O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksidan olingan moddalar
211-modda. Mehnatni muhofaza qilish talablari.
Barcha korxonalarda havfsizlik va tozalik talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo’lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatlariga kiradi.
Mehnatni muhofaza qilish talablari ushbu Kodeks, mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy xujjatlar, shuningdek texnika havfsizligi standartlari bilan belgilanadi.
Ish beruvchi mehnat muhofazasi talablarini buzganligi uchun javobgar bo’ladi.
212-modda. Xodimning mehnatini muhofaza qilish me’yorlari, qoida va yo’riqnomalariga rioya etish majburiyati.
Xodim mehnatini muhofaza qilish me’yorlariga, qoida va yo’riqnomalariga shuningdek ma’muriyatning ishni havfsiz olib borish haqidagi farmoyishlariga rioya qilishi, olingan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi, insonlar hayoti va sog’lig’iga bevosita havf soladigan har qanday holat haqida, shuningdek, ish jarayonida yoki u bilan bog’liq holda sodir bo’lgan har qanday baxtsiz hodisa haqidagi o’zining bevosita rahbarini (brigadiri, ustasi, sex boshlig’i va b.) darxol xabardor qilishi kerak.
213-modda. Xodimning mehnatini muhofaza qilish haqida ma’lumot olish huquqi.
Ish beruvchi mehnat shartnomasini tuzishda, boshqa ishga o’tkazishda xodimni mehnat sharoitlari to’g’risida, shu jumladan, kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga va boshqa kasalliklarga chalinish extimoli, shu bilan bog’liq holda unga beriladigan imtiyoz va tovonlar, shuningdek, shaxsiy himoya vositalari haqada xabardor qilishi shart.
Ish beruvchi xodimlarga yoki ularning vakillariga muayyan ish joyidagi va ishlab chiqarishdagi mehnatni muhofaza qilishning holati haqida ham axborot berishi shart.
214-modda. Tibbiy ko’rik.
Ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog’ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan quyidagi xodimlarni tibbiiy ko’rikdan o’tkazishni tashkil etishi shart:
- o’n sakkiz yoshga to’lmaganlar;
- oltmish yoshga to’lgan erkaklar;
- nogironlar;
- mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport xarakati bilan bog’liq ishlarda band bo’lganlar;
- oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo’lganlar;
- umumta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan mashg’ul bo’lgan pedagog va boshqa xodimlari.
Mehnat sharoiti noqulay ishlar bajarilayotganida dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko’rikdan o’tkazish lozim bo’lgan boshqa ishlarning ro’yxati va ularni o’tkazish tartibi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan xodimlar tibbiiy ko’riklardan o’tishda bo’yin tovlashga haqli emaslar. Tibbiy ko’rikdan o’tishda yoki tibbiiy komissiyalarning tekshiruvlari natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo’yin toblagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo’ymaslikka haqlidir.
Xodimlarning mehnatidan ularning salomatlik holatiga to’g’ri kelmaydigan ishlarda foydalanishga yo’l qo’ymaydi.
Agar xodim o’z sog’lig’ini mehnat sharoiti bilan bog’liq holda yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiiy ko’rikdan o’tkazishni talab qilishga haqlidir.
Tibbiy ko’rikdan o’tish munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo’lmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |