Topshirish savollari
1. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr tarmoqlari uchun erga ulagichning Om lardagi qarshiligni kattaligini ko‘rsating.
Javob: 10, 8, 6, 4, 2.
2. Tuproqning elektr tokiga solishtirma qarshiligi qaysi kattalikda o‘lchanadi?
Javob: Om.sm. Om/sm2; Om2/sm ; Om/sm; Om3/sm2 .
3.Tuproqning solishtirma qarshiligi qaysi formula bo‘yicha aniqlanadi.
Javob:
4. Sexlarda uskunalarni erga ulash qanday amalga oshiriladi?
Javob: aloxida-alohida, guruhlab, juftlab.
5. Erga ulagich sim uskunaning qaeriga ulanadi?
Javob: tok yuruvchi qismiga, tok yurmaydigan qismiga, poydevoriga, rezina qistirmasiga, metall qobig‘iga.
LABORATORIYA-7
CUN’IY NAFAS BERISH VA YURAKNI MASSAJ QILISH USULLARINI MANEKEN TRENAJERDA O‘RGANISH
Ishning maqsadi: Jabrlanuvchi hushidan ketganda tez va malakali birinchi yordam berishni o‘rganish. Sun’iy nafas berishni («og‘izdan-og‘izga» va yurakni Yopiq masash qilish) amalda qo‘llay bilish.
Umumiy ma’lumotlar
Jarohatlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, ba’zi bir holatlarda jabrlangan kishilarga tezlik bilan malakali birinchi yordam ko‘rsatilsa, o‘limni oldini olish imkoniyati bo‘lar ekan.
Birinchi yordam, tezlik bilan, jabrlanuvchini yaqinida turgan kishi tomonidan berilishi kerak. Ba’zan jabrlanuvchini taqdiri, uning atrofida turgan kishilarning tayyorgarligi, malakasi va tez yordam ko‘rsataolishi qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Agar, odam bexosdan tok yurituvchi qismga tegib qolgan bo‘lsa, uni tezda tok ta’siridan ozod qilish kerak. Bunda o‘zi ham tok ta’siri ostiga tushib qolmasligi uchun ehtiyot choralarini qo‘llashi va jabrlanuvchi bilan kontaktda bo‘lmasligi va qadam kuchlanishiga tushmasligi kerak.
Eng yaxshisi, uskunani o‘chirgani ma’qul, agar iloji bo‘lmasa (1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarda), yog‘och dastali yoki dastasi ixotalangan asbob bilan simlarni uzib tashlash kerak.
Kuchlanish 400 V gacha bo‘lgan moslamalarda shikastlangan odamni palto yoki kostyumi polga tegib turmagan va tanasidan ajralib turgan bo‘lsa, hamda nam bo‘lmasa, tok yurituvchi qismdan tortib ajratib olish mumkin. Bunda shikastlangan kishi tanasi, oyoq kiyimi nam jismga va atrofdagi erga tutashgan narsalarga tegmasligi kerak. Agar bu xarakatlarni biror bir sababga ko‘ra amalga oshirib bo‘lmasa, qo‘llarga dielektrik qo‘lqoplar kiyib olish kerak. Dielektrik qo‘lqoplar bo‘lmasa, qo‘lga sharf yoki biror bir quruq latta o‘rab olish kerak. Qo‘llarni ixotalash o‘rniga butun tanani ixota qilsa ham bo‘ladi. bunda oyoqlarga rezina kalish kiyish, rezina poyondoz yoki taxta to‘shama ustiga chiqib olish kerak. Agarda jabrlanuvchi elektr simini qattiq siqib ushlab olgan bo‘lsa, har bir barmog‘ini alohida alohida ajratish kerak.
Agar jabrlanuvchi baland joyda bo‘lsa, moslamani o‘chirish uni yiqilishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda jabrlanuvchining yiqilib tushmasligini oldini olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |