Sun’iy nafas oldirish.
Sun’iy nafas oldirish, yordam ko‘rsatuvchi o‘z o‘pkasidan, «og‘izdan-og‘izga» yoki «og‘izdan-burunga» usulida havo puflash yo‘li bilan oshiriladi.
«Og‘izdan-og‘izga» sun’iy nafas oldirish usulini faqatgina elektr tokidan jarohatlanib, mavhum o‘lim holatida emas, balki boshqa baxtsiz hodisalar: bo‘g‘ilish, zaharlanishg, dorig‘darmonlarni ko‘p miqdorda iste’mol qilish, suvga cho‘kish (bunda suvni o‘pkadan chiqarib o‘tirishga vaqt ketkazmasdan zudlik bilan sun’iy nafas oldirishga kirishilsa, suvni qo‘zi o‘pkadan asta sekinlik bilan chiqadi) ro‘y berganda ham qo‘llash mumkin.
Bu usul boshqa usullarga qaraganda quyidagi sabablarga ko‘ra qulayroqdir:
a) yordam ko‘rsatuvchi, haqiqatdan ham, havo shikastlangan kishining o‘pkasiga kirayotgan va chiqayotganligini ko‘krak qafasini ko‘tarilib – tushishiga qarab ishonch hosil qilish mumkin.
b) yordamchi tomonidan puflanayotgan havo tarkibida nafas olish uchun etarli miqdorda kislorod bo‘ladi.
Bunda boshqa usullarga nisbatan, o‘pkaga puflanayotgan havoning miqdori 1000-1500 sm3 ga etadi. Shikastlanib asfiksiyaga (nafas olishi va qon aylanishi to‘xtagan holati) uchraganlarda, xaqum va jag‘ muskullarining bo‘shashishi natijasida til pastki jag‘ga yopishib, orqaga ketib qoladi va nafas olish yo‘lini to‘sib qo‘yadi. (16-rasm).
Sun’iy nafas oldirishni boshlashdan avval, o‘pkaga havo yo‘lini ochish kerak. Buning uchun shikastlangan odam boshini iloji boricha orqaga og‘dirish kerak. SHunda pastki jag‘ bilan til oldinga cho‘zilib, nafas yo‘li ochiladi (16-rasm).
Yordam ko‘rsatuvchi puflayotganda og‘zini jabrlanuvchi og‘ziga zich birlashtirib shunday kuch bilan havo berishi kerakki, bunda jabrlanuvchining ko‘krak qafasi ko‘tarilishi kerak. Havo tashqariga chiqib ketmasligi uchun burun teshiklari barmoqlar bilan qisiladi .
«Og‘izdan-og‘izga» usuli oddiy va qulaydir.Ba’zan bosh orqaga og‘dirilsa ham, og‘izni ochish imkoniyati bo‘lmaydi. Bunday holatda, havo burun orqali «og‘izdan-burunga» usuli asosida o‘pkaga puflanadi. Havo tashqariga chiqmasligi uchun oqizni qo‘l bilan mahkam yopish kerak.
Jabrlanuvchining og‘zidan suyuqlik va ovqat qoldiqlari chiqishi mumkin. Bunday hollarda, ovqat o‘pkaga tushmasligi uchun og‘iz tezlik bilan tozalanishi kerak. Og‘iz va tomoqda suyuqlik borligini sezgan zahotiyoq, jabrlanuvchining boshi yon tomonga og‘dirilib, qarshi tomondagi elkasi ko‘tariladi, bunda og‘iz ko‘krakdan patga bo‘lishiga e’tibor berish kerak. SHunda suyuqlik pastga oqib ketadi. So‘ngra tezlik bilan og‘iz dastro‘mol yoki qo‘l bilan tozalanib, yana havo beriladi.
Agar nafas olish bilan birgalikda, yurak urishi ham to‘xtasa, sun’iy nafas olish bilan birgalikda yurak Yopiq massaj qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |