92,67 Kb.
bet5/9
Sana11.07.2022
Hajmi92,67 Kb.
#777862
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ходимларнинг

2. KORXONANING MEHNAT RESURSLARI BILAN TA’MINLANGANLIGI TAHLILI
Korxonaning xodimlar bilan ta’minlanganligi va undan foyda- lanish samaradorligiga mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi, foyda va boshqa ko‘rsatkichlar bog‘liq bo‘ladi. Faoliyat yuritayotgan korxonalarda ishlab chiqarish o‘sishiga ayni paytda mavjud yoki undan kamroq ishchilar sonida mehnat unumdorligini oshirish hisobiga erishish lozim.
Korxonaning jami xodimlari ikki guruhga ajratiladi:
1. Ishlab chiqarish xodimlari.
2. Noishlab chiqarish xodimlari.
Ishlab chiqarish xodimlariga - asosiy faoliyatda band bo‘lgan xodimlar - korxonaning asosiy faoliyati (mahsulotlar tayyorlash va sanoat xarakteridagi ishlarni bajarish, ishlab chiqarishni tashkil qilish va korxonani boshqarish va hokazo) bilan bog‘liq faoliyat bilan shu- g‘ullanuvchi shaxslar kiritiladi. Ushbu guruh xodimlari quyidagi toifalarga ajratiladi: ishchilar, xizmatchilar, mutaxassislar va boshqaruv xodimlari.
Barcha turdagi transport, bolalar bog‘chasi va yaslilar, madaniy- maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari va sport-sog‘lomlashtirish sohasidagi xodimlar noishlab chiqarish xodimlari toifasiga kiritiladi.
Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi uning toifalar va kasblar bo‘yicha haqiqatda mavjud ko‘rsatkichini rejadagi ehtiyoji bilan taqqoslash asosida aniqlanadi.
Ishchilar soni o‘zgarishini tahlil qilishda mazkur korxona zaruriy mehnat resurslari bilan qay darajada ta’minlanganligini aniqlash zarur. Ishchilarning haqiqatdagi sonini reja bilan shunchaki taqqoslash yo‘li bilan ushbu savolga to‘g‘ri javob olishning iloji yo‘q. Hisobot bo‘yicha ishchilar miqdori rejaga nisbatan kam bo‘lib chiqishi mumkin. Lekin bu ishlab chiqarish mehnat resurslari bilan ta’minlanmaganligini anglatmaydi, chunki korxonaning rejalashtirilgan ishchilar soniga ehtiyoji yangi texnikalarni joriy qilish, qo‘shimcha ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va ishchilarning muayyan miqdorini ozod qilishga imkon beruvchi qator boshqa tashkiliy-texnik tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan qisqartirilgan bo‘lishi mumkin.
Boshqa tomondan, ishchilarning haqiqatdagi umumiy miqdorining rejaga muvofiqligi ham korxonaning zaruriy mehnat resurslari bilan ta’minlanganligini anglatmaydi, chunki bir kasb bo‘yicha mehnat resurslari ortiqcha bo‘lgan bir vaqtda boshqa kasblar bo‘yicha yetishmaslik kuzatilishi mumkin. Bundan korxonaning mehnat bo‘limi va kadrlar bo‘yicha materiallari ma’lumotlari bo‘yicha ishchilar tarkibini o‘rganish zarurati yuzaga keladi.
Mehnat resurslari ta’minlanganligi va samarali foydalanish tahlili uchun 1- mehnat shakli - “Mehnat bo‘yicha hisobot” statistik shakl qo‘llaniladi.
Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi analitik jadvalda keltirilgan ma’lumotlar bilan tavsiflanadi.
4-jadvaldan ko‘rinadiki, asosiy faoliyat xodimlarining soni hisobot yilida rejaga nisbatan pasayib, 96,8% ni tashkil qilgan, o‘tgan davrga nisbatan esa - 86,8%. Ishchilar soni rejaga nisbatan oshgan, o‘tgan yilga nisbatan esa kamayib, mos ravishda 114,7% va 92,6% ni tashkil qilgan. Rahbarlar va mutaxassislar soni hisobot bo‘yicha reja darajasida 100% bo‘lgan, o‘tgan yilga nisbatan 75,4%.
Tahlil jarayonida ishlab chiqarish xodimlari tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘rganish zarur. Xodimlar tarkibi tarmoq xususiyatlari, mahsulotlar nomenklaturasi, ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va ko‘lamiga bog‘liq bo‘ladi. Xodimlarning har bir toifasi salmog‘i texnika va ishlab chiqarishni tashkil etish taraqqiy etishi bilan o‘zgaradi.
Avtomatlashtirilmagan korxonalarda ishchilarning salmog‘i o‘sishi ishlab chiqarish xodimlari tarkibi yaxshilanganligidan darak beradi.
1- jadval

Download 92,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish