3. Mehnat muhofazasining tashkiliy asoslari Globallashuv jaraѐni oldimizga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Biz shunday natijalarga kelishimiz kerakki, sog‘lom muhitni yaratgan holda insonlar xavfsiz sharoitlarda ishlasinlar.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, xavfsizlik madaniyatining yuqori darajada bo‘lishi mehnatkashlarga, ish beruvchilarga va Xukumatga birdek naf keltiradi.
Mehnatni muhofaza qilishga qo‘yilayotgan yuqori talab – uzoqni o‘ylab amalga oshirilaѐtgan siѐsatning natijasi, ijtimoiy uch tomonlama muloqot, jamoa muloqotlari, ish beruvchi va kasaba uyushmalari. SHuningdek, mehnatni muhofaza qilish soxasida qonunchilikni takomillashtirilishi va mehnat gigienasi mehnatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi ishlar (mehnat inspeksiyasi) ning kuchli faoliyatini aks ettiradi.
SHu o‘rinda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siѐsatiga e’tibor qaratsak:
korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning haѐti va sog‘lig‘i ustuvorligi;
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siѐsatning boshqa yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish;
mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona tartib-qoidalar belgilab qo‘yish;
mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta’minlash;
korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda bajarilishini nazorat qilish;
mehnatni muhofaza qilishni mablag‘ bilan ta’minlashda davlatning ishtirok etishi;
oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar tayѐrlash;
xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vositalari ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag‘batlantirish;
fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vatanimiz va chet el ilg‘or tajribasidan keng foydalanish;
ishlovchilarni maxsus kiyim va poyabzal, shaxsiy himoya vositalari, parhez ovqatlari bilan bepul ta’minlash;
korxonalarda mehnatning sog‘lom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga ko‘maklashuvchi soliq siѐsatini yuritish;
ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda hisobga olib borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburiyligi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan ѐki kasb kasalligiga yo‘liqqan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash;
kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va alohida shaxslarning mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chog‘ida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish prinsiplariga asoslanamiz.
Bunday majburiyatlar Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) tajribasida mehnat muxofazasining zaruriy qarorlari uch tomonlama sheriklar ya’ni, xukumatlar, mehnatkashlar va ish beruvchilarning hamkorligida yuzaga keladi. O‘zbekiston Respublikasida 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Bosh kelishuvda mazkur masalalar o‘z aksini topgan.
Ta’kidlash joizki, XMT tavsiyalariga ko‘ra tuzilgan va mehnat muhofazasini boshqaruv tizimi mavjud bo‘lgan korxonalarda xavfsiz hamda samarali mehnat ko‘rsatkichlari o‘smoqda. Zamonaviy rahbarlar biladiki, mehnat unumdorligi va xavfsizlikning o‘sishi korxonaning raqobatbar-doshligi oshishiga ishonchli asosdir. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kuchli kasaba uyushmasi bor joyda xavfsiz mehnat sharoiti mavjuddir. Masalan, SHvetsiyada yuqori sifatli mehnat muhofazasi xodimlarni samarali uch tomonlama hamkorlikka jalb qilingandan keyin yuzaga kelgan. Bizlarga ma’lumki, 80 yillar o‘rtalarida AQSH, Kanada, ko‘plab Evropa va Osiѐ mamlakatlarida ish joylarida og‘ir jarohatlanish olgan va haѐt bilan vidolashganlar soni misli ko‘rilmagan darajada oshgan. 1989 yildaAQSH va Kanadaning yirik kasaba uyushmalari tashkilotlari “Xalok bo‘lgan xodimlarni xotirlash kuni” nomi bilan halok bo‘lgan ishchilarni xotirlash tashabbusi bilan chiqgan.