2.2. Standartlar sistemasi.
Jaroxatlanishni oldini olishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining texnika bo’limi tomonidan ishlab chiqilgan xavfsizlik texnikasi qoida va talablarini o’zida mujassamlashtirgan standartlar sistemasi muxim o’rin to’tadi.
«0»-standartlashtirishning tashkiliy usllubiy asoslari.
Ishlab chiqarishning zaharli va havfli faktorlarining ruyxati, klassifikatsiyasi xavfsizlik texnikasi talablarining maqsad va vazifalari.
«1»- standartlashtirishning parametrlarini aniqlash.
Ishlab chiqarishning zaharli va havfli faktorlarini turlarini, parametrlarini, ruxsat etilgan qiymatlarini aniqlash, ximoya qilish usullari.
«2»- standartlashtirishning nazorat uslublari.
Ishlab chiqarishda xavfsizlik talablarini bajarishni nazorat qilish uslublari ishlab chiqariladi.
«3»-standartlashtirishning aloxida texnologik jarayonlarga qo’yiladigan talablari.
Ishlab chiqarish jarayonining xavfsizlik talablari, texnologik jarayonlarining alohida turlariga qo’yiladigan talablarni ishlab chiqish.
«4»- standartlashtirishning nazorat uslubiga aloxida quyiladigan talablari.
Nazorat uslubi va uni baxolash, ximoya vositalarining tiplari, turlariga quyiladigan talablar.
«5»- standartlashtirishning bino, inshoatlarga qo’yiladigan talablari.
Bino loixasi, binoda ishlayotgan xodimlarning xavfsiz ishlashlari va nazorat qilish uslublari talablari.
Do'stlaringiz bilan baham: |