Reja:
1.Dasturga kirish
2.Mehnatni muhofaza qilish tushunchasi va vositalaridan qo’llanish qoidalari.
3.Mehnatni muhofaza qilish fani bizga nimani o’rgatadi.
4.Xodimning mehnat muhofazasiga doir huquqlari va uni ro’yobga chiqarishdagi kafolatlar.
1.Dasturga kirish-Mustaqil davlatimizning kelajagi iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti kasb-hunar kollejlarimiz oldiga qo’yilgan vazifalarning qanchalik muvaffaqiyat bilan bajarilishiga ko’p jihatdan bog’liq. Chunki kasb hunar kolleji o’quvchilarini mehnatga, ijtimoiy hayotga tayyorlashdek ulkan vazifalarni bajarish ularda o’z kasbiga muhabbat uyg’ota borib, bilim olish, ko’nikma va malakalarni hosil qilishga undaydi.
O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risidagi”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da uqtirib o’tilganidek , o’quvchilarga zamonaviy texnik ta’lim , mehnat tarbiyasini berish, kasb tanlashga yo’llash ishlarini o’rgatish, ularning bilim va kasbiy mahoratini hosil qilish muhimdir.
Maktablarda mehnat darslarni tashkil qilish uchun, avvalo, pedagogika o’quv yurtlarini yaxshi jihozlash, laboratoriya va o’quv ustaxonalarini tashkil etishni va ulardan unumli foydalanishni o’rgatish kerak bo’ladi.
Bo’lg’usi mehnat fani o’qtuvchilari, o’quv yurtlarida olgan tajribasi, bilim va ko’nikmalariga suyangan holda dars beradilar.
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati quyidagi tamolyillariga asoslanadi:
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yo’nalishlari bilan muvofiqlashtirish.
Mulk va xo’jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, barcha ta’lim muassasalari uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona talablarni belgilash.
Mehnatning ekologik jihatdan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta’minlash.
Ta’lim muassasalarida mehnatni muhofaza qilish talablari bajarilishini nazorat qilish.
Mehnat sohasidagi davlat boshqaruvini O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, joylarda esa Qoraqolpog’iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari amalga oshiradi.
Mehnat to’g’risidagi qonunlar va mehnatni muhofaza qilish qoidalari me’yorlariga rioya qilinishiustidan nazorat va tekshiruvni quyidagilar amalga oshiradi:
a)maxsus vakolatga ega davlat organlari va ularning inspeksiyalari.
b)kasaba uyushma qo’mitalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |