Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi


Reja: Jihozlarda avariya holati yuz berganda umumiy ko’rsatmalar



Download 415,67 Kb.
bet38/126
Sana26.06.2022
Hajmi415,67 Kb.
#705810
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   126
Bog'liq
Mehnat muhofazasi To\'plam Tuychiyeva X.T.

Reja:

  1. Jihozlarda avariya holati yuz berganda umumiy ko’rsatmalar.

  2. Avariya holati ro’y berganda xizmat ko’rsatuvchi xodim bajarishi kerak bo’lgan vazifalar.

  3. Ish joyini qanday hollarda tashlab ketish mumkun.

  4. Issiqlik texnika jihozlarida avariyaning oldini olish va uni bartaraf etish.



  1. Jihozlarda avariya holati yuz berganda umumiy ko’rsatmalar. Avariya holati deb, jihozlar yoki ayrim bo’laklarning o’z vaqtida ko’rilmagan choralar natijasida stansiyaning uzluksiz ishlashiga va jihozlarning saqlanishiga xavf tug’diradigan normal ishlash rejimining buzilishiga aytiladi.

Avariyani bartaraf etayotganda tezkor xodimning harakati quyidagilarga yo’nalgan bo’lishi kerak:
-xodimlar uchun xavfni bartaraf etishga;
-avariyaning rivojlanishining oldini olishga;
-avariya daxl qilmagan jihozlarni ish holatida saqlab qolishga;
-issiqlik va elektr sxemalarni tiklashga hamda mumkin bo’lgan maksimal yuklamani saqlab qolishga.
Avariya bartaraf etgandan so’ng xodim o’chirilgan jihozlarning holatini aniqlashi va uni ishga kiritish choralarini ko’rishi kerak (ishchi o’rinni tayyorlash va ta’mirlash xodimlarini chaqirish).
Shuni esda tutish kerakki, xodim tomonidan o’zini boshqarishni yo’qotish yoki o’ta shoshish oqibatida yo’l qo’yilgan xatolar avariyadan ko’ra og’irroq oqibatlarga olib kelishi mumkun.
Elektr stansiyaning har bir ishchisi navbatchilik vaqtida unga ajratilgan uchastkadagi barcha jihozlarning avariyasiz ishlashiga va ularga to’g’ri xizmat ko’rsatish uchun mas’ul shaxs hisoblanadi.

  1. Avariya holati ro’y berganda xizmat ko’rsatuvchi xodim quyidagilarni bajarishi kerak:

  • insonlarning xavfsizligini ta’minlagan va jihozlarning butunligini saqlagan holda avariyaning rivojlanishini bartaraf etishning zarur choralarini zudlik bilan ko’rishi zarur;

  • bo’lgan voqea (avariya) haqida bevosita tezkor bo’limga xabar berishi hamda yuqori ma’muriy-texnik xodimni xabardor qilishi kerak;

  • asboblarning ko’rsatuvi bo’yicha va tashqi belgilarga ko’ra blok ishlash rejimining buzilganligi to’g’risida umumiy tasavvur hosil qilishi kerak;

  • ishlash rejimi buzilishining xarakteri va jihozlarning shikastlangan joyini aniqlashi kerak, shikastlangan jihozni o’chirib zaxiradagisini ulashi darkor;

  • zaxiradan kiritilgan jihozlarning ishonchli ishlashiga qanoat hosil ilishi va tekshirishi kerak;

  • Avariya va nosozliklarni bartaraf etish bo’yicha mas’ul shaxs bo’lib sexning smena boshlig’i hisoblanadi. Avariya holati vujudga kelganligi to’g’risida stansiya smena boshlig’i xabardor qilishi kerak. Ma’muriy – texnik xodimlarning hozirligiga qaramasan avariyani bartaraf etishga shaxsiy mas’ullik olib boradi va u normal rejimni tiklash bo’yicha tadbirlarni amalga ohirgan holda shaxsiy mas’uliyatga ham ega;

- sex boshlig’i yoki uning o’rinbosari avariyani bartaraf etishning uddasidan chiqmaganligi uchun sexning smena boshlig’ini avariyani bartaraf etishga rahbarlik qilishdan chetlatib, smenaga rahbarlikni o’z zimmasiga olishi yoki boshqa shaxsga topshirishi mumkin. Almashtirish to’g’risida xodimlarni xabardor qilishi kerak;
- avariyani bartaraf etish rahbarligini o’z zimmasiga olgan shaxs, lavozimidan qat’i nazar, rahbarlikdan chetlatilgan shaxsning barcha vazifasini o’z zimmasiga oladi va operativ (tezkorlik) jihatdan yuqori lavozimdagi tezkor rahbarga bo’ysunadi.
Avariyani bartaraf etish bo’yicha rahbarlikni boshqa shaxsga berish tezkor jurnalda qayd qilinadi. Avariyani bartaraf etishdan chetlatilganxodim ish joyida qolishi kerak.
Avariyani bartaraf etayotgan vaqtda jihozlarga bevosita xizmat ko’rsatayotgan navbatchi xodim ish joyida qolib, jihozni ish holatida saqlab qolishi uchun barcha choralarni ko’radi. Ketaturib navbatchi xodim o’zining boradigan joyi to’g’risida yuqoridagi tezkor rahbarga ma’lum qilishi kerak.


  1. Download 415,67 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish