2. Yurakni Yopiq massaj qilish
Yurakni massaj qilishdan asosiy maqsad, qon aylanishini tiklash va ta’minlashdir. Yurak ishdan to‘xtasa qon aylanishi to‘xtab, organizmda tiklab bo‘lmaydigan hodisalar ro‘y beradi.
Yurak ko‘krak qafasiin ichida bo‘lib, ko‘o‘krak oldi va umurtqa pog‘onasi oralig‘ida joylashgan, shuning uchun ko‘krak bosilganda, uni umurtqa pog‘onasi tomon taxminan 4 sm gacha siqish mumkin. Bu bosim yurakka ta’sir etib, uning ichidan qonni aortaga so‘ngra esa kichik va katta qon aylanish doiralariga siqib chiqaradi. Qo‘l olinganda, ko‘krak qafasi tiklanadi va yurak bo‘shlig‘i yanya qonga to‘ladi. Bu harakatlar qaytarilganda qonning aylanishi tiklanadi va yurakni ishlab ketishiga olib keladi.
3. Jabrlanuvchiga vrach kelgunga qadar dastlabki yordam ko‘rsatish tartibi.
a) Jabrlanuchini gorizontal qattiq yuzaga yotqizish kerak. Agar binoda nam sovuq pol bo‘lsa, vaqtni o‘tkazmasdan jabrlanuvchini tagiga quruq kiyim yozish kerak.
b) Jabrlanuvchini bir qo‘l bilan peshonasidan, ikkinchi qo‘l bilan daxani tagidan ushlab, boshini orqaga og‘dirish kerak (16-rasm).
v) Sun’iy nafas oldirishni «og‘izdan-og‘izga» usuli asosida amalga oshirish. Buning uchun yordam ko‘rsatuvchi ikki marta chuqur nafas olib, jabrlanuvchining og‘ziga puflash lozim. Bunda yuzi bilan jabrlanuvchining burun teshiklarini yopib turushi kerak (55-rasm). Agar havo chiqib ketsa, burunni barmoqlar bilan yopish kerak. puflaganda ko‘krak ko‘tarilishi lozim. Dastlabki 10 ta puflash mumkin qadar tuzroq bajarilgani ma’qul.
g) O‘pkaga havo 5-10 marta puflangandan keyin, uyqu tomirlaridagi ipuls qo‘l bilan ushlab tekshiriladi. Agar puls yaqqol sezilsa o‘pkaga har minutda 12 marta havo berish davom ettiriladi.
d) Agar puls urishi sezilmasa darhol yurakni Yopiq massaj qilishga kirishiladi. Yurak to‘xtaganini yana bir alomati ko‘z qorachig‘ining kengayib ketishidir. Bu hodisa yurak to‘xtaganidan keyin 1 minut vaqt ichida sodir bo‘ladi. shuning uchu nagar puls sezilmasa, darhol yurakni Yopiq massaj qilishga kirishiladi. Bunda jabrlanuvchini qattiq erga yotqizilishi kerak. ko‘krak o‘ng qo‘lning kafti bilan bosiladi, ikkinchi qo‘l esa birinchisini ustiga qo‘yiladi.
e) Shu bilan bir vaqtda sun’iy nafas oldirishni ham davom ettirish kerak. Agar yordam ko‘rsatuvchi bir o‘zi bo‘lsa, sun’iy nafas oldirish bilan yurakni massaj qilishni galma-galdan olib borish kearak: ya’ni ikki marta o‘pkaga havo puflab, 15 marta ko‘krak massaj qilinadi. Agar yordam ko‘rsatuvchilar 2 kishi bo‘lsa, biri havo berib, ikkinchisi yurakni massaj qiladi. Bunda 1 marta havo berilib 5 marta ko‘krakni bosish kerak.
j) Yordam ko‘rsatuvchi sun’iy nafas berish hamda yurakni massaj qilish bilan birgalikda, atrofda odamlar bo‘lsa baqirib yordamga chaqirish kerak. etib kelganlar vrachni chaqirtirib, jabrlanuvchiga yordam berishlari lozim. Sun’iy nafas oldirish va yurakni massaj qilish vrach kelgungacha to‘xtamay davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |