Mehnat muhofazasi va ekologiya


Shaxsiy himoya vositalari



Download 13,34 Mb.
bet49/142
Sana23.07.2022
Hajmi13,34 Mb.
#841778
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   142
Bog'liq
MM УМК 2021

3.Shaxsiy himoya vositalari
O‘zbekiston Respublikasining mehnat haqidagi qonunchilik asoslariga binoan korxona ma’muriyati ishchi va xizmatchilarni bepul shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashi, ularni saqlash, yuvish, quritish va dezinfeksiyalash, dezaktivatsiyalash va ta’mirlash ishlarini bajarishi kerak.
Boshqa tarmoqlar singari to‘qimachilik sanoati korxonalari ishchilarini ham maxsus korjoma, poyafzal va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Barcha himoya vositalari ishlatilishiga qarab kollektiv himoya vositalari va shaxsiy himoya vositalariga bo‘linadi.
Agar ishning xavfsizligini mashinalarning konstruksiyasi, ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish, arxitektura – rejalashtirish echimlari va kollektiv himoya vositalarini qo‘llash bilan ta’minlash iloji bo‘lmagan taqdirda shaxsiy himoya vositalari qo‘llaniladi.
Himoya vositalari texnik estetika, ergonomika talablariga javob berishi, himoya samaradorligi yuqori bo‘lishi, ishlatilishda qulay bo‘lishi kerak. Ular texnologik jarayonda bajarilayotgan ish turiga mos bo‘lishi kerak. SHu ish uchun mo‘ljallangan va qabul qilingan tartibda tasdiqlangan texnik hujjatlari bo‘lmagan shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash ta’qiqlanadi. Ular vazifasi, ishlash muddati ko‘rsatilgan yo‘riqnoma hamda saqlash va ishlatish qoidalari bilan ta’minlanadi.
Shaxsiy himoya vositalari (SHHV) vazifalariga qarab quyidagilarga bo‘linadi:

  • ixotalovchi kostyumlar (pnevmokostyumlar, namdan ixotalovchi kostyumlar. skafandrlar);

  • nafas a’zolarini himoya qilish vositalari (gazniqoblar, respiratorlar, havo shlemlari, havo maskalari);

  • korjomalar (kombinzonlar, yarim kombinzonlar, kurtkalar, shimlar, kostyumlar, halatlar, plashlar, po‘stinlar, fartuklar, nimchalar);

  • maxsus poyafzallar (etiklar, qo‘nji kalta etiklar, botinkalar, qo‘njli botinkalar, tuflilar, kaloshlar, botilar);

  • qo‘llarni himoya qilish vositalari (qo‘lqoplar);

  • boshni himoya qilish vositalari (kaskalar, shlemlar, shapkalar, beretkalar, shlyapalar);

  • yuzni himoya qilish vositalari (himoya niqoblari);

  • ko‘zni himoya qilish vositalari (himoya ko‘zoynaklari);

  • eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari (naushniklar, quloq tiqinlari, antifon, berushi va h.k);

  • ehtiyot moslamalari (ehtiyot kamarlari, dielektrik gilamchalar, qo‘l changaklari, manipulyatorlar, tizzani, tirsakni va elkani ehtiyot qilish moslamalari);

  • himoyalovchi dermotologik vositalar (yuviladigan pastalar, kremlar, moylar).

Shaxsiy himoya vositlari bilan ta’minlash ularni o‘z vaqtida almashtirish, ta’mirlash va ularni o‘z vazifalari bo‘yicha ishlatish yuzasidan korxona ma’muriyatiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
1. Ishchi va xizmatchilarga SHHVlarni berish bo‘yicha nazorat va hisobot ishlarini tashkil qilish, ulardan ish paytida to‘g‘ri foydalanishni, buzilgan, ifloslangan hollarda esa ularni qo‘llashni ta’qiqlashni qat’iy nazorat qilish.
2. SHHVlarni belgilangan muddatlarda muntazam ravishda sinovdan o‘tkazishi, ularning sozligini tekshirib turish hamda ularning himoya xossalari pasaygan filtrlari, oynalari va boshqa qismlarini o‘z vaqtida almashtirish va tekshirilgan vositalarga kelgusi sinov muddati haqida tamg‘a qo‘yish.
3. Tozalash, yuvish, ta’mirlash, degazatsiyalash, dezaktivatsiyalash, zararsizlantirish va changsizlantirish ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish, ishchi va xizmatchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan o‘z vaqtida ta’minlash korxona ma’muriyatiga, nazorat qilish esa kasaba uyushmasi qo‘mitasiga yuklatiladi.

Download 13,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish