218-modda. Sog’lig’i holatiga ko’ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi bo’lgan ishga o’tkazish.
Sog’lig’i holatiga ko’ra engilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi bo’lgan ishga o’tkazishga muxtoj xodimlarni ish beruvchi, ularning roziligi bilan tibbiiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddati cheklanmay, ana shunday ishlarga o’tkazishi shart.
Sog’lig’i holatiga ko’ra engilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi bo’lgan kamroq haq to’lanadigan ishga o’tkazilganda shunday ishga o’tkazilgan kundan boshlab ikki hafta davomida xodimlarning avvalgi o’rtacha oylik ish haqi saqlanadi.
Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi sababli kamroq haq to’lanadigan boshqa ishga vaqtincha o’tkazilgan xodimlarga shu ishga o’tgan vaqt uchun lekin ikki oydan ortiq bo’lmagan muddat davomida kasallik varaqasi bo’yicha yangi ishda beriladigan ish haqiga qo’shilganda xodimning avvalgi ishidagi to’liq ish haqidan oshib ketmaydigan miqdorda nafaqa to’lanadi. Basharti kasallik varaqasida ko’rsatilgan muddatda ish beruvchi boshqa ish topib berolmagan bo’lsa u holda shuning oqibatida bekor o’tgan kunlar uchun nafaqa umumiy asosda to’lanadi.
Ish bilan bog’liq holda mehnatda mayib bo’lganligi yoki sog’lig’iga boshqa tarzda shikast etkazilganligi munosabati bilan vaqtincha kamroq haq to’lanadigan ishga o’tkazilgan xodimlarga ularni sog’liqlari shikastlanganligi uchun sabablar bo’lganda ish beruvchi avvalgi ish haqi bilan yangi ishda oladigan ish haqi orasidagi farqni to’laydi. Bunday farq mehnat qobiliyati tiklangunga qadar yoki nogironligi belgilangunga qadar to’lanadi. Qonun xujjatlarida sog’lig’i xolatiga ko’ra engilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’sirini holi etadigan kamroq haq to’lanadigan ishga o’tkazilganda avvalgi o’rtacha oylik ish haqini saqlab qolishning yoki davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqa to’lab turishning boshqa hollari nazarda tutilishi mumkin.
219-modda. Xodimning o’z hayoti yoki sog’lig’iga tahdid solayotgan ishni bajarishni rad etish huquqi.
Xodim ish jarayonida o’zining hayoti yoki sog’lig’iga tahdid soluvchi xolatlar yuzaga kelib qolganligi to’g’risida ish beruvchiga darxol xabar qilinadi. Mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini tekshirib borish va nazorat qilish bilan shug’ullanuvchi organlar ana shu holatlarni tasdiqlash maqsadida ish beruvchi bu xolatlarni bartaraf etish choralarini ko’radi. Agar zarur choralar ko’rilmasa, xodim o’zining hayoti yoki sog’lig’iga tahdid soluvchi xolatlar bartaraf etilgunga qadar tegishli ishni bajarishni rad etishga xaqlidir. Ana shu davr mobaynida xodimning o’rtacha ish haqi saqlanadi.